19 ma’ruza. Atom tuzilishi reja: Atom tuzilishi


Monotan va induksiyalangan nurlanish. Lazerlar



Download 357,75 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana22.02.2023
Hajmi357,75 Kb.
#913794
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
19 - ma\'ruza Atom tuz.

Monotan va induksiyalangan nurlanish. Lazerlar. 
Kvant sistema (masalan, atom yoki molekula)ning foton chiqarishi bilan 
bog’liq bo’lgan kvant o

tishni yuzaga keltiruvchi sababga ko'ra ikki tur 
nurlanishga ajratiladi. Agar bu sabab ichki bo'lsa va uyg'otilgan energetik sath 
W dagi atom yoki molekulaning normal yoki quyiroq energetik sath Wl ga 
otishi tashqi ta'sirsiz, ya'ni o'z-ozidan sodir bo'ladigan nurlanishga spontan 
nurlanish deb ataladi. Ushbu rasmda tasvirlangan. 
Odatdagi yorug'lik manbalari asosan spontan nurlanish chiqaradi va bu 
nurlanish nokogerent nurlanishdan iborat bo'ladi.
Kvant sistema (atom va mofekula) uyg'otilgan energetik sath W
2
dan quyiroq 
energetik sath W
1
ga tashqi ta’sir sababli majburiy o'tishda vujudga keladigan 
nurlanishga majburiy nurlanish yoki iuduksiyalangan nurlanish deyiladi. 
Navbatdagi rasmga qaralsin 
Ko'pincha induksiyalangan nurlanish yorug'lik kvanti h

ta'sirida sodir 
bo'ladi. Masalan, ushbu rasmda hn kvant energiya yutgan uyg'otilgan W
2
sathdagi 
atom yoki molekula quyiroqdagi Wl sathga o'tganda ikkita bir xil, bir tomonga 
yo'nalgan 2h

kvant energiyali induksiyalangan nurlanish chiqara boshlaydi.
Induksiyalangan nurlanish uni majbur etuvchi birlamchi nurlanish bilan o'zaro 
kogerent, chastotalari, fazalari, tarqalish yo'nalishi va qutblanish tekisligi aynan bir 
xil bo'ladi. Bu xossalar jismdan o'tayotgan nurlanishni kuchaytirishga sababchi 
bo'ladi. 
1954 yilda rus olimlari N. G. Basov va A. M. Proxorov, shuningdek 
amerikalik Ch. Tauns bir-birlaridan mustasno holda induksiyalangan 
nurlanishdan foydalanib birinchi bo’lib, O'YuCh diapazonidagi 

=1,27 sm
 
to'lqin uzunlikli elektromagnit nurlanish beradigan mazer deb ataluvchi 
generatorni yaratdilar. 1963 yilda bu ishlar uchun Basov, Proxorov va Taunsga 
Nobel mukofoti berildi. 
Bu qurilmasining ishlashi ammiak molekulalarining induksiyalangan 
nurlanishiga asosanlanganligi uchun molekulyar generator deb nom berildi, 
1960 yilda Amerikada ishchi moddasi yoqutdan iborat bo’lgan, spektrning 
ko’rinadigan dipazonida ishlovchi lazer deb ataluvchi qurilma yaratildi. Bu optik 
kvant generatori (OKG) to'lqin uzunli 

= 694,3 nm va impuls quvvati 106 Vt 
bo'lgan impulsli kuchlanish hosil qiladi. Yoqut, alyuminiy oksidi A1
2
O
3
kristalining 
0,005% li xrom (Gr) aralashmasidan iborat, och qizil rangli nur chiqaradigan 
OKG ning. ishlashi uchun yuqorida qarab chiqilgan ikki energetik sath yetarli emas. 
Yoqut kristalidagi xrom ionlarining energetik sathlari induksiyalangan nurlarni 
chiqarish xususiyatiga egadir. 
Yoqutli lazerlarining ishlashida ushbu rasmda tasvirlangan uchta energetik 
sathlardan foydalanildi. Lampaning kuchli chaqnashidan xrom ioni 3 - energetik 
sathga o'tib, 10
-8
s vaqtdan keyin nur chiqarmasdan o'z-o'zidan 2 - metastabil 


11 
sathga o'tadi. Tashqi elekfromagnit to'lqin ta'sirida xrom ioni 
2 - 
energetik 
sathdan 1 energetik sathga o'tishida induksiyalangan nurlanish-lazer nurlari hosil 
bo'ladi. 
Yoqutli lazerning tuzilishi sxematik ko'rinishda quydagi rasmda 
tasvirlangan. Lazerning aktiv moddasi silindr shakldagi yoqut kristali bo'lib, 
uning asoslari nihoyat darajada silliqlangan. Yoqut silindrning bir uchi to'liq 
ko'zgu, ikkinchi uchi esa yarim shaffof bo'ladi. 
Silindrsimon yoqut kristalini spiral shakli gaz zaryad lampasi bilan o'ralgan. 
Bu lampalarning kuchli ko'kimtir yashil yorug'ligi xrom ionlarini 1-energetik 
sathdan 3-energetik sathga ko'taradi va ozgina vaqt o'tishi bilan 2-energetik sathni 
uyg'otilgan xrom ionlari «o'ta egallab» oladi. 
Uyg'otilgan xrom ionlari 2- energetik sathda 1-energetik sathga o'tganda har 
xil yo'nalishda hosil bo'lgan induksiyalangan nurlanishlarning faqat kristali оqi 
boуlab yo'nalgani uning uchlaridan ko'p marta qaytadi va kuchli lazer nuri 
ko'rinishida yoqutning shaffof tomonidan tashqariga chiqib ketadi 
Impulsli rejimda ishlaydigan yoqutli lazer dan tashqari, uzluksiz ishlaydigan 
gazli, yarim o'tkazgichli lazerlar ham mavjuddir. 
Gazli lazerlarda ishchi modda gaz (yoki gaz aralashmasi) bo’ladi. Keyingi 
rasmda geliy - neonli lazerda ishchi modda geliy va neon aralashmalaridan 
iboratdir. Gaz aralashmasi elektr zaryadi bilan aktivlashgan holda keltiriladi. Optik 
rezonatordagi ko'zgular nay o'qi bo'yicha yo’nalgan kogerent yorug’likning 
generatsiyalanishiga sharoit yaratadi. Natijada yarim shaffof ko'zgu orqali hosil 
bo’lgan lazer nuri chiqadi. 
Gazli lazer spektrning ko'zga ko'rinadigan och qizil nuri (to'lqin uzunligi 


633
nm) ni, infraqizil (

=1150nm) nurini generatsiyalaydi, 
Yarim o'tkazgichli lazerlarda ishchi modda yarim o'tkazgichlardir. 
Yarimo'ticazgichlarda ishchi modda optik tezlik va elektronlar oqimi yordamida 
aktiv holatga keltirilishi mumkin. 
Bunda yarim o'tkazgichli diod qalinligi 0,1 mm va yuzi bir necha mm
2
bo'lgan 
kristall plastinkadan iboratdir. Plastinkaning ikki tomoniga elektrodlar ulanadi. 
To’lqin uzunligining keng diapazonida, ya'ni ultrabinafshadan infraqizilgacha 
oraliqda ishlovchi yarim o'tkazgichli lazerlarni yaratish mumkin. Bunday 
lazerlarning tuzilishi sodda, o'lchami kichik va: uzoq vaqt ishlay oladi. 
 
 
 
 

Download 357,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish