19-variant Ilk bolalik davridagi muloqotning psixik jihatlari. Kattalar bilan muloqotning xususiyatlari. O’smirlik davrida psixologik yangilik. Javoblar



Download 86 Kb.
Sana30.07.2021
Hajmi86 Kb.
#132849
Bog'liq
NABIJONOV S.B., PP 202 2-OTM


19-variant

  1. Ilk bolalik davridagi muloqotning psixik jihatlari.

  2. Kattalar bilan muloqotning xususiyatlari.

  3. O’smirlik davrida psixologik yangilik.

JAVOBLAR

  1. Go‘daklik davridan so‘ng rivojlanishning yangi bosqichi — ilk bolalik (1—3 yosh) davri boshlanadi. Ilk bolalik davri bola hayotidagi eng ahamiyatga molik, uning kelajakdagi psixologik rivojlanishini belgilab beruvchi muhim davr hisoblanadi. Bu davrdagi rivojlanishning asosini bolaning to‘g‘ri yurishi, muloqotga kirishishi va predmetli faoliyatni egallash xususiyatlari tashkil etadi. Tikka va to‘g‘ri yura olish imkoni bolani doimiy ravishda yangi ma’lumotlarni egallashga zamin bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar o‘z xatti-harakatlari bilan juda faol va kattalar bilan muloqotga kirishishga intiluvchan bo‘ladilar. Go'daklik davridagi bolalarga nisbatan, ilk bolalik davridagi bolalar atrof-muhitdagi narsa va hodisalarga nisbatan ko‘proq qiziqish bilan qaraydilar. Agar, go‘dak bola qoliga ushlagan narsani oddiy harakatlar bilan kuzatsa, 2—3 yoshdagi bola shu predmet qismlarini diqqat bilan o‘rganganidan so‘nggina, o‘z amaliy faoliyatida ishlata boshlaydi. Bolani dastlab, ayni shu predmetlarning qollanish vazifasi, mohiyati qiziqtirib, u o‘z savoliga javob olish maqsadida ko‘pincha kattalarga «Bu nima?» degan savol bilan murojaat qiladi. 1—3 yoshdagi bola shakllanishda psixik rivojlanishning o‘ta ahamiyatliligini inobatga olgan holda, ayrim psixologlar (R.Zazzo) inson tugllganidan to yetuklik davrigacha bolgan psixik rivojlanish asosining taxminan o‘rtalari, 3 yoshga to‘g‘ri keladi, degan mulohazani bildiradilar. Bu yoshdan boshlab, bolalar predmetlarni olganish olamiga qadam qo‘yadilar. U endi kattalar bilan nutq orqali muomala-munosabatda bola oladi va sodda axloq qoidalariga amal qila boshlaydilar. Kattalar bilan boladigan muloqoti tufayli bola atrof hayot haqida ko‘proq ma’lumot oladi. Nutq — bu yoshlarda nafaqat muloqot, balki bola tafakkurining rivojlanishi va o‘zini-o‘zi, shuningdek, bilish jarayonlarini boshqarish vositasi bolib ham xizmat qiladi. Uch yoshli bolalarda hukmning oddiy turlarini ko‘rish mumkin. Bu hukm turlari doimo faqat o‘zi bevosita idrok qilayotgan va yakka predmetlarga taalluqli bo‘ladi. Bola 2,5 yoshga yetganda savollar bera boshlaydi. Avval savollar ko‘proq predmetlarning nomi to‘g‘risida bolsa, keyinchalik savollar asosan predmetlarning qanday maqsadlarda qo‘llanilishi va nimalarga ishlatilishi to‘g‘risida (masalan, bu nima?, bu bilan nima qilinadi?, bu nimalarga ishlatiladi? kabi) bo‘ladi. Hozirgi zamon, o‘tgan zamon va umuman vaqt to‘g‘risidagi aniq tasavvur tushunchasi fazoviy tasavvurlarga nisbatan ancha kech paydo boladi. Bola predmetlar bilan ko‘proq aloqa qilishi, ular bilan munosabatda bolishi va ularning xususiyatlarini tekshirib ko‘rishi kerak. Bu bilan unda dastlab ayrim predmetlar va hodisalar haqida tasavvurlar to‘plana boradi va keyinchalik shular zaminida umumiy tasavvur va tushunchalar hosil boladi, mantiqiy tafakkur rivojlana boshlaydi. 2—3 yoshli bola ko‘p narsani ko‘rishni, ko‘p narsani bilishni va tushunishni istaydi, bu uning qiziquvchanlik va sinchkovlik xususiyatidan kelib chiqadi. U hamma joyga «tiqiladi», kattalarga halaqit berib, ularning tinkasini quritib juda ko‘plab savollar beradi. Kattalar mana shu savollarning hammasidan bolalarda tafakkurni o‘stirish va tevarak-atrofdagi olamni to‘g‘ri tushunishni tarbiyalash maqsadida foydalanishi g‘oyat muhimdir. Bola o‘z savollariga tushunarli javob olganidan keyin, bu ma’lumotlarni o‘z o‘yinlarida aks ettiradi va shu yo‘1 bilan ularning xotirasida mustahkam saqlanib qoladi. Bola tevarak-atrofdagi olamni kattalarning tushuntirishi bilan bir vaqtda kuzatsa, atrofdagi olamni yaxshiroq tushuna boshlaydi, narsa va hodisalarni solishtiradi, ularning ayrimlari o‘rtasidagi o‘zaro boglanishlarni va buning sabablarini aniqlaydi. Mana shuning o‘zi bolada ancha umumlashgan tafakkur paydo bolayotganidan darak beradi. Bola tafakkurining rivojlanishi nutqning o‘sishi bilan mustahkam boglangandir, nutqning o‘sishi tafakkurning rivojlanishiga yordam beradi, chunki so‘z narsa, predmet va harakatlar bilan o‘zaro munosabatda boladi. 0 ‘z navbatida, tafakkurning rivojlanish darajasi so‘z zaxirasining oshishiga, umuman, nutqning o‘sishiga yordam beradi. Bu yoshdagi bolalarning yana bir muhim yutug‘i, ona tilini o‘zlashtirib olishlaridir. Bir yoshdan uch yoshgacha bolgan davr nutqning jadallik bilan o‘sish davri hisoblanadi. Nutq bola hayotining ikkinchi yilida ikki bosqichda tarkib topadi. Dastlabki bosqich birinchi yoshning oxiridan bir yarim yoshgacha bolgan davr bolib, bolada bu davrda asosan kattalarning unga murojaat qilib aytgan gapini tushunish qobiliyati o‘sib boradi. Bolaning lug‘at boyligi ayniqsa bir yoshdan keyin, ya’ni yurishni o‘rganib, tobora ko‘p predmetlarga duch kela boshlagan davridan boshlab tez o‘sa boradi. Bola predmetlarning nomini tez bilib oladi. Bola ikki yoshga tolganda, harakatlarning ham nomlarini bilib oladi. Bu harakatlarga bolaning o‘zi bajaradigan yoki kattalar tomonidan bajarilgan, nomi aytilgan va bola kuzatib borgan harakatlar kiradi. Bu «passiv» nutq hisoblanadi, chunki bola so‘zlarni tushunadi-yu, lekin ularni talaffuz qila olmaydi. 3 yoshlar arafasida predmetlarning vazifalarini tola o‘zlashtirgan bolalar, o‘z o‘yinlarida, shu predmetlardan maqsadsiz foydalanib qolmay, balki ularni o‘z vazifalariga kola ishlatadilar. Bolaning nutqi u 1,5 yoshga yetgungacha birmuncha sekinlik bilan rivojlanadi. Bu davr ichida u 30—40 ta so‘zdan, to 100 tagacha so‘zni o‘zlashtiradi, lekin ularni amaliyotda juda kam qollaydi. 1,5 yoshdan boshlab esa, uning nutqi jadal rivojlana boshlaydi. Endi bola predmetlarning nomlarini aytishlarini solabgina qolmay, balki bu so‘zlarni o‘zi talaffuz etishga ham harakat qiladi. Nutqining rivojlanish darajasi jadallashadi. 2 yoshlarning oxirlariga borib, bola 300 tagacha, 3 yoshlarning oxirlariga borib esa, 500 dan to 1500 tagacha so‘zni o‘z nutqida ishlata oladi, Shuningdek, so‘zlarni ham aniq talaffuz etib, jumlalarni to‘g‘ri tuza oladilar. 1,5—3 yoshlar nutqning rivojlanishi uchun senzitiv davr hisoblanadi. Bola bilan so‘zlashayotganda kattalar so‘zlarni aniq talaffuz etishlari va boladan ham aniq talaffuzni talab etishlari lozim. Bu yoshdagi bolalar idrokining yana farqlanadigan tomoni shundaki, ular idrok qilayotgan narsalarni umumlashtira olmaydilar. Atrof-muhitdagi narsalarni qanday bolsa shundayligicha idrok qiladilar. Bu xususiyat ularning rasmlarni idrok qilishlarida yaqqol ko‘rinadi. Masalan, ikki yarim yashar bolaga otning kallasi solingan surat ko'rsatilsa, hayron bolib, otning o‘zi qani, deb so'raydi. Bolalar idrokining takom illashuvida so‘z katta ahamiyatga ega. So‘z mohiyati jihatidan um um lashgan xarakterga ega bo‘lib, u narsalarni um um lashtirish im konini beradi. Bola so'z yordam ida o‘xshash narsalarni oddiygina guruhlarga ajrata boshlaydi.




  1. 0‘smirlik davrida kattalardan masofa saqlash va begonalashish ro‘y beradi. Haqiqatan ham o‘zini kattalarga qarshi qo‘yish, mustaqil subyekt sifatida o‘zinikini, o‘z fikrini ajratish yaqqol namoyon boladi. 0‘smirning kattalarga munosabati murakkabdir. 0‘smir bir tomondan kattalar bilan huquqlardan teng ekanligini prinsipial jihatdan talab qiladi, ikkinchi tomondan kattalaming yordamiga, qoMlab-quvvatlashiga, himoyasiga, bahosiga ehtiyoj sezadi. Kattalar o‘smir uchun muhim, o‘smirda ham kattalarga nisbatan empatiya kuchli, lekin amalda nazoratning «bolalarcha» shakli saqlanib qolganligiga, haddan tashqari g‘amxo‘rlik qilishlariga qarshi chiqadi. Ota-onalar bilan o‘zaro munosabatlardagi muammolar, o‘qituvchilar bilan nizolashishlar — o‘smirlik davri uchun odatiy hoi bo‘lsa-da, bunday holatlarning namoyon bolish tezligi kattalarning unga bolgan munosabatiga, oilaviy tarbiya uslubiga, o‘smir xulq-atvoriga nisbatan hurmat bilan munosabatda bolish ko‘nikmasiga bogliq. 0‘smir va kattalar orasida qulay munosabatlarni o‘rnatishning zaruriy sharti kattalarning tashabbusi bilan ular hayotida umumiylikni yaratish, hamkorlik sohalarini kengaytirish, mazmunli aloqalarni amalga oshirish, o‘zaro yordam va ishonch muhitini yaratishdan iborat1. 0‘smirlar kattalarning ularga bildiradigan ishonchlariga katta ehtiyoj sezadilar. Kattalarning o‘smir yoshdagilarga ta’sir ko‘rsatishi, tarbiya berishi uchun eng qulay sharoit — bu umumiy mehnat bilan shug‘ullanishdir. Agar kichik yoshdagi bolalar yordamchi bolish rollaridan qoniqsalar, o‘smirlar, ayniqsa katta o‘smirlar kattalar bilan teng ravishda faoliyat ko‘rsatayotganlaridan, lozim bolganda ularning o‘rnilariga ham ishlay olishlaridan qoniqadilar. Kattalar o‘smirlar bilan do‘stona, uni tola tushungan holda va aql bilan rahbarlik qilsalar, bunga o‘smirlar ijobiy qaraydilar, lekin bu rahbarlik kattaning xohish-istagi ustunligida kechsa, unday holda ular tola qarshilik ko‘rsatadilar. Bu qarshilik ko‘pincha salbiy natijalarga, ba’zan depressiya holatini ham yuzaga keltirishi mumkin. Bu holat ko‘pincha ota-onasi avtoritar munosabatda boluvchi o‘smirlarning oilalarida uchraydi. Bunday oilalarda tarbiyalanayotgan o‘smirlar hayotda mustaqil holda harakat qilish lari, o‘z rejalarini amalga oshirishlari, qiyin mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishlari birmuncha qiyin kechadi. Ular ko‘pincha intellektual xarakterdagi muammolarni ham qiyinchilik bilan yengadilar. 0‘smirlik davrida bolalarning atrofdagi odamlar bilan shaxsiy va ish yuzasidan bo‘ladigan munosabatlaridagi mavqei o'zgaradi. Endi o‘smirlar o‘yin hamda damga kamroq vaqtlarini ajratgan holda ko‘proq jiddiy ishlar bilan shug‘ullana boshlaydilar va ularda bilish jarayonlari jadal rivojlana boshlaydi. 0‘qish o‘smirlar hayotida katta o‘rinni egallaydi. Ularga mashg‘ulotlarning mustaqil shakllari yoqadi. Boshqa davr bolalariga nisbatan o‘smirlarning fanlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlari, qiziqishlarining ortishi, o‘qituvchining o‘quv materialini tushuntira olish mahoratiga bogliq. Bilim olganish ehtiyojlari asosida asta-sekinlik bilan o‘quv fanlariga nisbatan qat’iy ijobiy munosabat shakllanadi. Bu davrda o‘qishning yangi motivlari yuzaga keladi. Bu motivlar o‘smirning, hayotiy rejalari, kelajak kasbi va ideali bilan bogliq boladi. Aynan o‘smirlik davridan boshlab, bolalar hayotiy, ilmiy, badiiy bilimlarni kengaytirishga alohida ehtiyoj sezadilar va bunga harakat qiladilar. Bilimli bola tengdoshlari orasida hurmatga sazovor boladi. Bilim o‘smirlarga alohida bir quvonch baglshlaydi va uning tafakkur qilish layoqatini rivojlantiradi. Bu davrda o‘quvchilarga beriladigan o‘quv materialining hajmi katta bolgani uchun ham uni eslab qolishi yoki bir necha marta takrorlash yoli bilan o‘zlashtirishi qiyin. Buning uchun o‘quvchi o‘quv materialining mazmunini tahlil qilishi, undagi mantiqiy tuzilishni bilishi muhim. Bu davrda bolalarning idroki, diqqati va tasavvurlari rivojlanadi, lekin bu rivojlanish bolaning o‘ziga va atrofdagilarga sezilmagan holda kechadi. Shu bilan birga bu davrda bolaning xotirasi, nutqi, tafakkur jarayonlari ham jadal rivojlanadi. Bu o‘zgarishlar atrofdagilarga sezilarli darajada boladi. 0‘smirlik davrida o‘z-o‘zini anglash darajasi kengayadi va unda boshqa odamlar, olam haqidagi bilimlari chuqurlashadi. 0‘yin faoliyati asta-sekin kamayib, yangi faoliyatlar yuzaga kela boshlaydi. Psixik rivojlanishning yangi bosqichi boshlanadi. 0‘smirlik davrida o‘z faoliyatini nazorat qilish rivojlana boshlaydi va o‘zini-o‘zi boshqarishga intilishi kuchayadi. Bir so‘z bilan aytganda, o‘smirlik davri psixik rivojlanishda keskin burilish davri hisoblanadi.




  1. 0‘smirlik yoshida psixologik jihatdan eng muhim xislat — voyaga yetish yoki kattalik hissining paydo bolishi alohida ahamiyatga ega. Kattalik hissi ijtimoiy-axloqiy sohada, aqliy faoliyatda, qiziqishda, munosabatda, xulq-atvorning tashqi shakllarida o‘z ifodasini topadi. 0‘smirlik yoshiga xos bolgan psixologik xususiyatlarni o‘rgana turib, o‘smirlar shaxsining shakllanib, rivojlanib, kamolotga erishish yollarini va unga ta’sir etadigan biologik va ijtimoiy omillarning bevosita ta’sirini tushunish mumkin. Jinsiy yetilish o‘smirning bu yoshdagi xulq-atvoriga asosiy biologik vosita sifatida ta’sir o‘tkazadi. Lekin bu bevosita ta’sirdir. Kichik o‘smir psixologik «mexanizmi» sxematik ravishda quyidagicha baholanadi. Endokrin garmonlarining paydo bolishi va ularning markaziy nerv sistemasiga ta’sir qilishi bilan bogliq bolgan jinsiy yetilishning boshlanishi bolalar faolligining jismoniy va psixologik imkoniyatlarini oshiradi hamda ularning o‘zlarini kattalardek his etish, mustaqil bolish tuyg‘ularini tuyushlari uchun qulay shart-sharoitlarni olib keladi. Biroq, psixik rivojlanishning bu bosqichida ham bola hali mustaqil harakat qilishga tola tayyor bolmaydi. Ijtimoiy omillar esa quyidagilardir: kichik maktab yoshidan o‘rta maktabga olish, ya’ni yakka o‘qituvchi rahbarligidan ko‘pchilik o‘qituvchilar tasarrufiga olish va muloqotdagi o‘zgarishlar ijtimoiy foydali ishlarni kengaytirib borish, mustaqil va amaliy ishlarni ko‘proq bajarish, shu bilan birga bolaning oiladagi o‘rnining ham o‘zgarishidir. Katta o‘smirlarga nisbatan kichik o‘smirlarda paydo boladigan kelisha olmaslikni ulardagi jinsiy yetilish bilan emas, balki atrofdagi shart-sharoitlar, oiladagi ota-ona, aka-ukalarning unga munosabati, mahalla-ko‘y, ya’ni ijtimoiy sharoitlar ta’siri bilan boglash zarur. Mana shu ijtimoiy sharoitlarni ulardagi psixologik iqlimni o'zgartirish yoli bilan o‘smirlarning xulq-atvoriga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir kolsatish, yomon xulq-atvor, o‘jarlik, kamchiliklarini tan olmaslik kabi salbiy xislatlarning oldini olishi mumkin. Bu davrda o‘smir baxtli bolalik bilan xayrlashgan, lekin kattalar hayotida hali o‘z o‘rnini topa olmagan holatda bo‘ladi. 0‘smir o‘zining qobiliyati va kuchini to‘g‘ri baholamay turib, murakkab hayotiy masalalarni hal qilishga urinadi, ammo fikr yuritish qobiliyati yuzaki bo‘lganligi sababli kundalik hayotida qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yadi. Lekin u o‘z xatosini tan olishdan ko‘ra kattalar bilan bahslashishni afzal ko‘radi. Tanqid qilgan kishilarni yoqtirmaydi, har bir tanqid go‘yoki uni mensimaslik belgisi, atayin qilinayotgan ish bo‘lib ko‘rinadi. U mustaqil, o‘zboshimchalik bilan ish tutishga urinadi, kattalarning maslahatiga e’tibor bermaydi. Ayrim o‘smirlar o‘zining kattalar safiga qo‘shilganligini namoyish qilish uchun turli xil salbiy odatlarga o‘rgana boshlaydilar. 0‘smir xulqidagi bunday o'zgarishlar o‘qituvchi va ota-onalarni qattiq tashvishga soladi. Ularni ijobiy tomonga o‘zgartirish uchun esa kattalardan psixologik bilim va tajribani talab etadi. Bu yoshda kattalar o‘smirlarni bilib-bilmay qo‘yayotgan kamchilik va xatolarini ko‘pchilik ichida uyaltirib, kamsitib, qoralab emas, balki psixologik yo‘l bilan yondashgan holda yordam berish uni «katta bo‘lib qolganlik» tuyg‘usini so‘ndirib emas, balki katta odam qanday bolishi va qanday talablarga javob berishi kerakligini anglatishi zarur. Kichik o'smir davrida bilish faolligi, bilishga bolgan qiziqish kuchayadi (11—12 yosh). 0‘smirlik davrida tafakkur, tushunchalarni hosil qilish funksiyasi shakllanadi. Fan asoslarini, umumlashtirilgan bilimlarni o‘zlashtirish hisobiga psixik funksiyalar ixtiyoriy boshqariladigan jarayonlarga qayta quriladi. Kognitiv sohadagi o‘zgarishlar o‘smirning tevarak-atrofga munosabatini, umuman shaxs sifatida shakllanishini o'zgartiradi. Idrok tanlovchan, maqsadga yo‘naltirilgan analitik-sintetik faoliyatga aylanadi. Xotira mantiqiy operatsiyalar bilan ichdan bogliq boladi. Nazariy diskursiv tafakkur tushunchalarga tayanilgan holda, ular o‘zaro taqqoslanadi, bir fikrdan boshqa bir fikrga olish ro‘y beradi. 0‘smirning yangi huquqlarga da’vosi, avvalo, kattalar bilan o‘zaro munosabatlarning butun muhitiga oid boladi. 0‘smir avval bajonidil bajaradigan talablarga endi qarshilik ko‘rsata boshlaydi: uning mustaqilligini cheklashganda, vasiylik qilishganda, yo‘naltirishganda, nazorat qilishganda, quloq solishni talab qilishganda, jazolashganda, uning qiziqishlari, munosabatlari va fikrlari bilan hisoblashishmaganda u juda xafa boladi va norozilik bildiradi. 0‘smirda o‘z qadrini bilish hissi paydo boladi va u o‘zini kamsitish, mustaqillik huquqidan mahrum qilish mumkin bolmagan inson deb biladi. Ota-onalar va pedagoglar o‘smirlar bilan alohida ishlab, ularning ko‘nglini topishi va xatti-harakatlarini o‘z vaqtida to‘g‘ri yolga solishlari lozim. Ba’zi o‘qituvchilar kichik o‘smirdagi bu o‘zgarishlar - salbiy alomatlar, urushqoqlik, o‘jarliklarining ildizlari qayerdan kelib chiqqani va nima bilan bog‘langanligi, nimaning ta’siri ekanligini bilmay turib, noto‘g‘ri tashxis va xulosalar chiqaradilar, bu esa aksariyat holda fojiaga olib kelishi mumkin. Asosiy ziddiyatni keltirib chiqaruvchi omillardan biri o‘smirning o‘z mustaqilligini imkoniyatidan ortiq darajada baholashidir. 0‘z imkoniyatlarini ortiqcha baholash bilan kichik o‘smirning psixik imkoniyatlari oltasida tafovut paydo boladi. Kattalarning irodasiga bo‘ysunmaslik, maktab, sinf faollari va boshqalarning qarorlarini bajarmaslik bu mazkur sharoitga yetarli darajada baho bera olmaslikning yagona reaksiyasi bolibgina qolmay, shu bilan birga bu o‘smir, uning shaxsi nuqtayi nazaridan o‘zini boshqalarga tanitish yoli sifatida ham xizmat qiladi. Bu yo‘1 orqali bola o‘z shaxsining ahamiyatini, uning ta’sirchanligini hamda tevarak-atrofdagi kishilarga qarshilik ko‘rsata olish qobiliyatini ham ta’kidlab ko‘rsatishga erishmoqchi boladi. Demak, bu o‘smirni tolaqonli psixik rivojlanishi uchun zarur bolgan hayotiy bir xislat ekanligini bilgan holda shu bilan bogliq salbiy ishlarning psixologik tabiatini to‘g‘ri tushunmog‘i va bolalarni o‘zlarini katta tutishlariga to‘sqinlik qilmaslik, aksincha ularning bunday xatti-harakatlarini ijobiy baholashga intilishi kerak. 0‘smirlarni o‘z shaxslari haqidagi fikrlar ko‘proq qiziqtiradi, ular o‘zlarini bilishga, maqsadli rivojlantirishga, tarbiyalashga harakat qiladilar. U kattalar huquqini cheklaydi, o‘zinikini esa kengaytiradi, kattalarning o‘z shaxsi va insoniylik qadrini hurmat qilishlarini xohlaydi, ishonch va mustaqillik namoyon etishga da’vo qiladi, ya’ni kattalar bilan ma’lum tenghuquqlilikka va ularning shu narsani tan olishlariga erishishga harakat qiladi. 0‘smirlik davrida ichki erkinlikning o‘sishida, o‘z-o‘zini anglash layoqatlarida, mustaqil xatti-harakatlarida katta sifat o‘zgarishlari yuz beradi. Bunday o‘zgarishlarning yuzaga kelishida irodaning ham ahamiyati katta. Iroda oliy psixik funksiya sifatida o'smirning erkin harakat qilish quroli, shuningdek, shaxsi rivojining magistral chizig‘i bolib hisoblanadi. 0‘z-o‘zini anglash hissining tarkib topishi, o‘ziga nisbatan go‘yo alohida mustaqil shaxs sifatidagi munosabatning vujudga kelishi bu davrdagi har ikki jinsdagi va istagan temperament tipidagi o‘smirlar uchun muhim xususiyatlardir. 0‘smir o‘gil-qizlar shaxsining kamol topishida, o‘zini anglash jarayonida o‘ziga baho berish mayli va istagi o‘zini boshqa shaxslar bilan taqqoslash, o‘ziga bino qo‘yish ehtiyoji paydo boladi. Bular esa o‘smirning psixik dunyosiga aqliy faoliyatiga, tevarak-atrofga munosabatning shakllanishiga ta’sir qiladi. Ilk o‘smirlik davrida ko‘pchilik o‘smirlar o‘zlariga salbiy shaxsiy xarakteristika beradilar. Katta bolgan sari o‘smirning o‘z-o‘ziga bergan bahosi differensial xarakter (xulq-atvoriga, ijtimoiy vaziyatlarda o‘zini tutishga va ayrim xatti-harakatlari)da namoyon bola boshlaydi. 0‘g‘il bolalar va qiz bolalarning ijtimoiy rollari turlicha bolishi to‘g‘risidagi jamiyatda tarkib topgan tushunchalar bilan bolalar tomonidan o‘zlashtiri!gan tasavvurlar o‘smir yoshidagi shaxsning shakllanish yo‘llarini belgilab beradi. 0‘smir o‘z kuchi va quvvati, chidamliligi ortayotganini, bilim saviyasi kengayayotganini anglay boshlaydi. 0‘smirlar ustanovkalari muhim funksional ahamiyatga ega bolib, uning malum bir faoliyatni samarali bajarishga tayyorligi sifatida namoyon boladi. Uning asosiy vazifalari: 1) faoliyat amalga oshirilishining qat’iy xarakterini belgilab beradi; 2) o‘smir shaxsini standart vaziyatlardagi faoliyatlar kechishini erkin holda nazorat qilish va qaror chiqarishdan ozod qiladi. 0‘smirlik davri xususiyatlarini talqin qilgan olimlarning ta’kidlashicha, o‘g‘il va qizlarning bu yoshda o‘rtoqlari bilan munosabatlarga intilishi, tengdoshlari jamoasining hayotiga qiziqishi yorqin namoyon boladi. Ushbu o‘zgarishlar ta’sirida bolalar jismoniy va aqliy imkoniyatlarini o‘sib borish munosabati bilan o‘zlariga ko‘proq ishona boshlaydilar, ular endi oilaviy muammolar muhokamasida ham ishtirok eta boshlaydilar. Aslida o‘smir yoshidagi bolalarning psixik holatlarini va psixik rivojlanish xususiyatlarini hisobga olish, psixik muammolarini erkin va to‘g‘ri yechishlari uchun yordam berish, ularga psixologik yondashish zarur. Kichik o‘smir yoshdagilar bilan ishlayotganda o‘quvchining har bir tashqi va ichki reaksiyasi ortida uning o‘z psixologik sabablari borligini bilish muhimdir. Bu «madaniyatsiz», «zararli», «tushunib bolmaydigan» deb nom olgan xatti-harakatlar bir qarashda shunday baholanadi, lekin bu xatti-harakatlar shaxs qaror topishining maxsus bosqichi uchun xos xususiyatdir. Kichik o‘smirda o‘z-o‘zini hurmat qilish va o‘zini anglashni shakllantirishning bir qancha yollari mavjud. Masalan: bu davrda kattalarga taqlid qilish yoki oilada o‘z hurmatini talab qilish, o‘z so‘zini olkazish, o‘zini hurmatli, obroMi katta yoshli kishining obraziga o‘xshatib rivojlantirish kuchli boladi. Ularga biror so‘z yoki tanbeh bilan murojaat qilsangiz, u o‘zini mustaqil fikrlay olishi va biror ishni albatta uddasidan chiqa oladigandek ko‘rsatadi. Vaholanki, hali o‘smirning psixologik imkoniyatlari yetarli emas yoki rivojlanmaganbo'lishi mumkin. Kattalar, o'qituvchilar o'smirdagi bu jarayonni psixologik nuqtayi nazardan baholay olishlari, unga soxta, yuzaki yondashmay, aksincha, unga o'z imkoniyatlarini o'stirishga, o'z ichki va tashqi qobiliyatlarini to'g'ri rivojlantirishga yo'naltirishlari muhim hisoblanadi. O'smirlar uchun o'z tengdoshlari bilan muloqotda bo'lishi g'oyat katta ahamiyatga egadir. U endi salbiy va ijobiy tomonlariga alohida bir urg'u bermagan holda o'zi xohlagan kishisi bilan do'st bo'lish huquqini talab etadi. O'smirlar orasida sodiqlik va to'g'rilik kabi xislatlar yuqori baholanib, sotqinlik, o'z so'ziga bevafolik, egoizm, qizg'anchiqlik qattiq qoralanadi va qattiq jazolanadi. Bu jazo u bilan urishish, kaltaklash, unga qarshi baykot e’lon qilish va uni yolg'izlatib qo'yish shaklida bo'lishi mumkin. O'smirlar o'zini hurmat qilishini, o'z fikrini va qiziqishini himoya qilishni bilmagan tengdoshlariga juda past baho beradilar. 5—6-sinf o'quvchilariga sinfdagi o'zi egallagan mavqeiga katta e’tibor berish xususiyati xos. Ayniqsa, 6-sinfdan boshlab, o'quvchilar o'z tashqi ko'rinishlariga, shuningdek qarama-qarshi jinsdagi bolalar va ular bilan o'zaro munosabatlariga e’tibor bera boshlaydilar. 7-sinf o'quvchilarida esa o‘z layoqatlarini rivojlantirishga xos qiziqish yuzaga keladi. 8-sinf o‘quvchilari esa mustaqillik, o‘ziga xoslik, do'stlik va o‘rtoqlik bilan bogliq bo'ladigan shaxsiy xislatlar paydo boladi. Ma’lumki, har bir bolaning munosabatlari aniq ishlarda ko‘rinadi, mustahkamlanadi va qayd etiladi. Bola o'zidagi mustaqillikni shakllantirish uchun o'zi mustaqil ishlarni bajarishiga to‘g'ri keladi. Lekin, ikkinchi tomondan bir marta mustaqil ish bajarish uchun mavjud shart-sharoitlardan xoli bo'lishga harakat qiladi. Bola boshqa mexanizmlarga ega emas. Bular o'smirning o'z kuchiga ichki bir ishonchni mavjud emasligini bildiradi. Bu belgilar mana shu yoshda kishini mustaqil harakat qilishga qodir bo'lishga, ayni hollarda tevarak-atrofdagi kishilarga qarshi borib, o'zini haq ekanligini qattiq turib himoya qilishga, boshqa hollarda esa vaziyatni vazminlik bilan qabul qilishga da’vat etadi. Mustaqil ishlaT qilishga uringan o‘smir shunday qilishga haqqi borligiga o‘zinio‘zi ishontiradi, chunki men endi «katta bolib qoldim» deb o‘ylaydi. Shuning uchun ham psixologlar «katta bolib qolganlik tuyg‘usi» shaxsning o‘smirlik yoshidagi eng asosiy yangilik sifatida talqin qiladilar. Bu yoshda kattalar o‘smirlarni bilib-bilmay qo‘yayotgan kamchilik va xatolarini ko‘pchilik ichida uyaltirib, kamsitib, qoralab emas, balki psixologik yo‘1 bilan yondashgan holda yordam berish uni «katta bolib qolganlik» tuyg‘usini so‘ndirib emas, balki katta odam qanday bolishi va qanday talablarga javob berishi kerakligini anglatishi zarur. Demak, bu o‘smirni tolaqonli psixik rivojlanishi uchun zarur bolgan hayotiy bir xislat ekanligini bilgan holda shu bilan bogliq salbiy ishlarni psixologik tabiatini to‘g‘ri tushunmogl va bolalarni o‘zlarini katta tutishlariga to‘sqinlik qilmaslik, aksincha ularning bunday xatti-harakatlarini ijobiy baholashga intilishi kerak. 0‘smirlarning o‘z tengdoshlari bilan muloqotda bolishi g‘oyat katta ahamiyatga egadir. 0‘smirlik davrida, asosan, bilish jarayonlari yuqori darajada rivojlanadi. Bu yillarda o‘smirlar uchun hayot davomida kerak boladigan asosiy shaxsiy va tadbirkorlik xususiyatlari ochiq ko‘rina boshlaydi. Xotira, mexanik xotira darajasidan mantiqiy xotira darajasiga kolariladi. Nutq rivojlangan, xilma-xil va boy tafakkur esa o‘zining barcha ko‘rinishlari: harakatli, obrazli, mantiqiy darajasida rivojlanadi. 0‘smirlarni endi turli amaliyot va aqliy faoliyatlarga o‘rgatish mumkin. Shuningdek, bu davrda umumiy va maxsus layoqatlar shakllanadi va rivojlanadi. 0‘smirlik davriga juda ko‘p ziddiyatlar va qarama-qarshiliklar xos. Maktab dasturini o‘zlashtirish va boshqa ishlar bilan bogliq turli masalalarni yechishda ko‘zga tashlanadigan 0‘smirlarning intellektual rivojlanganligi kattalarni ular bilan birga jiddiy muammolar bo‘yicha fikrlashga undaydi, o‘smirlarning o‘zlari ham bunga harakat qiladilar. Boshqa tomondan esa ayniqsa, kelajak kasb, xulq-atvor etikasi, o‘z majburiyatlariga mas’ullik kabi muammolar muhokamasida infantillik (yosh bolalarga xos jismoniy va psixologik holat)ni kuzatish mumkin. 0‘smirlarning ana shu ketma-ket yuzaga keladigan qiziqishlariga asoslangan holda faol ravishda irodaviy ishbilarmonlik va boshqa foydali sifatlarni rivojlantirishi mumkin. 0‘smirlik davrida o‘quv fanlarini turli o‘qituvchilar o‘qitishlari bilan kattalar shaxsi va faoliyatini baholashning yangi mezonlari ham shakllana boshlaydi. 0‘smirlik asosan, bilimli, talabchan, haqqoniy, o‘quv materialini qiziqarli va tushunarli yo‘l bilan yetkaza oladigan, o‘quvchilarni ajratmaydigan, o‘qituvchilarni ko‘proq hurmat qiladilar va yaxshi ko‘radilar. Ular o‘qituvchi bilan munosabatlariga ham katta e’tibor beradilar. 10—15 yoshli bolalarning faoliyat motivlarida ham o‘zgarishlar amalga oshadi. Ilk o‘smirlik davrida ko‘pchilik o‘smirlar o‘zlariga salbiy shaxsiy xarakteristika beradilar. Katta bo‘lgan sari o‘smirning o‘z-o‘ziga bergan bahosi differensial xarakter (xulq-atvoriga, ijtimoiy vaziyatlarda o‘zini tutishga va ayrim xatti-harakatlari)da namoyon bo‘la boshlaydi. 0‘smirlik yoshidagi o‘quvchilarning emotsional xususiyatlari. 0‘smirlik yoshida, taxminan 13—14 yoshlarda, bolalarni emotsional kechinmalarida katta o‘zgarishlar boshlanadi. Shu yoshdagi bolalarda ta’lim ta’siri ostida abstrakt-mantiqiy va tanqidiy tafakkur ancha o‘sadi. 0‘smirlar dunyoqarashlari bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bilan qiziqa boshlaydilar, ularning kamalak va yoshlar ittifoqida ishtirok etishlari bunday qiziqishlarning o‘sishiga ko‘p jihatdan yordam beradi. Mana shularning hammasi xilma-xil intellektual va axloqiy hislarni o‘sishi uchun manba bolib qoladi. 0‘smirlarda xayol kuchli ravishda o‘sadi. Hislarning o‘zi xayolning o‘sishiga yordam beradi va xayolning o‘zi ham xilma-xil chuqur emotsional kechinmalarning manbayi bolib qoladi. Kelajak to‘g‘risidagi orzular, qahramonlik, romantika shularning hammasi emotsional kechinmalarning manbayidir. Bu yoshda o‘z-o‘ziga baho berish hissi kuchli ravishda o‘sadi. 0‘smir yoshidagi bolalarning aloqa doirasining kengayishi va ularda ijtimoiy-siyosiy masalalarga qiziqish o‘sishi tufayli axloqiy hislar o‘smirlar hayotida katta o‘rin oladigan bo‘lib qoladi, ularda vatanparvarlik hissi yorqin namoyon bo‘ladi. Shu yoshda organizmda fiziologik o‘zgarishlar sodir bo‘lishi sababli emotsional qo‘zg‘alishlarning xarakterida ham o‘zgarish ro‘y beradi. Hislar kuchli ravishda namoyon bo‘laveradi, lekin ko‘pincha bu hislar barqaror bo‘lmaydi. Boshqa yoshdagi bolalarga qaraganda o‘smirlarda injiqlik va arazlash ko‘p bo‘ladi.

Download 86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish