198-guruh talabasi Jumabayeva Feruzaning “Matnshunoslik” fanidan tayyorlagan mustaqil ta’limi



Download 3,45 Mb.
bet3/16
Sana04.06.2022
Hajmi3,45 Mb.
#636421
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Matnshunoslik.Jumabayeva Feruza

Qo'lyozma-qo'lda yozilgan yoki yoki yozuv mashinkasida,kompyuterda ko'chirilgan matn. O'rta Osiyoda matbaa nashriyot ishlarining sustligi sababli qo'lyozma holida kitob tayyorlash keng tarqalgan va bu jarayon mashhur xattotlar tomonidan amalga oshirilgan. Qadimiy qo'lyozmalar muhim adabiy, tarixiy, ilmiy manbalar hisoblanadi va ular payayeografiyada o'rganiladi. Qo'lda yozilgan asar, yozma yodgorlik qo'lyozma deyiladi. Qo'lyozma - Taniqli shoir va yozuvchilarning o'tmishda o'zlari ko'chirib yozgan asarlari dastxati.

  • Qo'lyozma-qo'lda yozilgan yoki yoki yozuv mashinkasida,kompyuterda ko'chirilgan matn. O'rta Osiyoda matbaa nashriyot ishlarining sustligi sababli qo'lyozma holida kitob tayyorlash keng tarqalgan va bu jarayon mashhur xattotlar tomonidan amalga oshirilgan. Qadimiy qo'lyozmalar muhim adabiy, tarixiy, ilmiy manbalar hisoblanadi va ular payayeografiyada o'rganiladi. Qo'lda yozilgan asar, yozma yodgorlik qo'lyozma deyiladi. Qo'lyozma - Taniqli shoir va yozuvchilarning o'tmishda o'zlari ko'chirib yozgan asarlari dastxati.

Qoʻlyozma — 1) keng maʼnoda — qoʻlda yozilgan yoki yozuv mashinkasida, kompyuterda koʻchirilgan matn. Taniqli shoir va yozuvchilarning oʻtmishda oʻzlari koʻchirib yozgan asarlari dastxati (avtografi); 2) qoʻlda yozilgan asar, yozma yodgorlik. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarigacha Oʻrta Osiyoda matbaa-nashriyot ishlarining sustligi sababli qoʻlyozma' holida kitob tayyorlash keng tarqalgan va bu jarayon mashhur xattotlar tomonidan amalga oshirilgan (qarang Xattotlik). Qadimiy qoʻlyozma'lar muhim adabiy, tarixiy, ilmiy manbalar hisoblanadi va ular payayeografiyada oʻrganiladi; 3) noshirlik ishida — muallif tomonidan nashriyotga taqdim etilgan matn. Dunyoning koʻpgina kutibxonalari ,muzeylari,masjidlar,madrasalar va shaxsiy kutubxonalardagi mavjud qoʻlyozmalarni ilmiy muomalaga kiritishning dastlabki bosqichi ularning tavsifi berilgan fexrest(katalog) lari tuzish va ulardan mutaxassislarni xabardor qilishdir.Shunga koʻra,qoʻlyozmalarni tavsiflash va katologlashtirish qoʻlyozma fondlarida amaliy manbashunoslik faoliyatining keng tarqalgan tiriga aylangan
Qoʻlyozmalarni tavsiflash jahon andozalariga moslashtirilgan holda olib borilishi kerak.Qoʻlyozmani tavsiflash uchun u haqida talab etiladigan ma'lumotlarni iloji boricha toʻliq berishga harakat qilinadi.,toki tavsifni oʻqigan tadqiqotchi uchun savolga oʻrin qolmasin .Buning uchun tavsif etuvchi oʻzi aniqlay olmagan faktlarni ham aniqlanmaganini tavsifda koʻrsatish kerak.
Qoʻlyozma
Matn ustida ishlash qoʻlyozmaning tashqi belgilarini oʻrganishdan boshlandi.Sharq kiyobat san'ati oʻzining qat'iy prinsiplariga asoslanadi. Masalan,har bir asarning "bismilloh" dan boshlanishi(basmala)soʻng ollohning madhi (hamd,tahmid) va Muhammad(s.a.v) ta'rifi(na't)shundan keyin asarning yozilish sababi (sababi ta'lifi kitob)qaydi kitobat qilinishda tashlab ketilishi mumkin boʻlmagan asosiy prinsiplardandir. Qoʻlyozmaning tafsifiy belgilari quyidagilarni oʻz ichiga oladi. Matn -kitobning asosiy qismi boʻlib,unga ayrim hoshiya yozuvlari ,jadval,poygirlar kirmaydi. Ichki unvon-tuzilishi murakkab kitoblarda ular ba'zan boshqa (masalan,qizil)siyoh bilan ,ba'zan y p q harflar+jumladan nasriy asarlarda),ba'zan hozirgidek sahifa oʻrtasida beriladi.
Markaziy Osiyoda ,jumladan Oʻzbekistonda ham bir qancha qoʻlyozma fondlari mavjud boʻlib ,ularning ba'zilaridagina tavsiflash va katologlashtirish ishlari birmuncha jadal olib borilmoqda.Soha mutaxassislarining tan olishicha ,ularda ham hozirgi kungacha qoʻlyozmalarning atigi 30foizigina tavsiflanfan xolos.Boshqa qoʻlyozma xazinalarida ,esa mavjud qoʻlyozmalarning toʻla boʻlmagan roʻyxati ,kartoteka kartochkalari tuzib qoʻya qolingan.
3-Mavzu:O'rta Osiyo xattotlik san'ati tarixi
Xattotlik (arab. — husnixat yozuvchi), kalligrafiya — yozuv (xat) sanʼati, kitob koʻchirish hamda meʼmoriy inshootlar, badiiy buyumlarning kitobalirini yaratish kasbi. Yozuvning paydo boʻlishi natijasida yuzaga keldi. Ayniqsa, arab yozuvining keng tarqalishi tufayli X.ning rivojlanishi jadallashdi. Sharqda, jumladan, Oʻrta Osiyoda kitob bosish vujudga kelguniga qadar qoʻlyozma kitob tayyorlash, ularning nusxalarini koʻpaytirish (matn koʻchirish) bilan xattotlar shugʻullangan (qarang Kitobat sanʼati). Xattotlar saroylarda, ayrim amaddorlar huzurida guruh boʻlib ishlagan.Xattotlik
Jumladan, temuriy shahzoda Boysungʻur Mirzo (1397—1433) Hirotda tashkil qilgan kutubxonada musavvir, naqqosh va boshqa ustalar bilan bir qatorda 40 dan ortiq xattotlar qoʻlyozma kitoblar tayyorlash, yaroqsiz holga kelganlarini taʼmirlash bilan mashgʻul boʻlgan. X. sanʼatiga bagʻishlangan koʻplab risolalar 10 xil asosiy xat uslublari (nasx, kufiy, muxakkak, nastaʼlik, suls, tavqe, taʼliq, devoniy, riko, rikʼiy) mavjudligi haqida darak beradi.
Oʻrta Osiyoda arab yozuvlari tarqalguniga qadar turli yozuv usullari boʻlgan [mas, sugʻdiy, urxunenisey (qad. turkiy xoqon yozuvlar) va boshqa]. Qad. yozuvlardan boʻlgan kufiy yozuvi koʻpgina meʼmoriy va boshqa yodgorlik obidalarining bezagida, saqlanib qolgan. Jumladan, Oʻzbekiston musulmonlari diniy idorasida saqlanayotgan Usmon Qurʼoni ham ana shu kufiy (qad. hijoz adabiy yozuvi)da koʻchirilgan. Qurʼon koʻchirishda nasx, buyruq va farmonlar yozishda tavqe, maktublar bitishda riqo ishlatilgan.
Bulardan tashqari tumor, gʻubor, shajariy, tugʻro va boshqa yozuv usullari ham boʻlgan. 15-asrdan kitob koʻchirish (fors, eski oʻzbek tillari)da nastaʼliq xati rayem boʻlgan. X. Markaziy Osiyoda Temuriylar, Shayboniylar va soʻnggi sulolalar (ashtarxoniylar, mangʻitlar) davrida yuksak darajada taraqqiy etgan. Amir Temur davrida Mavlono Shamsuddin Munshiy, sangtarosh va xattot Oltun juda mashxur boʻlgan. Alisher Navoiyning shaxsiy kutubxonasida 11 ta yirik sanʼatkorlar (Sultonali Mashhadiy, Abduljamil Kotib, Darvesh Muhammad Toqiy va boshqalar) X.da samarali ijod kilgan.
"Xattotlar sultoni" Sultonali Mashhadiy, Mir Ali Tabriziy va boshqa nastaʼliq xatini sanʼat darajasiga koʻtargan. Temuriy shahzodalar (Ibrohim bin Shohruh, Boysungʻur Mirzo, Badiuzzamon Mirzo va boshqalar) ham X.ka homiylik qilish bilan birga oʻzlari bu sanʼat turi bilan shugʻullangan; Zahiriddin Muhammad Bobur esa yangi xat va alifbo "Xammu Boburiy" ixtirochisidir. Kitobat sanʼati bilan bir qatorda binolarning kitobalari, qabrtoshlardagi bitiklar va buyumlarda X. keng qoʻllanilgan. Shayboniylardan Muhammad Shayboniyxon va Ubaydullaxon X. bilan shaxsan shugʻullangan va nasx xatida yuksak mahorat bilan yozgan. 16-asr Movarounnaxr X. maktabini yuzaga kelishida Mir Ali Hiraviynnsh hayoti va ijodi alohida oʻrin tutadi. Bosmaxona paydo boʻlguniga qadar kotib, xattotlar mehnati kitob tayyorlashda muhim oʻrin tutgan.
Bu borada Boysungʻur Mirzo, Alisher Navoiy, Muhammad Rahimxon II (Feruz) va boshqalarning faoliyatlari diqqatga sazovor. 20-asrda yirik kutubxonalarda xattotlar qoʻlyozma kitoblar nusxasini koʻpaytirish bilan shugullandilar. Mas, Navoiy kutubxonasi (Oʻzbekiston milliy kutubxonasi)da bir guruh xattotlar ishlagan. 1943-yilda Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik instituti tashkil topgach, malakali xattotlar (Ibodulla Odilov, Abduqodir Murodov, Abdulla Nosirov, Usmon Karimov va boshqalar) shu yerga toʻplandi: ular koʻhna qoʻlyozmalarni tiklash, koʻchirish, tavsif varaqalari tuzish bilan shugʻullana boshladilar. 20-asr 80-yillariga kelib kitobat sanʼati bir guruh kishilar tomonidan qayta tiklandi.
Bunda Habibulla Solih, Abdulla Mirsoatov, Toʻxtamurod Zufarov, Alisher Shomuhammedov va boshqa ning xizmatlari katta. Jumladan, Habibulla Solih Mushafi Usmon Qurʼonining asl nusxasidan pergamentga 3 marta nusxa koʻchirib tayyorlagan (bir nusxasi Malayziyaning KualaLumpur shahrida; pergamentga koʻchirib tayyorlagan yana bir nusxasi Toshkent islom universitetida), Katta Langar Qurʼonidan (SanktPeterburg va Oʻzbekistondagi nusxalari asosida) teriga koʻchirib nusxa tayyorlamoqda. Habibulla Solih 1998-yilda Istanbulda oʻtkazilgan Xalqaro xattotlar bellashuvida "Devoniy" xat uslubi boʻyicha kuchli oʻnlikdan oʻrin oldi;
4-Mavzu:Alisher Navoiy asarlarining tekstalogik xususiyatlari
Alisher Navoiy ijodiy faoliyatidan xabar beruvchi XV asrga oid qo‘lyozma manbalarda ulug‘ shoirning o‘zi ham ajoyib xattot bo‘lganligi hamda xattotlarga ustozlik qilganligi haqida ko‘plab ma’lumotlar uchraydi[9].
Shoirning lirik merosidan tashqari uning “Muhokamat ul-lug‘atayn”, “Mahbub ul-qulub”, “Xamsat ul-mutahayyirin” kabi ma’rifiy-ilmiy asarlarida matnshunoslik masalalariga oid fikrlarni uchratish mumkin. Navoiyning bu sohadagi faoliyatida yarq etib ko‘zga tashlanadigan muhim jihat bir asarni ko‘chirilayotganda uning originalligini saqlashga, g‘oyaviy va badiiy mazmuniga futur etkazmaslikka bo‘lgan harakatdir.
A.Hayitmetov Navoiy asarlarida kotiblarga bo‘lgan shoir munosabatini tahlil etarkan, shunday xulosaga keladi: “Ayni vaqtda Navoiyning matnlar ustida olib borgan ishlari uning falsafa, tarix, san’atshunoslik, aniq fanlardan astronomiya, matematika, handasa, meditsina va hokazolar sohasidagi boy va chuqur bilimlariga ham asoslanar edi. Navoiyning kotiblarga nusxa tayyorlab berish jarayonidagi bu xil ishlarini esa, hozirgi tushunchada, matnshunoslik xarakteriga ega bo‘lgan ishlar edi deb hisoblaymiz
Navoiy o‘z asarlari matni ustida doim kuzatish olib borgan. Buni ba’zi asarlari qo‘lyozma nusxalarini qisman qayta tahrir etganida ko‘rish mumkin. Devonlaridagi ayrim she’rlariga o‘zgartirishlar kiritgani, misralarni qayta ishlagani, ayrim so‘zlarni boshqa so‘zlar bilan almashtirgani, misralar sonini kamaytirib yoki ko‘paytirishni lozim topgani uning matnshunos sifatida yuqori malakaga ega bo‘lganidan dalolat beradi.
Navoiy “Xazoyin ul-maoniy” lirik kulliyotini tayyorlashda ham juda katta tahrir ishlarini amalga oshirgani, matnga mas’uliyat bilan yondashgani haqida navoiyshunos olimlar ko‘p to‘xtalganlar. Shoir ilk devonidagi she’rlarini “Xazoyin ul-maoniy”ga kiritar ekan, kotib tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolarnigina tuzatib qo‘ya qolmay, balki ko‘pchilik she’rlarni qayta tahrir qilgan. Natijada “Ilk devon”dagi bir necha she’rlarning yangi variantlari vujudga kelgan.
Bundan ko‘rinadiki, xattot va kotiblar faqat nusxa ko‘chiruvchi bo‘lmaganlar. Ular o‘zlari ko‘chirayotgan asarlariga xolis baho bera oladigan zukko matnshunos ham bo‘lganlar. Masalan, Navoiyning xos kotibi Abduljamilning “Tuhfat us-salotin” kitobi ana shunday hayrat natijasida tuzilgan. “Tuhfat us-salotin”ning muqaddimasidan ma’lum bo‘ladiki, kotib Navoiy nazmidan bahra olib, hayratli hayajon dengiziga g‘arq bo‘lgan va taassuroti nihoyat darajada jo‘shqinligidan ushbu majmuani jam qilmoqqa jazm etgan. Kotib shoir baytlari xususida shunday yozadi: “Har tuhfasida chandin latoyif va g‘aroyibi marg‘ub maknun va mavjud va har lafzi bir qissaga shomil va har bayti bir oyatga mutazzamin va misrai bir hadisg‘a muvofiqdurur”[12].
Abduljamil kotib buyuk mutafakkir ijodining o‘z zamonidagi ilmiy tadqiqotchisi va o‘tkir zehnli matnshunos bo‘lgan deb komil ishonch bilan aytish mumkin. Buni P. Shamsiev “Saddi Iskandariy” dostonining ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlashda duch kelgan kotib va xattotlar amalga oshirgan tahrir ishlari ham tasdiqlaydi. Masalan, olim shartli “G” harfi bilan belgilagan Leningrad davlat kutubxonasida 55-raqam bilan saqlanuvchi qo‘lyozmaning 15 betida 68 bayt, XXX bobida faqat bir bayt tushirilib qoldirilganligi va kim tomonidandir qo‘lyozma chetiga to‘ldirib qo‘yilganligini qayd etadi.
Shuningdek, Qozon universitetida 15334-raqamli “E” qo‘lyozmasida: a) LXII bobida 6 va 7 bayt ikki qayta yozilib, ular 9 baytdan so‘ng qaytarilganligi kotib tomonidan har bir qator ustiga زا“ortiqcha” belgisi orqali qayd etilganiga e’tibor qaratadi. U vaqtda qatorni o‘chirish xattotlikda kechirilmas nuqson hisoblangan. Shuning uchun kotiblar u yo bu xatolarni turli belgilar bilan bildirib ketganlar. Masalan, bayt qatorlari teskari tartibda yozilgan bo‘lsa, belgi م،ح(م– muqaddam, ح– oxir) qo‘yilgan; v) XLVIII bobida 46-bayt ikki qayta yozilgan, kotib fahmlamagan shekilli, qaytariq belgisi qo‘yilmagan; g) keyinchalik kitob chetiga qo‘yib tiklangan baytlarda ham tushirib qoldirilgan so‘z uchraydi. Bunday hollar 4, baytlar 9; d) bu qo‘lyozmaning yana bir xususiyati shundaki, misrada yo‘q so‘zlar matndan tashqarida, ya’ni chetda berilgan. Ba’zan kotib chetga tushunish qiyin bo‘lgan so‘zlarni (طرید،کورکه،غول،کیجیمkabilarni) chiqargan va ularga forscha tushuntirish bergan [13].
Tekstologik prinsiplar tuzilajak matn shakllariga bog‘liq ravishda qo‘llanadi. Matnshunos barcha nusxalarni kuzatuvga olish, nusxalarni saralash, asarning qadimiy, ishonchli nusxasini tayanch nusxa sifatida olish, asar mazmuni, g‘oyasi, matn tarixini chuqur o‘rganish va aniq xulosaga kelish, jalb etilgan nusxalar matnini tanqidiy o‘rganish, matniy o‘zgarishlarni ilmiy apparatda qayd etish, matn shaklini yodgorlik yozilgan grafikada nashr qilish prtinsiplari asosida ish ko‘radi.
5-Mavzu:Bayoz qo'lyozma manba sifatida
BAYOZ QO`LYOZMA MANBA SIFATIDA
Bayoz (arab. — oq, oqlik)— sheʼrlar toʻplami. Bayozlar ikki va undan ortiq shoirlar sheʼrlaridan tuziladi. Ilk Bayozlar, asosan, mashhur shoirlarning gʻazallaridan tuzilgan, keyinchalik bunga rioya qilinmagan. Bayozlardeyarli lirik janrdagi asarlardan tashkil topadi, unga nasriy parchalar ayrim hollardagina kiritiladi. Bayozlarbiror gʻoya yoki maʼlum davr dunyoqarashini targʻib qilmaydi, umuman saylab olingan asarlarda davriylik ham boʻlmaydi, ular qatʼiy bob va boʻlimga ajratilmaydi, mualliflar ijodi sharhlanmaydi. Kimning sheʼridan qancha kiritish tuzuvchi xohishiga bogʻliq.
Bayozlarbiror gʻoya yoki maʼlum davr dunyoqarashini targʻib qilmaydi, umuman saylab olingan asarlarda davriylik ham boʻlmaydi, ular qatʼiy bob va boʻlimga ajratilmaydi, mualliflar ijodi sharhlanmaydi. Kimning sheʼridan qancha kiritish tuzuvchi xohishiga bogʻliq. Bayozlarsarbayoz (soʻz boshi), lirik sheʼrlar (asosiy qism), xotima va ilovadan tashkil topadi. Ayrim Bayozlar da sheʼrlari keltirilgan shoirlar nomi mundarija sifatida beriladi. Baʼzan B.larga xalq ogʻzaki ijodi namunalari: oʻlan, latifa, mutoyiba, maqol, musiqiy asarlar (Buxoro shashmaqomi, Xorazm maqomlari, Fargʻona — Toshkent maqom yoʻllari, ashula va katta ashulalar) ham kiritiladi.
Ilk Bayozlar arab sheʼriyati rivojlangan davr (750 — 1O55)da yuzaga kelgan (qarang Tammom, Saolibiy). Turkistonda bayozchilik 10 — 15-asrlar sheʼriyati taʼsirida vujudga keladi. 18 — 19-asrlarga kelib ular mundarija va mazmun jihatdan ancha boyidi. Ayniqsa, Bedil ijodiyoti taʼsirida B. tuzish anʼanaviy tus oldi. Rasmiy va norasmiy Bayozlarbor. Rasmiy B. maxsus kotib, naqqosh, sahhof tomonidan buyurtmaga yoki muayyan shaxs talabiga mos tarzda tuziladi.
Rasmiy B. maxsus kotib, naqqosh, sahhof tomonidan buyurtmaga yoki muayyan shaxs talabiga mos tarzda tuziladi. Norasmiy B.da bezak va matnlarning joylashishida muayyan tartib boʻlmaydi. Bundaylari oʻz navbatida yana ikkiga boʻlinadi: a) shoir yoki kotib oʻziga maʼqul shoirlarning asarlaridan tanlab tuzadi; b) tuzuvchining oʻz sheʼriy toʻplamiga boshqa shoirlar asarlaridan namunalar kiritiladi (mas, "Bayozi Miriy", "Bayozi Roziy", "Bayozi Nodim", "Bayozi Kamiy" va boshqalar).
Adabiy taraqqiyot jarayonida Bayozlar adabiyot namunasigina boʻlib qolmay, haqiqiy sanʼat asariga ham aylandi, oʻziga xos maktablar paydo boʻldi. Fargʻona, Buxoro, Xorazm, Toshkent maktablariga mansub Bayozlarasosan ikki tilda — oʻzbek va fors tillarida tuzilgan.
19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Muhammad Rahimxon Soniy (Feruz) tashabbusi bilan rasmiy Bayozlartuzish rivoj topdi, yuzlab naqshdor Bayozlartuzildi va noyoblaridan nusxalar koʻchirildi. 19-asr oxirlarida Turkistonda matbaa ishlarining rivojlanishi bilan qoʻlyozma Bayozlartuzish davom etgani holda, Toshkent va Xivada toshbosma Bayozlarchop etish yoʻlga qoʻyildi.
Adabiy taraqqiyot jarayonida B.lar adabiyot namunasigina boʻlib qolmay, haqiqiy sanʼat asariga ham aylandi, oʻziga xos maktablar paydo boʻldi. Fargʻona, Buxoro, Xorazm, Toshkent maktablariga mansub B.lar asosan ikki tilda — oʻzbek va fors tillarida tuzilgan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Muhammad Rahimxon Soniy (Feruz) tashabbusi bilan rasmiy B.lar tuzish rivoj topdi, yuzlab naqshdor B.lar tuzildi va noyoblaridan nusxalar koʻchirildi. 19-asr oxirlarida Turkistonda matbaa ishlarining rivojlanishi bilan qoʻlyozma B.lar tuzish davom etgani holda, Toshkent va Xivada toshbosma B.lar chop etish yoʻlga qoʻyildi. B. Turkiston xalqlari adabiyoti tarixini va devon tuzmagan shoirlar ijodini oʻrganishda muhim manbadir.
Turkistonda bayozchilik 10 — 15-asrlar she’riyati ta’sirida vujudga keladi. 18 — 19-asr larga kelib ular mundarija va mazmun jihatdan ancha boyidi. Ayniqsa, Bedil ijodiyoti ta’sirida Bayoz tuzish an’anaviy tus oldi. Rasmiy va norasmiy Bayozlar bor. Rasmiy Bayoz maxsus kotib, naqqosh, sahhof tomonidan buyurtmaga yoki muayyan shaxs talabiga mos tarzda tuziladi. Norasmiy Bayozda bezak va matnlarning joylashishida muayyan tartib bo’lmaydi.
6-Mavzu:Fazliy tazkirasi
19-asr boshlarida Turaqurgʻon va Namanganda turli mansablarda ishlagan. Umarxon hukmronligi yillari (1810—22) Qoʻqonga kelgan. Sheʼriy isteʼdodi tufayli xonning marhamatiga sazovor boʻlib, tez orada saroy shoirlarining boshligʻi — "malik ushshuaro" nomini olgan. Umarxonning hayoti, faoliyati, harbiy yurishlari, hukmronligi davridagi voqealarni "Umarnoma" dostonida tasvirlagan.
Fazliy Namangoniy (taxallusi; asl ismi Abdulkarim, 18-asr 2yarmi — 19-asr 1yarmi, Namangan) — shoir, adabiyotshunos.
Xon topshirigʻiga koʻra, Fazliy "Majmuai shoiron" ("Shoirlar majmuasi", 1821) tazkirasini tuzgan. Oʻzbek adabiyotshunosligi tarixida ilk marta sheʼriy yoʻl bilan yaratilgan mazkur tazkirada 19-asr boshlari Qoʻqon adabiy muhitining 100 dan ortiq vakillari haqidagi qimmatli maʼlumotlar va asarlaridan namunalar mavjud. Shu jumladan, unda
Fazliyning "Majmuai shoiron" tazkirasi 19-asr va 20-asr boshlarida qoʻlyozma va toshbosma nusxalarda keng tarkalgan, asar adabiyot axli orasida katta shuhrat topgan. Uning mukammal qoʻlyozma nusxalari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik intida saqlanadi (inv. № 7510, 9914 va boshqalar). Fazliy Umarxon vafotidan soʻng (1822), Namanganga ketgan va oʻsha yerda vafot etgan.U o'zbek adabiyoti tarixida ilk mutassa' janrini yaratgan shoir hisoblanadi.
Fazliyning kasida va gʻazallari, shoira Mahzuna bilan mushoirasi ham bor. F.ning "Devon" tuzgani maʼlum, ammo u topilmagan. Uning oʻzbek va tojik tillarida yozilgan gazal, masnaviy, muxammas, ruboiy va tuyuqlari turli majmua va bayozlarda uchraydi.
Fazliyning "Majmuai shoiron" tazkirasi 19-asr va 20-asr boshlarida qoʻlyozma va toshbosma nusxalarda keng tarkalgan, asar adabiyot axli orasida katta shuhrat topgan. Uning mukammal qoʻlyozma nusxalari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik intida saqlanadi (inv. № 7510, 9914 va boshqalar). Fazliy Umarxon vafotidan soʻng (1822), Namanganga ketgan va oʻsha yerda vafot etgan.U o'zbek adabiyoti tarixida ilk mutassa' janrini yaratgan shoir hisoblanadi.
7-Mavzu:Tabibiy tazkirasi
Ahmad Tabibiy (taxallusi; asl ismsharifi Ahmad Ali Muhammad oʻgʻli, 1869—Xiva—1911) — shoir, tarjimon, tabib. Xiva madrasalaridan birida oʻqigan. Otasidan va zamonasining mashhur tabibi Yaxshimurodbekdan tabiblikni oʻrgangan, Muhammad Rahimxon II (Feruz) saroyida tabiblik qilgan. Sheʼriyatda shuxrat qozongan.
Oʻzbek va forstojik tillarida, mumtoz adabiyotning anʼanaviy janrlarida ijod qilgan. Sheʼrlaridan 5 devon — "Tuhfat ussulton", "Munis ulushshoq", "Hayrat uloshiqin" (oʻzbek tilida), "Mirʼot ulishq", "Mazhar ulishtiyoq" (forstojik tilida) tuzgan. Ularda real hayotni, sof muhabbatni ulugʻlagan ("Aylading", "Ozoridur" va boshqalar).
T. oʻzbek adabiyotida muxammas janrini rivojlantirgan: Navoiy, Saʼdiy, Jomiy, Zebunniso, Munis, Ogahiy, Mirzo Gʻolib va boshqalarning gʻazallariga 518 ta muxammas bogʻlagan. Xorazm shoirlari haqida "Majmuat ushshuaroi payravi Feruz Shohiy", "Majmuai muxammasoti ashshuaroi Feruz Shoqiy" (1909) tazkiralarini tuzgan. Ikkinchi majmuasi, asosan 33 shoir muxammaslaridan tashkil topgan.
Xorazm shoirlari haqida "Majmuat ushshuaroi payravi Feruz Shohiy", "Majmuai muxammasoti ashshuaroi Feruz Shoqiy" (1909) tazkiralarini tuzgan. Ikkinchi majmuasi, asosan 33 shoir muxammaslaridan tashkil topgan.
Unda dastavval Ogahiy gʻazallariga, soʻng Feruz sheʼrlariga boglangan muxammaslar, keyin esa Feruzning "Oromijon nigorim, sarvi ravon nigorim" gʻazaliga taxmis, muxammas va musaddaslar keltirilgan. Xotima qismida esa shu toʻplamga kirgan Umidiy, Doiy va Xayoliyning vafoti haqida xabar, Bayoniyning "Majmuat ushshuaroi payravi Feruz Shox.iy"ga yozgan taqrizi berilgan.
Аҳмад Табибий қисқа умри давомида салмоқли адабий мерос қолдирди. Унинг беш девони бор. «Туҳфатус-султон», «Мунисул-ушшоқ», «Ҳайратул-ошиқин» девонлари ўзбек тилидаги шеърларидан, «Миръотул-ишқ», «Мазҳарул-иштиёқ» девонлари эса форс-тожик тилидаги шеърларидан ташкил топган. Бундан ташқари, шоир катта ҳажмдаги «Вомиқ ва Азро» достони муаллифи. Тазкиранавис сифатида «Мажмуа-туш-шуаройи Ферузшоҳий»нинг тузувчиси. Таржимон сифатида Фузулийнинг «Ҳафт жом» асарини форс тилидан таржима қилди. Ниҳоят, у ёш истеъдодларнинг севимли устози эди.
Тазкиранавис сифатида «Мажмуа-туш-шуаройи Ферузшоҳий»нинг тузувчиси. Таржимон сифатида Фузулийнинг «Ҳафт жом» асарини форс тилидан таржима қилди. Ниҳоят, у ёш истеъдодларнинг севимли устози эди.
Юқорида зикр қилинган беш девоннинг биринчиси Душанбедаги академик А.А.Семёнов уй-музейида, қолган тўрттаси Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси Шарқшунослик институтининг қўлёзмалар фондида сақланади.
Маълумотларга қараганда, мазкур беш девон шоир умрининг сўнгги беш йилида тартиб қилинган.
Табибий Алишер Навоий ва Фузулий ижодига алоҳида ихлос билан қаради. Умуман, унда анъанавийлик кучли. У саройда хоннинг эътиборида бўлишига қарамай, ҳамиша нимадандир кўнгли тўлмайди, ҳаётдан қониқмайди, дилгир яшайди. Ишқий шеърларида ҳам ижтимоий оҳанглар янграб туради. «Чарх жафоси», «мажруҳ, афгор жисм», «фалак»нинг «каж» («тескари»)лиги, «бераҳм»лиги тез-тез тилга олинади.
Tazkiraning biz fikr yuritayotgan ushbu nusxasida Tabibiyning
100 ta g‘azali kiritilgan. Jumladan, shoir she’rlari qo‘lyozmada 22,
52, 82, 112, 142, 172, 202, 232, 262, 292, 322, 352, 382… tarzida raqamlanib (30 ta she’r farqi bilan ketma-ketlikda), 1415 ga kelib
she’rlar raqamga olinmagan.
1441 dan boshlab she’rlar yana
raqamlab ketilgan. Shu orada Tabibiyning ham (1422-raqamli) bir
g‘azali raqamlanmagan. Ushbu manbad shoirning so‘nggi she’ri
3090-raqami bilan berilib, qo‘lyozmaning oxiri 1714-sahifada
shukrona mazmunidagi 64 misrali masnaviy bilan yakunlangan.
Yuqorida ta’kidlanganidek, Tabibiy tazkirasining matniy
tadqiqi, ilm ahlini nafaqat shoir ijodi namunalari bilan, balki ko‘plab
yangi-yangi ijodkorlar va ular ijodiga mansub lirik asarlar bilan
tanishtiradi.
8-Mavzu:İlmiy-tanqidiy mant tuzish tamoyillari
O‘zbek matnshunosligi tarixini o‘rganish shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘zbek matnshunosligining yangi davrida (1920 yillardan keyingi davr nazarda tutilmoqda – mualliflar) yuzaga kelgan ko‘plab nashrlarda matnshunoslikning bir qancha prinsiplari aks etgan.
Ular tuzilayotgan matn shakllariga qarab farqlanadilar. Ma’lumki, matnshunoslikda matn tuzishning bir necha shakllari qabul qilingan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
1.Ilmiy-tanqidiy matn shakli.
2.Yig‘ma-qiyosiy matn shakli.
3.Ilmiy-ommaviy matn shakli.
Ilmiy-tanqidiy matn. Badiiy asarning ilmiy-tanqidiy matnini tuzish manbaning nusxalari ko‘p bo‘lganda amalga oshiriladi. Ilmiy-tanqidiy matn, bu – matn tarixini ilmiy o‘rganish asosida muallif matniga yaqin variantini tuzishdir. Ilmiy-tanqidiy matn tuzishning barcha tadqiqotchilar uchun qoidaga aylangan asosiy prinsiplari mavjud.
Masalan, matn tuzuvchi asarning fanga ma’lum barcha nusxalarini ko‘rib chiqishi shart. Ba’zi asarlarning qo‘lyozma nusxalari orasidagi farqlar ko‘p bo‘lishi mumkin. Bunday holda ilmiy-tanqidiy matnni tuzuvchi matnshunos barcha nusxalarni kuzatishga majbur bo‘ladi.
Ko‘p nusxalarga ega manbaning ilmiy-tanqidiy matnini tuzishda nusxalarni saralash muhim hisoblanadi. Ko‘p nusxalarga ega manba matni ustida ishlash, ayniqsa, uning ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlash butun “injiqlik”lari bilan o‘ta nozik va mas’uliyatli, to‘xtovsiz aniqlik va intizom talab etuvchi “zahmat”lari bilan mashaqqatli, ammo samarali mehnatdir
Ilmiy-tanqidiy matn tuzishda muallif nusxasi(avtograf) bo‘lmagan taqdirda asarning qadimiy, ishonchli nusxasi tayanch nusxa sifatida olinib, boshqa nusxalardan yordamchi manba sifatida foydalaniladi. Jumladan, adabiyotshunos R. Zohid So‘fi Olloyorning “Sabot ul–ojizin” asari ilmiy-tanqidiy matnini tuzishda 150dan ortiq nusxaning umumiy va farqli jihatlarini matnshunoslik nuqtai nazaridan izchil tekshirgan va 25 (15 qo‘lyozma, 10 toshbosma) nusxani qiyosiy tahlil ob’ekti sifatida olgan.
Shunisi ahamiyatliki, R. Zohid saralangan 25 nusxani ham muayyan prinsipial xususiyatlariga ko‘ra uch guruhga: tayanch nusxa, asos nusxa, yordamchi nusxalarga ajratgan.
Muallif dastxati yoki uning davrida yaratilgan matn mavjud bo‘lsa, ilmiy-tanqidiy matnning ilmiy qimmati yuksak bo‘ladi. P. Shamsiev jahon qo‘lyozma fondlarida Navoiy asarlari qadimiy qo‘lyozmalarining topilishi shoir asarlari ilmiy-tanqidiy matnlarini yaratish uchun katta imkoniyat yaratganligini qayd etgan
Xususan, P. Shamsiev Qozon davlat universiteti qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan “Xamsa”ning XVI asrda ko‘chirilgan deb taxmin qilingan nusxasining aniqlanishi haqida shunday yozadi: “Xamsa”ning ana shunday qadimiy nusxasining topilishi navoiyshunoslikda muhim hodisadir. Chunki u ulug‘ shoir asarining yagona ilmiy-tanqidiy matnini tuzish ishini yanada takomillashtirish yo‘lida zarur manba xizmatini o‘taydi, matn tuzishdagi ko‘pgina masalalarni, chigalliklarni hal etishga yo‘l ochadi”
Ilmiy-tanqidiy matnni tuzishda matnshunosning asar mazmuni, g‘oyasi, matn tarixini chuqur bilishi va aniq xulosaga kelishi muhimdir. Bunday matnni tuzishda barcha jalb etilgan nusxalar matni tanqidiy o‘rganiladi. Matnshunos ishga jalb etilgan nusxalarni qiyosiy o‘rganib, tayanch nusxaga solishtirgan holda barcha matniy o‘zgarishlarni ilmiy apparatda qayd etib boradi. Tuzilgan ilmiy-tanqidiy matn shakli yodgorlik yozilgan grafikada nashr qilinishi bunday shakldagi matn tuzishning asosiy prinsiplaridandir.
9-Mavzu:Yig'ma-qiyosiy matn tuzish tamoyillari
Yig‘ma-qiyosiy matn – bu darajasida qo‘lga kiritilgan matnlarni o‘zaro qiyoslash natijasida tuzilgan muallif matnining nisbatan to‘liq variantidir. Yig‘ma-qiyosiy matn asar nusxalari kam yoki ishonchli qadimiy qo‘lyozma nusxalar mavjud bo‘lmagan taqdirda amalga oshiriladi. Bunday matn muallif asari haqida to‘liq tasavvur uyg‘otish uchun tuziladi.
Yig‘ma-qiyosiy matnni tuzishda mavjud qo‘lyozmalardan tayanch nusxa tanlash katta ahamiyatga ega. Tayanch nusxa sifatida imkon qadar to‘liq, boshqalariga qaraganda tashqi nuqsonlari kam, xatolari, noaniq joylari oz nusxa tanlanadi. Shuning uchun ham M. N. Osmanov “SHohnoma”ning 1966 yilgi nashrini tanqidiy matn emas, balki yig‘ma matn deb hisoblaydi. U o‘z fikrini ilmiy-tanqidiy matnni tuzishda qo‘lyozmalar bazasining kamligi, matn turli tahrirlar aralashuvidan tuzilganligi, asarning kompozitsion qurilishi to‘liq ifodalanmasligi, ya’ni ba’zi dostonlarning qo‘shilishi yoki ajratilishi kabi asosli kamchiliklarni ko‘rsatish bilan tasdiqlaydi[12]
Asosiy matnni tuzishda yig‘ma-qiyosiy yondashuv bilan ilmiy-tanqidiy yondashuv farqlanadi. Lekin ba’zan ularni tasniflashda chalkashish hollari uchraydi. Jumladan, Q. Ergashev Navoiy asarlari ilmiy-tanqidiy matnlari yaratilishi xususida so‘z yuritar ekan, “Mahbub ul-qulub”ning A. N. Kononov tomonidan tayyorlangan nashrini asar ilmiy-tanqidiy matni deb hisoblaydi[13].
Ularning eng qadimiysi XVI asr boshlarida kitobat qilingan Leningrad nusxasi bo‘lib, yig‘ma-qiyosiy matn shu qo‘lyozma asosida tuzilgan, oradagi farqlar ilmiy apparatda ko‘rsatib borilgan. A.N.Kononov aynan o‘zi amal qilgan matn tuzishdagi tadqiqot usullari va prinsipi xususida hech qanday ma’lumot bermaydi. P.SHamsiev asar nusxalari qiyosiy o‘rganilganligidan bo‘lsa kerak, “Mahbub ul-qulub”ning bu matnini “chog‘ishtirma matn” deydi[15]
Yig‘ma-qiyosiy matn asarning asosiy matni hisoblanadi, lekin ilmiy-tanqidiy matn tuzish talablariga javob bermaydi. Matnshunos yig‘ma-qiyosiy matnni tayyorlashda o‘zi qo‘lga kiritgan yoki imkoniyatida bo‘lgan manbalardan foydalanadi. Yig‘ma-qiyosiy matn tuzishning muhim prinsipi asarning dastlabki to‘liq matnini tiklashdir. Yig‘ma-qiyosiy matnlar asar ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlash uchun ilmiy zamin yaratadi.
Yig‘ma-qiyosiy matnlar asar ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlash uchun ilmiy zamin yaratadi. A.N.Kononov “Mahbub ul-qulub” asarining barcha nusxalarini izlab topishni maqsad qilib qo‘ymagan va o‘ziga ma’lum nusxalar bilan kifoyalangan. Shuning uchun ham u o‘zi tuzgan matnni “yig‘ma (svodnыy) matn”deb atagan. O‘sha paytlari Navoiy yubileyi munosabati bilan shoir ijodini ommalashtirishga bo‘lgan shoshilinch harakat A.N.Kononovga ilmiy-tanqidiy matn yaratish uchun fursat bermagan bo‘lishi mumkin.
O‘zbek matnshunosligida yig‘ma-qiyosiy matn tuzishning o‘ziga xos prinsiplari N.Rahmon tomonidan tayyorlangan “Oltin yorug‘” matnida ko‘rinadi[16]. Mazkur asar qo‘lyozmasi qadimgi uyg‘ur-turk tilida yozilgan bo‘lib, 1910 yili rus olimi S.Malov tomonidan topilgan va birinchi marta V. Radlov bilan hamkorlikda eski uyg‘ur-turk alifbosida nashr etilgan edi. Turk olimi Cheval Qoya tomonidan ushbu asar o‘rganilib, 1994-yili Turkiyada chop etildi. U garchi Radlov-Malov nashri asosida Berlin Fanlar akademiyasi va Mayiz fondida saqlanayotgan 20ga yaqin nusxa parchalarini o‘zaro qiyoslab, asarning mukammal matnini amalga oshirgan bo‘lsa-da, asar tilining murakkabligidan uni turk tiliga tabdil qilmagan[17]. Asar 1986 yili Xitoyda uyg‘ur tiliga tabdil etilgan, ammo N.Rahmonning yozishicha, tabdil ancha erkin bo‘lib, asl matndan uzoqlashgan. O‘zbek olimi asarning Xitoyda uyg‘ur tiliga qilingan tabdili va Cheval Qoya nashrini Radlov-Malov matni bilan o‘zaro qiyoslab, asarning yig‘ma-qiyosiy matnini tuzib chiqdi va qadimiy turk tilidan lotin yozuviga tabdil qildi. Matnshunos olim matn uchun tayanch sifatida Radlov-Malov matnini tanlab, Xitoy va Turkiyada chop etilgan matnlardagi tafovutlarni matn ichida qavsda berib borish prinsipini qo‘llagan. N. Rahmon matnining yana bir xususiyati, har bir matn bo‘lagi o‘zbek tiliga tarjima qilinib tabdil bilan yonma-yon keltirilgan. Olim qo‘llagan prinsiplarni yana shularda ko‘rish mumkin:
1. “Oltun yorug‘”ning asl nusxasidagi satrlar tartibini ko‘rsatish maqsadida har bir satrdagi raqamlar tartibi saqlangan.
2. Hozirgi o‘zbek tilidagi tabdil qadimiy turkchadagi har bir varaqdan so‘ng berilgan. Turkiya yoki uyg‘ur nashrlarida izoh berilmagan o‘rinlarda qavs ichida so‘zlar, qo‘shimchalar kiritilgan.
3. Transkripsiya belgilarini ifodalashda o‘zgarishlar kiritgan(ng o‘rniga ng, sh o‘rniga sh, g‘ o‘rniga gh, til orqa I o‘rniga i, til oldi i o‘rniga ï).
4. Izohlar tartibini asl nusxaning tartib raqamidan ajratish uchun to‘q kursiv bilan berib, ostiga chiziqcha qo‘ygan.
Yig‘ma-qiyosiy matnni tuzishda mavjud qo‘lyozmalardan tayanch nusxa tanlash, farqlarni ilmiy apparatda ko‘rsatib borish, o‘zi qo‘lga kiritgan yoki imkoniyatida bo‘lgan manbalardan foydalanish asosiy prinsiplardir. Yig‘ma-qiyosiy matn tuzish prinsiplariga quyidagilar kiradi:
· qo‘lyozmalar va jalb etilgan nusxalarning tavsifini keltirish;
· barcha qo‘lyozma nusxalarni shartli belgi bilan belgilash;
· asliyat (original) yozuvini va matn strukturasini saqlash;
· asarning boshqa nusxalari mavjud bo‘lmagan taqdirda to‘liq nusxani tayanch matn sifatida qabul qilish;
· ilmiy apparatni qo‘llash;
· asosiy matnda yordamchi nusxalarni shartli belgilar bilan nomlash;
· matniy tafovutlarni jadvallarda ko‘rsatish;
· barcha jalb etilgan nusxalardagi matnlarni umumlashtirish;
· matn varaqlarini raqamlab, birinchi betini “a”, ikkinchi betini “b” harflari bilan belgilash.
10-Mavzu:Gloss, konyektura va interpolyasiya
Gloss (hoshiya) – qo‘lyozmaning hoshiyalariga, qator orasiga kotib yoki o‘quvchi tomonidan biror o‘rinni tushuntirish uchun yozilgan matn. Gloss qo‘lyozmadagi asosiy matn bilan qo‘shilib ketmaydi. Masalan, fors-tojik adabiyotining yirik vakili Jaloliddin Rumiyning mashhur “Masnaviyi ma’naviy”sining doston sharhi bilan birga ko‘chirilgan nusxalari bor. Ularda dostondan bir necha bayt yoki hikoyatlar parchasi sahifaning o‘rtasiga bitilgan, uning atrofida aylantirib shu parchaning sharhi yozilgan. Mana shu qo‘lyozmadagi sharhlar gloss bo‘ladi.
Yana bir misol: Alisher Navoiyning “Xamsa” dostoniga 1845-1848 yillarda “Xamsa bo halli lug‘at” deb nomlanuvchi lug‘at tuzilgan. Bu lug‘at “Xamsa” dostonlari yozilgan qo‘lyozmaning hoshiyasiga bitilgan (bu qo‘lyozma O‘zR FA Sharqshunoslik instituti fondida 7863 raqami ostida saqlanadi). Bu lug‘at ham shu qo‘lyozma uchun gloss bo‘ladi. “Gloss” atamasi Sharqdagi “hoshiya”ga to‘g‘ri keladi.
Interpolyatsiya. Agar glosslar asosiy matnga qo‘shilib, uni matndan ajratish qiyin bo‘lib qolsa, interpolyatsiya hisoblanadi.Sharqda glosslar asosan asar hoshiyasiga yozilgan. Ko‘pgina ilmiy kitoblarda bunday sharhlar quyidagi tartibda yozilgan: Sharhlanayotgan so‘zning ustiga ma’lum bir raqam qo‘yilgan. Keyin xuddi shu raqam asar hoshiyasiga ham qo‘yilib, shu raqamdan keyin sharh yozilgan. Bunday tartiblash mantdagi sharhlanayotgan so‘z va uning sharhini topishni osonlashtiradi. Masalan “Muxtasari viqoya”ning qo‘lyozmalarida, “Sharhi Mullo” kitobining qo‘lyozmalarida xuddi shunday ko‘plab sharhlarni uchratish mumkin. Bu usul ko‘p asrlar davomida xattotlar va mualliflar tarafidan istifoda etib kelingan. XIX asrning ikkinchi yarmida kitob bosish O‘rta Osiyoga kirib kelgandan keyin ham bu tajriba ma’lum vaqt qo‘llanib turdi
Masalan, Alisher Navoiy «Farhod va Shirin» dostonining Ozarbayjondagi qo‘lyozma nusxasida asarning o‘zimizda nashr etilgan nusxasida uchramaydigan ikki bayt bor:
Hamul toshni qilib devona manzil,
Dema devonakim farzona manzil.
Yeturmak qasd etib, ul zori noshod,
Hajrdin dushmani jonig‘a bedod.
Ayni o‘sha ikki bayt shu qo‘lyozma uchun interpolyatsiya hisoblanadi. Agar keyinchalik bu ikki bayt boshqa qo‘lyozmalardan ham topilsa yoki Navoiy qalamiga mansubligi aniqlansa, unda interpolyatsiya hisoblanmay, doston matni tarkibiga aylanishi mumkin.
Gloss va interpolyasiyalar . Qo‘lyozma nusxalarning hoshiyalarida uchraydigan izohlar, to‘ldirishlar, konkretlashtiruvchi mulohazalar, boshqa manbalarga havolalar, Qur’oni karim oyatlari yoki hadislardan shu munosabat bilan keltirilgan misollar matnshunoslikda gloss deb ataladi. Ular asosiy matndan alohida bo‘lib, umumiy mazmunni to‘ldirishga xizmat qiladi. Zamonaviy matnshunoslikda izohlar nomi ostida keltiriladigan barcha ma’lumotlar glossga taalluqlidir.
Qadimiy manbalarda ularni sahifadagi asosiy matn hoshiyasida yozish rasm bo‘lgan. Ammo qo‘lyozmadan nusxa ko‘chirish jarayonlarida ayrim xattotlar hoshiyadagi bitiklarni asosiy matnga qo‘shib yuborgan holatlar ham uchraydi. Bunday o‘zboshimcha tahrir interpolyasiya deyiladi. Interpolyasiyani asosiy matndan ajrata olish matnshunos oldida turgan murakkab vazifalardandir. Matnshunos asosiy matnning o‘ziga xos uslubi va strukturasini jiddiy o‘rganish orqali interpolyasiyani aniqlashi mumkin. SHuningdek, qo‘lyozma matnining ilgari o‘chib ketishi, yirtilishi natijasida ma’no mavhumligiga sabab bo‘lgan o‘rinlarini va ayni shu nusxadan ko‘chirilgan keyingi nusxalardagi matn bo‘laklarini qiyoslash orqali interpolyasiyani ajratib olish mumkin.
Kon’ektura yo‘li bilan matnni tiklash usuli. Kon’ektura deganda matn kontekstidan kelib chiqib matndagi xato yozilgan o‘rinlar yoki o‘qib bo‘lmas darajada o‘chib ketgan so‘z va jumlalarni tiklash tushuniladi. Kon’ektura faqat beixtiyor ravishda yoki e’tiborsizlik tufayli yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatishga nisbatan qo‘llanadi.
Gloss va interpolyasiyalar tahlili. Qo‘lyozma nusxalarning hoshiyalarida uchraydigan izohlar, to‘ldirishlar, konkretlashtiruvchi mulohazalar, boshqa manbalarga havolalar, Qur’oni karim oyatlari yoki hadislardan shu munosabat bilan keltirilgan misollar matnshunoslikda gloss deb ataladi. Ular asosiy matndan alohida bo‘lib, umumiy mazmunni to‘ldirishga xizmat qiladi. Zamonaviy matnshunoslikda izohlar nomi ostida keltiriladigan barcha ma’lumotlar glossga taalluqlidir. Qadimiy manbalarda ularni sahifadagi asosiy matn hoshiyasida yozish rasm bo‘lgan. Ammo qo‘lyozmadan nusxa ko‘chirish jarayonlarida ayrim xattotlar hoshiyadagi bitiklarni asosiy matnga qo‘shib yuborgan holatlar ham uchraydi. Bunday o‘zboshimcha tahrir interpolyasiya deyiladi. Interpolyasiyani asosiy matndan ajrata olish matnshunos oldida turgan murakkab vazifalardandir. Matnshunos asosiy matnning o‘ziga xos uslubi va strukturasini jiddiy o‘rganish orqali interpolyasiyani aniqlashi mumkin. SHuningdek, qo‘lyozma matnining ilgari o‘chib ketishi, yirtilishi natijasida ma’no mavhumligiga sabab bo‘lgan o‘rinlarini va ayni shu nusxadan ko‘chirilgan keyingi nusxalardagi matn bo‘laklarini qiyoslash orqali interpolyasiyani ajratib olish mumkin.

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish