198-guruh talabasi Jumabayeva Feruzaning “Matnshunoslik” fanidan tayyorlagan mustaqil ta’limi


-mavzu: V.Rahmonovning matniy tadqiq bo’yicha kuzatishlari



Download 3,45 Mb.
bet6/16
Sana04.06.2022
Hajmi3,45 Mb.
#636421
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Matnshunoslik.Jumabayeva Feruza

13-mavzu: V.Rahmonovning matniy tadqiq bo’yicha kuzatishlari


U Tojikistonning Xo’jand viloyatida tug’ilgan va o’sha yerda o’rta maktabni tamomlagan. “Yuqori sinflarda yaxshi o’qimaganim uchun o’qishga kira olmadim. Bir yil viloyat teatrida aktyor bo’lib ishladim. Keyin Leninobod, ya’ni Xo’jand pedagogika institutining tarix-filologiya fakul`tetini bitirdim”, — deb eslaydi olim.
Olimning Tojikistondagi ish faoliyati 1976 yilgacha davom etdi. Keyingi 30 yillik hayoti va faoliyati O’zbekiston bilan bog’liq bo’ldi. Shu davr mobaynidagi nashr etilgan ko’plab mumtoz asarlarga mas’ul muharrirlik qildi. Alisher Navoiyning “Vafo qilsang”, Mashrabning “Dilimdagi nurdur” va Bedilning “Shavqingni yod etib” to’plamlari, Alisher Navoiyning «Lison ut-tayr» dostoni, Mashrab va Avaz «Devon»lari va boshqa ko’plab mumtoz adabiyot namunalari shular jumlasidan.Vahob Rahmonov «O’zbek klassik adabiyoti asarlari uchun qisqacha lug’at», «She’r san’atlari»(1972 va 2001 yilda chop etilgan) kitoblarining muallifidir.
O’qituvchi she’r san’atlarini o’rgatsa, o’quvchida qadriyatlarimizga nisbatan hurmat va muhabbat ortadi. U mumtoz adabiyot saviyasiga qoyil qoladi. Mana, bir misol: Shermuhammad Munisning quyidagi baytida o’n to’rtta badiiy vosita ishtirok etgan:
Ko’z qaro qilma g’ayr qonig’a, Qonim ich qona-qona, ey, qaro ko’z.
Badiiy san’atlarni izohlab sanayman:
birinchisi: bayt «ko’z» so’zi bilan boshlanib, shu so’z takrori bilan yakunlangani uchun tasdir san’ati bo’ladi;
ikkinchisi: birinchi misra oxiridagi «qon» so’zi ikkinchi misrani boshlab takrorlanmoqda — tasbe san’ati;
uchinchisi: birinchi misradagi «ko’z qaro» so’zlari o’rin almashib ikkinchi misrada takrorlanmoqda: tardi aks san’ati;
to’rtinchiasi: «ko’z qaro qilmoq» iborasi qo’llanganki, buning ma’nosi birovning joniga qasd qilishdir. Baytda ibora qo’llanilsa, ta’bir san’ati bo’ladi;
beshinchisi: bir so’z yonma-yon chiziqcha orqali takrorlansa, muqarrar san’ati bo’ladi;
oltinchisi: «qonim ich qona-qona» so’zlarida mubolag’a san’ati bor;
yettinchisi: baytda «q» tovushi takrori ko’p bo’lgani uchun tavzi’ san’ati qatnashgan, deymiz;
sakkizinchisi: poetikada biror jism yoki kishining bir qismi aytilib butunlik nazarda tutilsa, sinekdoxa san’ati bo’ladi: «qora ko’z»;
to’qqizinchi: «Ey, qora ko’z» undalmasi birovga nisbatan xitob, murojaat qilgani uchun nido san’atidir;
o’ninchi: «qora ko’z» birikmasida sifatlash bor;
o’n birinchi: baytdagi biror so’z yoki so’z birikmasi boshqa so’zlarga nisbatan qattiqroq tovushda aytilsa, iltifot san’ati bo’ladi: «ey, qora ko’z!»;
o’n ikkinchi: «qon» va «qona» so’zlari nisbatida tajnisi zoyid bor;
o’n uchinchi: bayt mazmunida birovga biror narsa buyurilsa, amr san’ati bo’ladiki, mazmundan sezilib turibdi;
o’n to’rtinchi: baytda birovni biror xatti-harakatdan ti-yish, qaytarish yoki man etish mazmuni bo’lsa, nahy san’ati bo’ladi…
Har bir millatning mavjudligini, yashayotganini namoyon etadigan omillar bo’ladi. Til ana shunday mavjudlik hodisasidir. Til shunchaki so’zlashish vositasi emas. Til millat ma’naviyati va madaniyatining toshoynasidir. Modomiki, millatning o’z tili bor ekan, demak, uning dunyoga aytar so’zi ham bordir.
Shu tiriklik dunyosining bir qismi o’laroq asrlar osha jahonga o’z so’zimizni aytib keldik. U uzoq asrlar naridan goh O’rxun-Enasoy bitiklari, goh “Devonu lug’atit turk”, goh “Qutadg’u bilig” bo’lib jaranglab turibdi. Chunki bu tilni yo’l-yo’lakay ne-ne ulug’ zotlar tengsiz zakosi va fidoyiligi bilan asrab kel­dilar, sayqalladilar. 
Zero, Vatanning chegaralari qay darajada himoyaga muhtoj bo’lsa, uning ma’naviy boyliklari ham shu qadar hi­moyaga muhtojdir. Shu ma’noda, milliy tilimiz qarshisida har doim mas’uliyatli bo’­lish majburiyatidamiz.
Milliy tilimiz jozibasi, imkoniyatla­ri va muammolari haqida gapirish uchun 21-oktyabr­ni kutish shart emas. Modomiki, u bizning tiynatimiz ko’zgusi, ruhimiz tarjimoni, tarbiyamiz hosilasi ekan, unda unga hayot-mamot masalasi sifatida qarashga o’rganishimiz lozim. Ulug’larimiz bu haqiqatni hech qachon unutmaganlar.
Bayt: Ulki husn etti bahona elni shaydo qilgali, Ko’zgudek qildi seni o’zini paydo qilgali”.
Hazrat Navoiyning bu gaplarini mushohada qila­digan bo’lsak, uning nazarida XIV-XV asrlar­gacha yirik forsigo’ylarga teng kela oladigan tur­kigo’y ijodkorlar bo’lmagan yoki buyuk ijod namunalari saqlanib qolmagan.
Ha, Alisher Navoiy o’z ona tili va adabiyoti­­ning hayotiyligini mustahkamlash va uning rivoji uchun qayg’urib, astoydil muntazam kurashgan buyuk til­­shunos olim ham edi. O’z xalqi adabiyotini ravnaq top­tirish va til boyligini rivojlanti­rish har doim Ali­sher Navoiy faoliyatining diqqat-markazida tur­gan dolzarb muammolaridan biri bo’lib kelgan. Shu bois o’z xalqi oldida turgan bu muammoni hal qi­lish maqsadida «Muhokamat ul-lug’atayn» asarini o’z davrining ijtimoiy-siyosiy va madaniy talab­la­ridan kelib chiqib yozishga qaror qilgan.
Bu xususda shoir o’z armon va istaklarini shunday izhor etadi: “Endiki, turkiy tilning cheksiz imkoniyatlari shunchalik dalillar bilan isbot qi­lindi, kerak edikim, bu xalq orasidan chiqqan is­te’­dod ahli salohiyat va qobiliyatlarini o’z tillari turganda o’zga til bilan zohir qilmasalar va ishga solmasalar edi. Agar ikkala tilda ijod etish qobiliyatlari bo’lsa, o’z tillarida ko’proq yozsalar edi va ikkinchi tilda ozroq aytsalar edi. Agar mu­bolag’a qilgudek bo’lsalar, ikkala tilda baravar yozsalar edi”… (“Muhokamat ul-lug’atayn”).

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish