iqtisodiyotdagi roli tobora oshib bordi. Inqirozlar tez-tez takrorlanib turdi.
Ayniqsa, 1929-1933 yillardagi iqtisodiy inqiroz butun dunyoni larzaga soldi.
Shu davrda J.M.Keyns nomi bilan bo
g‘liq ta’limot yuzaga keldi. U
«Merkantilizm to‘g‘risidagi mulohazalar» va «Bandlik, foiz va pulning
umumiy nazariyasi
» (1936y.) nomli asarlarida
merkantilizmning ayrim
g‘oyalarini qo‘llaydi, unda «amaliy donolik» kurtaklari borligi ta’kidlanadi.
Eksportning importdan k
o‘pligi, oltinlarning oqib kelishi esa pulga taklifni
kuchaytirib, foiz stavkalarini pasaytiradi va shu bilan investitsiya va
bandlikni ra
g‘batlantiradi. Keyns shularni «merkantilizm doktrinasidagi ilmiy
haqiqat uru
g‘lari» deb ataydi.
Umuman, J.M.Keyns mavjud sharoitlarda klassik maktab aqidalari ish
bermasligini ta
’kidlaydi, hozirgi til bilan aytganda bozor munosabatlari
avtomatik ravishda barcha ziddiyatlarni hal eta olmaydi, shu sababli
davlatning iqtisodiyotga faol ishtirok etishi taklif etiladi.
Keyns
o‘zini merkantilistlar bilan yaqinlashtiruvchi to‘rt sohani berdi:
1. Merkantilistlar mamlakatdagi pul massasini oshirishga intilib, ssuda
foizini pasaytirish va investitsiyalarni ra
g‘batlantirishni o‘ylaganlar;
2. Merkantilistlar baholar oshuvidan q
o‘rqmaganlar va yuqori baholar
savdo va ishlab chiqarishni kengaytirishni ra
g‘batlantirgan.
Keynsning
fikricha
, «mo‘‘tadil inflyatsiya» iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlaydi;
3. Merkantilistlar
«pulning yetishmasligi ishsizlikning sababchisi
ekanligi
» to‘g‘risidagi tushunchaning asoschilari bo‘lganlar.
Keynsning fikricha, bank va davlat budjeti kamomadini kredit
ekspansiyasini oshirish y
o‘li bilan pul miqdorini oshirish ishsizlikka qarshi
kurashishda muhim qurol b
o‘lishi mumkin. Ishsizlik bir qancha ob’ektiv
sabablarga bo
g‘liq edi, masalan agrar sohada u ko‘pincha
mavsumiy edi,
ya
’ni qishloq xo‘jaligi ishlarining tugashiga yoki kam hosilli yillarga to‘g‘ri
keladi. Hatto sanoatda ham bu holat qayd etiladi, ya
’ni daryodagi qishki
muzlar yoki bahorgi toshqinlar suv tegirmonlarini t
o‘xtatib qo‘yganidek;
4. Merkantilistlar
o‘z siyosatlarining milliy xarakteri va uning urushlar
ochish y
o‘nalishini ochiqdan-ochiq namoyon qiladilar. Keyns proteksionizm
mazkur mamlakatda ishsizlik muammosini hal etishga yordam bera oladi,
deb hisoblagan va iqtisodiy millatchilik tarafdori b
o‘lgan.
Bunga yana bir masalani, beshinchi moddani ham q
o‘shmoq kerak,
chunki davlat bu holatda iqtisodiyotda muhim rol
o‘ynaydi. Buni Keyns o‘z-
o‘zidan ravshan narsa deb tushungan bo‘lsa ehtimol.
Ma
’lumki, asrimizning 60-70 - yillari
mustamlakachilik tizimining
yemirilishi va k
o‘plab yangi mustaqil davlatlarning vujudga kelish davri
hisoblanadi. Bu davrda
«nomerkantilizm» g‘oyalari ilgari surilmoqda. Yosh,
rivojlanayotgan davlatlarning k
o‘pchiligida iqtisodiyotda davlat sektorining
kattaligi, xalq x
o‘jaligida reja va dasturlar mavjudligi, milliy sanoatni bojxona
tariflari bilan himoya qilish va boshqa choralar
«nomerkantilistik»
hisoblanadi. Ikki tomonlama savdo shartnomalari, davlat zayomlari y
o‘li
bilan industrializatsiyani moliyalash, baholarni
tartibga solish va
monopoliyalar daromadini cheklash ham shu ta
’limotga to‘g‘ri keladi.
90-yillarda boshlangan, ilgarigi sotsialistik rivojlanish y
o‘lidan
borayotgan davlatlarning bozor munosabatlariga
o‘tish davridagi iqtisodiy
siyosati ham k
o‘p jihatdan yuqorida keltirilgan holatlarga juda o‘xshashdir.
Ayniqsa, tadrijiy (evolyutsion) y
o‘lni tanlagan davlatlarda bu siyosat ancha
kuchlidir. Shu sababli merkantilizm ta
’limotini har tomonlama o‘rganish ham
nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: