Eslatma. Razvyortkani tez-tez teshik-dan chikarib, qirindidan tozalash va mashina moyi bilan obdan moylab turish kerak (cho’yanni moylamasdan ishlash mumkin).
Yo’nib kengaytirishda quyidagi ta-lablar hisobga olinadi: tsilindrik teshiklarni kengaytirishda razvyortka ish qismining 3/4 qismini teshikdan chiqqan paytida (d) yo’nib tugallash kerak bo’ladi. Konussimon teshiklarni yo’nib kengaytirishda esa konussimon kalibrning ko’ndalang chiziqchalari holatiga qarab yo’nib kengaytirishni tugallash lozim (e).
2.Yuqorida ko’rsatilgan qo’yim bilan yo’nib kengaytirish uchun teshik parmalanadi. Stanok to’xtatiladi va xomaki mahsulot uning stolidan olinmay, parma tegishli mashina razvyortkasiga aylantiriladi. Rejimlar jadvaliga muvofiq, stanok yo’nib kengaytirishga sozlanadi va ishga tushiriladi hamda razvyortka mexanik tarzda surilib, teshik yo’nib kengay-
tiriladi. Bu ishda mineral moy qo’llanidadi.
Eslatma: Teshikni bo’r bilan va qalam vositasida quyidagicha tek-shirish mumkin: tiqinda bo’r bilan bo’ylama chiziq chiziladi , tiqish tekshirilayotgan teshikka kiritilib, o’q atrofida 1/4 ga burib aylantiriladi (tiqin teshikka jips kirib borganda, bo’r o’chib ketishi kerak). Ancha aniqroq tekshirishda chizik, bo’r bilan emas, balki qalam bilan chiziladi.
3.Teshik sifatini tekshirish.
3.Yo’nib kengaytirilgan teshik yuzasining sifati ko’zdan kechirib tekshiriladi.
Teshik kalibrlar vositasida:
a) tsilindrik teshikniki – kalibr tiqinining o’tadigan va o’tmaydigan uchi bo’yicha;
b) konus teshikniki - bo’r va qalam bilan aniqlanadi.
Teshiklarni zenkovkalash, zenkerlash va yo’nib kengaytirishda xavfsizlik qoidalari Xomaki mahsulot — zagotovkalar stanok stolida to’g’ri o’rnatiladi va puxta mahkamlanadi; ishlov berish jarayonida ularni qo’l bilan ushlab turmaslik kerak.
Parmalash patronini stanok shpindeliga o’rnatishda keskin harakat qilmaslik lozim, aks holda shpindelь yuqoriga ko’tarilib, so’rish dastagini burib yuborishi mumkin, shu boisdan dastakni ushlab turish lozim.
Kesuvchi asbob almashtirilgandan keyin kalitni parmalash patronida qoldirmaslik kerak.
Xavfsiz ishlashga qat’iy ishonch paydo bo’lgandagina stanok yurgazib yuborilishi lozim.
Ish tugagach, mashina elektr yuritgich va elektr tarmog’idan keluvchi tokdan uzib qo’yilishi kerak.
Nasosning ishlashini va ishlov berish joyiga kelayotgan sovitish suyuqligi miqdorini nazorat qilib turish lozim.
Aylanayotgan kesuvchi asbobni va shpindelni ushlamaslik kerak.
Sinib qolgan kesuvchi asboblarni qo’l bilan chiqarib olmaslik kerak, bu maqsadda maxsus moslamalardan foydalanish lozim.
Zagotovkalarni bir ish o’tishida parmalashda, ayniqsa, kichik diametrli parmalar bilan parmalashda, surish dastagini kuchli bosmaslik darkor.