Xar bir ilmiy tadqiqotlar, agar uning natijalari eksperimental tekshiruvdan o‘tmasa, tugallangan deb xisoblanmaydi. Buning asosiy sabablari quyidagilardir:
- qabul qilingan ob’ekt modelining adekvatligi to‘g‘risidagi ishonchning yo‘qligi;
- vazifani qo‘yish va uni yechish bosqichidagi yo‘l qo‘yishlarga ishonchning yo‘qligi;
- yechish bosqichida xatoliklarni paydo bo‘lishi mumkinligi.
Eksperimental tekshirishlarning ma’suliyati va murakkabligi, xozirda aloxida ilmiy yo‘nalishni yaratilishiga olib keldi, bu yo‘nalish eksperimentlar nazariyasi deb ataladi.
Eksperimental tekshirishlar ikkita o‘zaro farqlanuvchi natijalarga olib kelishi mumkin.
Birinchi xolatda, eksperimental tekshirish amaliyot uchun yetarli aniqlik bilan nazariyani isbotlab beradi. Bunda tadqiqot tugallangan xisoblanib, uning natijalari foydalanish uchun beriladi.
Ikkinchi xolatda qabul qilinishi mumkin bo‘lmagan farqlar kuzatiladi. Bunda tadqiqotlar siklini qaytarish zarur bo‘ladi.
Shuni tushunish muximki, siklning mavjudligi (ba’zida sikldan bir necha bor o‘tishga to‘g‘ri keladi) fan imkoniyatlarining yetishmasligidan emas, balki uning moxiyatidan kelib chiqadi. Fan gipotezlarni ya’ni oldindan aniq bo‘lmagan taxminlarni tekshiradi.
Eksperiment tadqiqotlar - ilmiy tadqiqotlarning eng muxim tarkibiy qismidir.
Ekspеrimеntlar turli хil bo`lib ulardan farq qiluvchi fikriy yoki g`оyaviy ekspеrimеntlar хam bоr.
Eksperimentda, uning o‘tkazilish xolatini kuzatish, uni boshqarish, va kerak bo‘lsa uni qaytarish imkoniyati yaratiladi. Eksperimentni passiv kuzatishdan farqi, tekshiruvchining o‘rganilayotgan ob`ektga ta`sir etish imkoniyatining borligidir.
Eksperiment tadqiqotlarining asosiy maqsadi - nazariy tushunchalarni (ishchi gipotezalarni) tekshirish.
Xar qanday eksperiment uch asosiy tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi:
1. Eksperimentator faoliyati - sub`ektiv tomon;
2. Tadqiqot ob`ekti - ob`ektiv tomon;
3. Vositalar: instrumentlar, asboblar va jihozlar.
Eksperiment tadqiqotlar yaxshi tayyorgarlikdan so‘ng o‘tkazilib, u mumkin bo‘lgan kam vaqt sarfi va vositalarni xamda olingan natijalarning yuqori ishonchliligini ta`minlashi kerak bo‘ladi.
Eksperimentator ish boshlashdan oldin quyidagi amallarni bajarishi zarur:
-eksperiment maqsadini aniq ifodalashi;
-eksperiment o‘tkazishning rejasini va tekshirish ob`ektini tayyorlashi, o‘lchov vositalari va asboblarni xam tayyorlashi kerak bo‘ladi;
Eksperiment oʻtkazishning mazmun va tartibi – uslubiyotning markaziy qismi boʻlib, unda eksperiment oʻtkazish jarayoni toʻla quyidagicha loyixalanadi:
- kuzatish va oʻlchash operatsiyalarini oʻtkazish ketma - ketlikda tuziladi;
- ekperiment oʻtkazishning tanlangan vositalarini xisobga olgan xolda xar bir operatsiya ayrim- ayrim mufassal tavsiflanadi;
- operatsiyalar sifatini nazorat qilishda qoʻllaniladigan usullar tasvirlanadi;
- kuzatish va oʻlchash natijalarini yozish uchun daftar tutiladi.