Prezident Jefferson qaroqchilik inqirozini uzoq muddatli iqtisodiy muammo deb hisobladi. Jefferson Amerika boyligida Washington va Hamiltondan butunlay o’zga mavqega ega bo’lgan. U qishloq xo’jaligi maxsulotlarini eksport qilish va ishlab chiqarish tovarlarini import qilish, va bu orqali rivojlangan agrar davlat qurishga ishongan. Bunday qarash kuchli tijorat kemalari va kuchli dengiz floti mavjud bo’lishini tabab etardi. Biroq, Demokratik Respublikachilarda Jefferson partiyasida ichki nizolar unchalik yaxshi munosabatlarga olib kelmasdi. Garov uchun to’lov ham ahamiyatli bo’lmay qoldi, ammo Tripoli pashasi AQSH ga qarshi bir qancha og’zaki haqoratlar va yangi to’lovlar hamda yangi shartnoma talab qilmaguncha garovlar sifatida to’lanadigan to’lovlar foyda berayotgandi. Ayni shu paytda Tripoli pashasi darhol $225,000 to’lov va yillik $25,000 to’lov olishni talab qildi. Tripoli AQSHga talab qo’ygan Barbary shtatlardan faqat bittasi edi. Prezidentlikka saylangan Jefferson muzokara olib borishni rad etdi. Natijada Tripoli pashasi AQSHga urush e’lon qildi. Bu Jefferson uchun uzoq vaqt qimmatga tushgan qaror bo’lib qoldi. Jefferson hatto Konistitutsiyada talab qilingan tasdiqlangan aktni ham kutmadi, lekin 1801-yilda Tripoli va uning qaroqchilarga qarshi konstitutsiyaviy bandga muofiq Prezident Amerika tijoratini himoyaga oldi. Kongress oxir-oqibat Jeffersonnong harakatini qo’llab-quvatlash uchun ovoz berdi. Birinchi harbiy yurish kutilgan natijani bermadi. Tripoli Filadelfiya harbiy kemalarini va ekipajlarni garovga oldi. Bu muvaffaqiyatsizlikdan so’ng, Jefferson Tripoliga qarshi boshqa dengiz floti kuchlari va quruqlik ekspeditsiyasini yubordi. Amerika dengiz piyodalari Tripolini qo’lga kiritib qo’lga olingan Filadelfiya ekipajlarini ozod qildi. Bosim ostida qolgan Tripoli uzoq muddat Barbarylar qo’lida bo’lgan dengizchilarni ozod qilish uchun muzokaralar olib bordi, lekin har bir dengizchini ozod qilish $60,000 ni tashkil etardi. Yakuniy shartnoma AQSHga millionlab foyda keltirdi. Bu xarajatlardan so’ng, Jefferson 1806-yida mamlakat qarzini $45 mlnga tushirish uchun harbiy xarajatlarni va boshqa davlat xarajatlarini kamaytirdi. Qaroqchilik muammosi yaxshilandi, lekin Barbary sohillarida 1815-yilda Yevropa qaroqchilikni to’xtatishga kelishuviga qo’shilgunga qadar qaroqchilik davom etdi.
Eslatma:1800-yil *- Napoleon Italiyani zabt etdi, o'zini Frantsiyadagi birinchi konsul sifatida e’lon qildi. AQShdagi federal hukumat Vashingtonga ko'chib o'tadi, Robert Ouenning Angliyada ijtimoiy islohotlar o’tkazadi. Uilyam Gerschel infraqizil nurlarni kashf etdi. Alessandro Volta elektr energiyasi ishlab chiqaradi.