№187 Parpi turlari- juda ham zaharli alkaloidlar manbai
Reja
Kirish
Adabiyotlar sharhi
Alkaloidlarga umumiy xarakteristika, o’simliklar olamida tarqalishi, tibbiyotda ishlatilishi.
Alkaloidlar klassifikatsiyasi.
Alkaloidlar uchun sifat reaksiyalar.
Miqdoriy taxlili.
Tarkibida diterpen unumli alkaloidlar saqlovchi dorivor o’simliklar
II. Amaliy qism
2.1. Qorako’l parpisi.
2.2. Jung’ur parpisi va boshqa turlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Mundarija
Kirish
Kasallikni davolash va uning oldini olish maqsadida dorivoro'simliklardan dori turlari tayyorlanadi yoki ulardan dorivor preparatlar va sofholdagi dorivor moddalar olinadi. Buning uchun shu o'simliklarning kasalliklarni davolash xususiyatga ega biologik faol moddalarga boy bo'lgan qismlaridan, ya'ni ba'zi o'simliklarning yer osti organlaridan (ildiz, ildizpoya, tuganak yoki piyoz), ba'zilarini esa yer ustki organlaridan (barg, gul, meva, urug', po'stloq yoki o't o'simliklarning butunlay yer ustki qismi - o'ti) foydalaniladi. Ba'zan dori turlari, dorivor preparat va toza moddalar o'simlik hamda hayvonlarni birlamchi ishlash yo'li bilan olingan efir moylar, smolalar, moy va yog'lar, daraxt yelimlari, zaharlar (Ilon va asalari zaharlari), lanolin, prapolis va boshqalardan ham tayyorlanadi va olinadi. Farmatsevtikada dori turlari tayyorlash va dorivor preparatlar hamda toza moddalar olish uchun ishlatiladigan dorivor o'simliklar va hayvonlar organlari yoki ulardan birlamchi ishlash yo'li bilan olingan mahsulotlar dorivor mahsulotlar
deb ataladi.
Dorivor o'simliklar va ulardan olinadigan preparatlarga tibbiyotda kelajakda talabni yanada oshirishga asosiy sabablardan biri sintez yo'li bilan olingan har bir kimyoviy dorivor preparatni uzoq vaqt uzluksiz ravishda iste'mol qilish inson va hayvonlar organizmida turli ko'ngilsiz o'zgarishlarga olib kelishidir. Shunga
ko'ra oxirgi vaqtlarda butun dunyoda o'simlik dorivor preparatlariga fitopreparatlarga va dorivor o'simliklarga ehtiyoj ko'paymoqda. Bu esa o'z navbatida farmakognoziya fanining ahamiyatini yanada oshishiga olib keladi.
Dorivor o'simliklarni qidirib toppish va o'rganish ishi hozirda keng ko'lamda olib borilmoqda. Yangi dorivor o'simliklarni topishda xalq tabobatida ishlatiladigan dorivor mahsulotlarni o'rganish, o'simliklarni filogenetik qardoshligidan foydalanish bilan bir qatorda ma'lum tuman florasini yalpi kimyoviy tahlil qilish ham katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |