1918 – 1939 yillarda Lotin Amerikasi davlatlari.
R E J A.
1. Birinchi jahon urushining Lotin Amerikasi davlatlariga ta`siri.
2. Jahon iqtisodiy inqirozining Lotin amerikasiga ta`siri.
3. Buyuk davlatning Lotin amerikasi uchun kurashi.
Birinchi jahon urushi Lotin amerikasi davlatlari hayotiga katta ta`sir ko’rsatdi. Chunochi, bu mamlakatlar iqtisodiyoti tez sur`atlar bilan o’sa boshladi. Bunga Birinchi jahon urushida qatnashayotgan davlatlarda Lotin amerikasi mamlakatlari xomashyosi va qishloq xo’jalik mahsulotlariga nisbatan talabning ortib ketganligi sabab bo’ldi. Ikkinchidan, urush tufayli Yevropadan keltiriladigan tayyor mahsulotlar keskin kamaygan. Bu hol Lotin Amerikasi davlatlarida qayta ishlash sanoatini kuchaytirdi.
Agar 20 – yillarga qadar Lotin Amerikasiga sarmoya joylashtirishda Buyuk Britaniya birinchi o’rinda turgan bo’lsa, 20 – yillarning oxiriga kelib vaziyat tubdan o’zgardi. Endi AQSH bu borada Buyuk Britaniyani ortda qoldirdi. 30 – yillarning oxiriga kelib esa AQSH ning yirik kompaniyalari bu yerda o’z xukmronlik mavqeini o’rnatdilar.
Lotin Amerikasi davlatlarida siyosiy hayot turlicha edi. Iqtisodiy jihatdan qoloq davlatlarda rasman respublika tuzumi e`lon qilingan bo’lsa-da, amalda ularda avtoritar va diktatorlik tartiblari o’rnatilgan edi. Ayrim davlatlar konstitutsiyasida hokimiyatning vakillik organi huquqlari kafolatlanishi qayd etilgan bo’lsa-da, hokimiyat u yoki bu soha oligarxiyasi qo’lida to’plangan edi.
Iqtisodiy jihatdan nisbabatan taraqqiy etgan davlatlarda (Argentina, Chili va Urugvay) urushidan keyin konservativ – oligarxiya tartibi o’z o’rnini liberal – demokratik kuchlarga bo’shatib berishga majbur bo’ldi.
Jahon iqtisodiy inqirozi (1929 – 1933) Lotin Amerikasi davlatlari iqtisodiyotiga katta salbiy ta`sir ko’rsati. Bunga bu davlatlar iqtisodiy taraqqiyoti chet el bozoriga bog’liq bo’lib qolganligi, shuningdek xorijiy kapitalga qaramligi sabab bo’ldi.
1930 – yilda Argentinada harbiy to’ntarish o’tkazilib, islohotchi at emir I. Irigoyen hukumati ag’darilgan bo’lsa, Braziliyada qahva oligarxiyasi tartibi hokimiyati quladi. Chili va Kubada ham diktatorlik boshqaruvi barham topdi. Kolumbiyada 1930 – yilda konservator oligarxiya tartibi o’rniga hokimiyatga liberal islohatchilar keldi.
30 – yillardan boshlab Lotin Amerikasida fashist blokiga kiruvchi davlatlar – Germaniya, Italiya va Yaponiya ham o’z ta`sirini qaror toptirishga urindilar. Germaniya sarmoyasi Argentina, Brazilya, Chili va Paragvay iqtisodiyotiga joylashtirildi. Biroq Germaniya fashistlari savdo – iqtisodiy aloqalar bilan cheklanib qolmadilar. Ular bu mintaqada ham fashistik tashkilotlar tuzishga urindilar. Bu niyatni emi oshirishda Lotin Amerikasida yashayotgan nemis muhojirlariga tayandilar. Eng yirik davlatlar – Argentina va Brazilya fashizm ekspansiyasining Lotin Amerikasidagi tayanchlari bo’lishi kerak edi.
Biroq fashistlar o’z maqsadlariga erisha olmadilar. Buning sababi Germaniya va uning ittifoqchilarining bu mintaqada AQSH va G’arbiy Yevropalik boshqa raqiblarini siqib chiqarishga iqtisodiy qudratlari yetmaganligida edi.
Braziliya – Birinchi jahon urushida ishtirok etgan davlatlardan biri. Xususan, u 1917 – yilning 26 – oktabrida AQSH dan so’ng Germaniyaga urush e`lon qildi.
Brazilya iqtisodiyotining gurkirab rivojlanishi uzoqqa cho’zilmadi. 1920 – 1921 – yillarda uning iqtisodiyotida inqiroz yuz berdi. Eksport mahsulotlarining narxi keskin pasaydi. Masalan, 1919 – yilda bu ko’rsatkich 9,5 sentni tashkil etdi.
Ayni paytda mamlaktda ichki siyosiy vaziyat ham keskinlashib bordi. Prezident S. Bernardis (1922 – 1926) davrida mamlakatda diktarorlik tartibi qaror topa boshladi.
1930 – yilning oktabrida hukmron doiralar bilan mustahkam aloqada bo’lgan harbiylar emi oshirdilar. Mamlaktda J. Vargas diktaturasi o’rnatildi va diktatura 1891 – yilgi mamlakat Konstitutsiyasini bekor qildi.
Mamlakatning taraqqiyparvar kuchlari 1935 – yilda fashizmga qarshi yagona xalq frontini tuzishga muvaffaq bo’ldilar. Bu front – “Xalq fronti umumbrazilya tashkiloti milliy ozodlik Alyansi” deb ataldi.
1937 – yilning 10 – noyabrida J. Vargas Kongressni tarqatib yubordi. 1934 – yilgi Konstitutsiyani bekor qildi va mamlaktda uning shaxsiy diktaturasi o’rnatildi. Vargas hokimiyati 1945 – yilgacha hukm surdi.
Birinchi jahon urushi natijasida Yevropa eksporti kamayganligi tufayli Argentina milliy iqtisodiyoti gurkirab rivojlana boshladi. Argentina bug’doy eksport qilish bo’yicha dunyoda ikkinchi o’ringa (Kanadadan so’ng) go’sht mahsulotlarieksporti bo’yicha esa birinchi o’ringa chiqdi.
Biroq Brazilyada bo’lganidek, Argentina iqtisodiyotidagi o’sish ham uzoq davom etmadi. 1920 – 1921 – yillardagi iqtisodiy inqiroz mamlakat iqtisodiotiga katta talafot yetkazdi.
Hukumat mehnat qonunchiligi sohasida, ayniqsa, jiddiy o’zgarishlarni at emi oshirdi. Chunonchi, 8 soatlik ish kuni, haftada 1 kunlik dam olish kuni, ishchilarga ta`til berish, ish haqining eng kam miqdori joriy etildi.
1927 – yllda o’tkazilgan prezidentlik saylovida yana I. Irigoyen (1928 – 1930) g’alaba qozondi.
1930 – yilning 6 – sentabr kuni general Xose F. Uriburu boshchiligida davlat to’ntarishi o’tkazildi. F. uriburi o’zini vaqtincha Prezident deb e`lon qildi. Yangi hukumat mamlakat Kongressini tarqatib yubordi, 8 soatlik ish kunini bekor qildi.
1931 – yilning noyabr oyida prezidentlikka boshqa general – P. Xusto (1932 – 1938) nomzodi qo’yildi va u g’alaba qildi. Yangi hukumat mamlakatda ish tashlashni man etish hamda qamal holati e`lon qilish haqidagi qonunlarni amalda joriy ettirdi.
Tashqi siyosatda esa Buyuk Britaniya bilan yanada yaqinlashish yo’li qo’llanildi. Ayni paytda AQSH ga qaram bo’lib qolmaslik, Lotin Amerikasida AQSH ning ta`siri kuchayib ketishining oldini olishga intildi.
1917 – yilning 5 – fevralida Meksikada demokratik ruhdagi konstitutsiya qabul qilindi. Xususan, Konstitutsiya yerni, yer osti boyliklarini va suvni davlat mulki deb e`lon qildi. Chet davlatlar va chet el monopoliyalari bilan tuzilgan ijara shartnomalarining qayta ko’rib chiqilishi belgilandi.
Konstitutsiya 8 soatlik ish kunini, minimal ish haqi miqdori belgilanishini, kasaba uyushmalariga birlashish va ish tashlash huquqini e`lon qildi. Buyuk Britaniya va AQSH monopoliyalari Meksika iqtisodiyotida mustahkamlanib olgan edilar. Meksika neft eksporti 1938 – yilda ikki baravar kamaydi.
Buyuk Britaniya Meksika hukumatiga keskin ruhdagi notalar jo’natdi. Bunga javoban Meksika 1938 – yilning may oyida Buyuk Britaniya bilan at emir aloqalarni uzdi.
Kuba birinchi jahon urushida qatnashgan davlatlardan biri. U 1917 – yilning 17 – aprelida Germaniyaga qarshi urush e`lon qildi. Biroq uning ham jahon urushidagi ishtiroki ramziy ma`noga gea bo’ldi.
Urush yillarida Kuba iqtisodiyoti ham rivojlandi. Bunga urush tufayli yevropada qand ishlab chiqarish va uni eksport qilishning ko’payishiga olib keldi. Agar 1913 – yilda 2,4 mln. Tonna qand ishlab chiqarilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 1919 – yilda 4 mln. Tonnani tashki etdi.
Biroq 1920 – yildan boshlab vaziyat keskin o’zgardi. Yevropada qand ishlab chiqarishning ko’payishi Kuba qandiga talabni keskin pasaytirdi.
AQSH 1917 – yilning fevral oyida Guantanamo, Santyyago va boshqa muhim at emir ob`ektlarga o’z harbiy kuchlarini joylashtirdi. 1917 – yilning iyul oyida qo’zg’olon bostirildi.
Shu tariqa, Kuba amalda AQSH tomonidan okkupatsiya qilindi va bu 1922 – yilgacha davom etdi. Ayni paytda Kubaning AQSHga moliyaviy qaramligi tobora ortib bordi. Xususan, 1929 – yilda AQSH ning Kubaga joylashtirgan sarmoyasi 1,5 mlrd. Dollarni tashkil etdi. Uning 800 mln. Dollar qand sanoatiga joylashtirildi.
1933 – yilda at emir X. Machado (1924 – 1933) o’zi diktatorligini yanada mustahkamlash maqsadida Kongressdan favqulotda vakolat olishga erishadi. Konstititsiyaning amal qilishi 30 kunga to’xtatildi. Biroq bu choralar ko’zlangan natija bermadi va mamlakatda umumiy ish tashlash davom etdi.
1933 – yil 5 – sentabr kechasi F. Batista davlat to’ntarishini at emi oshirdi. U mamlakat harbiy kuchlari shtabibibg boshlig’I etib tayinlandi. Gavana universiteti professori San Martin prezidentlik lavozimini egallagan bo’lsa-da. Amalda hokimiyat F. Batista qo’lida top’landi.
Nazorat savollari.
1. Birinchi jahon urushi Lotin Amerikasi davlatlariga qanday ta`sir qildi?
2. Buyuk davlatlar Lotin Amerikasi iqtisodiy va siyosiy hayotida qanday o’rin tutgan?
3. Brazilyaning o’ziga xos taraqqiyoti qanday kechdi?
4. Kubaning taraqqiyotida AQSH qanday rol o’ynadi?
Tayanch iboralar.
- fashistlar blokining ekspansiyasi.
- bernardis prezidentligi.
- Vargas diktaturasi, neft sanoatining milliylashtirilishi.
Ω
Do'stlaringiz bilan baham: |