2.2.Elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasi oid masalalar yechish metodika va usullari
Qanday ta'sir bog'larni uzishga sababchi ekanligi va elektrolitlarning suvli eritmalari xossalarini ham tushuntiradi. Bu mavzuni o'tishda o'quvchilarning oldingi kimyoviy muvozanat bilimlari asos qilib olinadi. Darsning maqsadi bu dissotsiatsiya jarayoni sharoiti, mexanizm, elektrolit moddalar haqida tushuncha, eritmadagi ionlar harakati va ular orasidagi reaksiyalarni o'rganishdir. Bu mavzuda elektrolitlarning har xil zaryadli ionlarga parchalanishi misolida uning ichidagi ziddiyat qarama-qarshilik falsafiy kotegoriyalar qaraladi. Tarixiy yondoshish esa dunyoni bilish mumkinligini, modda tabiati tushunchalarining rivojlanishi, kimyoviy reaksiya va kimyoviy element, tabiatdagi xilma xil modda zarrachalari borligini bilishga sabab bo'ladi.O'quvchilarning moddalar, kimyoviy reaksiyalar haqidagi tushunchalari chuqurlashib, yangi sifat pog'onasiga ko'tariladi, reaksiyalarning ionli mohiyatini tushunishi esa kimyoviy protsesslarni, yangi bilimlarni o'rganishni boshqacha yo'llarini bilishga majbur qiladi.
Bu mavzu oldingi tushunchalarni rivojlantirib, yangi nazariy bazani yaratadi va butun kimyo kursini o'rganishda poydevor bo'ladi. Elektrolitlarning suvdagi holatini 8 sinfda o'rganilgan anorganik birikmalardagi kimyoviy bog'lar haqidagi bilimlar asosida o'zlashtiriladi. Har xil ionlarning ta'sirini esa fizika bilimlariga asoslanadi. Fizikada elektrolitlar haqida ham birlamchi tushunchalar bor edi. Bu mavzu quyidagi sxema orqali bildirilishi mumkin Mavzu tuzilishi tartibi. Eng asosiy markaziy masala bu modda haqida, bu holda modda-elektrolit tushuncha bo'ladi. Avval elektrolit va elektrolitmaslar farqlanadi, keyingina dissotsiatsiya hodisasi tushuntiriladi. elektrolitik dissotsiatsiya maxsulotlari tushuntirilgach gidratlangan ionlar jarayoni kimyoviy ekanligi aytiladi. Yangi tushuncha modda eriyotganida eriyotgan modda va erituvchi orasidagi yangi tushunchalar paydo bo'ladi. Bu hodisalar bilib olingach elektrolitlarning suvdagi xossalari o'rganilishi mumkin. Shu material asosida anorganik moddalar sinflari, xossalari tushunchalari o'rganiladi va nazariy asoslanadi. Eritma ichidagi ion almashinish hamda oksidlanish-qaytarilish misolida kimyoviy reaksiyalar tushuntiriladi. Bunda uch muhim yo'nalish bildiriladi:
1) ionlar bog'lanishi yo'nalishidagi almashinish reaksiyasi boradi.
2) elektrolit tuzining suv bilan ta'siri (gidroliz) qaytar reaksiyaning o'ziga xos yo'lidir.
3) oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, eritmalarda boradi va tarkibi, hamda ion zaryadlari o'zgarishiga olib keladi, bunda oksidlanish-qaytarilish tushunchasi bilan elektrolitik dissotsiatsiyasi orasida bog'lanish o'rnatiladi.Elektrolitik dissotsiatsiya qonunlari asosiy yo'nalishlarini o'rganish natijasida hamma materiallar umlashtiriladi. Bu mavzuni o'tishda asosiy uslub bu muammoli yondoshishdir. Asosiy masala elektrolitlarning xossalari, ularning eritmadarchalanishida hosil bo'lgan ionlar bilan bog'liqdir. Quyidagi savollarni yechish kerak:
1) Nega elektrolitlar elektr tokini o'tqazadi, elektrolitmaslar o'tqazmaydi?
2) Nega ionli va qutbli birikmalar ionlarga dissotsiyalanadi, kovalentlilar esa yo'q?
3) Dissotsiatsiyaga nima ta'sir etadi - erituvchi yoki elektr toki?
4) Atom va ion orasida farqmavjudmi?
Mavzu o'tishda demonstratsiya va laboratoriya eksperimentlarini ham ko'rsatish kerak. O'qituvchi asosiy mehnati ikki yil davomida molekulyar tenglamalar yozgan o'quvchilarni ionli tenglamada yozishga o'rgatishdir. Shu vaqtda o'quvchilar "oksidlanish darajasi", "ion zaryadi", "valentlik" terminlarini aralashtiradilar, aniq tushunchalarga ega emas, dissotsiatsiya sabablarini notug'ri tushunishlari mumkin. Elektrolitik dissotsiatsiyaning ma'nosini bildirishda kimyoviy bog'lar qonunlari asosida tushuntirish kerak, elektrolit suvning polyar molekulalari bilan ta'sirlanishi hamda elektr o'tqazuvchanlik - elektrolitlarning ionlarga dissotsiatsiyalanishi hisobida ekanligini ham tushuntirish kerak.O'quvchilarga tushunish jihatidan qiyin bo'lgan mavzu bu tuzlar gidrolizidir. Chunki bu tushunchani yechishda ion almashinish reaksiyasi, reaksiyalar qaytarligi, kimyoviy muvozanat va uni siljitish usullari, elektrolitlar dissotsiatsiya darajasi hamda kuchli va kuchsiz elektrolitlarga asoslanish kerak.
Gidroliz bu nazariy tushunchadir. Bu mavzu "elektrolitik dissotsiatsiya qonuni" boshlanib keyinchalik boshqa mavzularda, ayniqsa, organik kimyo kursida ko'proq qaraladi. Bu mavzu ham ion reaksiyalar asosida bo'ladi, bu mavzu muammoli o'tqaziladi. O'quvchilar fikricha tuzlar indikator rangini o'zgartirmaydi.Lekin o'qituvchi karbonat natriy eritmasiga fenolftalein tomizganda ishqorga xos rang paydo bo'ladi. Mana shuning o'zi muammoli savol berishga va uni yechishga kirishiladi va quyidagi bosqichli tushuntirish beriladi:
1) tuz formulasi yoziladi va unga tegishli asos, kislota yoziladi ularning kuchli va kuchsiz elektrolitligi ko'rsatiladi:
Na2 CO3
|
NaOH (kuchli)
|
H2CO3 (kuchsiz)
|
2) tuzning dissotsiatsiya sxemasi keltiriladi
Na2 CO3= 2 Na+ + CO3
3) suvning dissotsiatsiyasi nisbiy kvadrat qavsda yoziladi
{ H2O = H+ + OH--}
4) tuz ionlarning suvga nisbati qaraladi va suv bilan faqat kuchsiz elektrolit ioni reaksiyaga kiradi degan xulosaga kelinadi:
CO2- + HOH = H CO3 - + OH -
Va shu tenglama orqali eritmada ishqorli muhit kelishi haqida xulosaga kelinadi. Savollar qo'yiladi va bu hol faqat kuchsiz elektrolit ioni hisobidan ekanligi yana bir marta isbotlanadi. Bu muammo yechilgach, yangi masala tuz to'la parchalanadimi degan savol tug'iladi. Buni isbotlashda reaksiya muvozanatini siljitish nazaridan qaraladi. Oxirida gidroliz bu tuz va suv orasidagi ion almashinish degan xulosaga kelinadi. KIMYO O'QITISH PRINSIPLARI.
fikrlash protsessi xilma-xil nerv bog'lanishlarining hosil bo'lishiga asoslanadi;
o'quvchilarning bilish qobiliyati o'ziga xos bir qancha xususiyatlarga ega;
o'qitishning birinchi bosqichida o'qituvchining vazifasi o'quvchilarda muayyan qo'zg'atuvchilar (moddalarning o'zi va hodisalar yoki ular to'g'risida og'zaki aytilgan axborotlar) tomonidan vujudga keltirilgan tuyg'ularni idrok darajasiga ko'tarishdek o'quvchilar miyasida ularni boshqa, ilgari hosil qilingan tuyg'u va idroklar bilan bog'lab, umumiy tafakkur protsessiga qo'shib yoborishdan iboratdir;
o'qituvchining o'qitish protsessining ikkinchi bosqichidagi vazifasi, asosan, o'quvchilarda hosil bo'lgan tasavvur va tushunchalarni anglatishdan, o'quv materialining yozaki o'zlashtirishining oldini olishdan iboratdir;
bilimlarni yaxshi tushuntirish va chuqurlashtirish;
o'quvchilarning bilimlaridagi formalizm degan iborani bilimlarning ifodasini ularning mazmunidan ajralib qolishi deb, o'quv materialini aniq tushunmay, mexanik suratda esda qoldirish deb tushunmoq kerak;
o'quvchilar bilimining formal bo'lishi maktabda ta'lim-tarbiya protsessining noto'g'ri qo'yilganligi oqibatidir;
tushunchalar hosil qilish protsessida eng asosiy momentlar-idrok etish, tushunib olish, puxtalash va tadbiq etishdir.
KIMYO O'QITISH MeTODLARI
Metod bu "yo'l" demakdir va u dogmatik, illuostrativ, evristik bo'lishi mumkin. O'qitishning dogmatik metodi o'qituvchining materialni og'zaki, ko'rsatma vositalaridan foydalanmay dalil isbotsiz va faqat o'quvchilarni bu materialni takrorlashga va yod olishgagina jalb etish bilan bayon qilishdan iborat.
Illuostrativ metod ham tayyor bilimlar metodidir:illuostrativ metod dogmatik metoddan o'quv materialini dalil isbotlar bilan, ko'rsatmali qurollardan foydalanib bayon etadi. Evristik metod esa asosan o'quvchilarning o'zlari qiladigan ish asosida tuziladi, o'quvchining bevosita rahbarligi ostida o'zlari hal etadilar o'zlaricha kashfiyot qiladilar. Bu metodning "evristik" degan nomi yoki boshqacha qilib aytganda "tadqiqot" metodi degan nomi ham ana shundan kelib chiqqan.
Kimyo o'qituvchisidan o'quv materialini o'zi ham bayon etishi, o'quvchilarni ham mustaqil ishlashga o'rgatish talab etiladi. Xuddi shu talabga muvofiq kimyo o'qitish metodlari 2 ga bo'linadi:
a)bayon etish metodlari; b) mustaqil ishlash metodlari
Maktablarda eng ko'p qo'llaniladigan metodlar:
O'qituvchining o'quv materialini bayon etish metodi, bunda so'zlab berish, lekziyalar, suhbatlar, ekskursiyalar, demonstratsion tajribalarlar va ko'rsatmali o'qitishning boshqa vositalaridan foydalanish.
Mustaqil ishlash metodlari-laboratoriya ishlari, amaliy mashg'ulotlar, kimyodan masalalar yechish va adabiyot bilan ishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |