“To’pni uloqtir” Maqsad: Guruhlarda verbal va noverbal aloqalarni o’rnatish, muammoni yechimini tez topishga va maqsad sari olg’a intilishga o’rgatish. Jihoz: To’p O’yinning borishi: Ishtirokchilar doira bo’lib turib oladilar, qo’llariga to’p beriladi va uni bir birlariga uzatish taklif qilinadi. Ishtirokchilar to’pni turli xil yo’l bilan uzatishlari kerak. Trener vaqtga qarab bunga qancha daqiqa ketganini yozib oladi. Bu hol 3 – 4 marta takrorlanadi. Ishtirokchilar tezroq maqsadga yetishishlari uchun chaqqonroq, turli xil usullardan foydalanadilar. Mashqning psixologik ma’nosi: Muammoni yechishga harakat qilish va har qanday yo’l bilan ham maqsadga erishish mumkinligini o’rgatadi.
«Men – odamzodga sovg‘aman»
«Men – odamzodga sovg‘aman»
Har bir inson – noyob mavjudot. Va o‘zimizning yagonaligimizga ishonishimiz barchamiz uchun zarur. O‘ylab ko‘ring, Sizning yagonaligingiz, noyobligingiz nimada? Odamzod uchun haqiqatan sovg‘a ekanligingiz haqida fikr yuritib ko‘ring. O‘z ta’kidalaringizni isbotlab bering, masalan: “Men odamzod uchun tuhfaman, chunki men dunyoga ..... bilan foyda kelitirishim mumkin!”
2 daqiqalik o‘ylab olishdan so‘ng ishtirokchilar doira bo‘ylab o‘z fikrlarini aytadilar. Qolgan ishtirokchilar o‘z guruhlarini “Bu haqiqatan shunday” deya qo‘llab-quvvatlaydilar.
Ishtirokchilarni to‘xtatmang, hattoki ularning ta’kidlari unchalik ishonchsiz bo‘lsa ham. Dunyo uchun o‘z foydaliligini tan olish har kim uchun ham qiyin.
Metodika
Metodika
Metodikaning qo‘llanilishi: Intilish darajasini tadqiq qilish
Jihozlar:
Ruchka\qalamlar
Natijalarni qayd etish uchun 4 ta jadvaldan iborat javoblar varaqasi
Sekundomer
O‘tkazish tartibi: Tadqiqotchi sinaluvchiga jadvaldagi katakchalarga 10 soniya davomida nechta plyus belgisi qo‘ya olishlarini aytishlarini so‘raydi. Sinaluvchi o‘z javobini birinchi jadvalning o‘ngdagi yuqori katakchaga yozishi kerak Sinash tadqiqotchining ko‘rsatmasi bilan boshlanadi va tugallanadi (vaqt sekundomer orqali nazorat qilinadi. 10 sekund o‘tgach, haqiqiy qo‘yilgan plyuschalar soni sanaladi. Natija o‘ng pastki katakka yoziladi. Xuddi shu yo‘sinda qolgan sinovlar ham o‘tkaziladi. №3 sinov (3-jadval) uchun 10 sekund emas, 8 sekund ajratiladi. Bu sinpaluvchini ataylab muvaffaqiyatsizlik xolatiga tushirish maqsadida qiilinadi.