18-variant Oilaviy tadbirkorlikning shakllanishida o‘rta qatlamning o‘rni



Download 20,63 Kb.
bet1/2
Sana09.06.2022
Hajmi20,63 Kb.
#648197
  1   2
Bog'liq
Timur fbo


18-variant


Oilaviy tadbirkorlikning shakllanishida o‘rta qatlamning o‘rni.

Ko‘pgina davlatlarda oilaviy tadbirkorlik jami biznesning 70 foizini tashkil qiladi va iqtisodiy o‘sish hamda bandlikni ta’minlashda asosiy o‘rin egallaydi. Masalan, Ispaniya davlatida jami biznes bilan shug’ullanayotganlarning 70 foizi – oilaviy korxonalar bo‘lib, davlat doirasida yaratilgan YaIM ning 65 foizi ular zimmasiga to‘g’ri keladi. Lotin Amerikasi mamalakatlarida oilaviy firmalarning YaIMdagi ulushi 60 foizni tashkil qiladi.


Jahondagi taniqli oilaviy firmalar qatoriga Italiyaning Salvatore Ferragamo, Benetton va Fiat Group; Fransiyaning L’ Oreal, Carrefour Group, LVMH va Michelin; Janubiy Koreyaning Samsung, Hyundai Motor hamda LG Group; Germaniyaning BMW va Siemens; Yaponiyaning Kikkoman va Ito-Yokado; AQSHning Ford Motors CO hamda Wal-Mart Stores kabilarni kiritish mumkin.


Oilaviy tadbirkorlikning mamalkatimiz iqtisodiyotida tutgan o‘rni va aholining turmush darajasiga ta’sirini ushbu biznes shaklining iqtisodiy va ijtimoiy funksiyalari bilan ifodalash mumkin bo‘ladi. Shunga ko‘ra, oilaviy tadbirkorlik quyidagi iqtisodiy funksiyalarni bajaradi:
1. Oilaviy biznes o‘rta sinf shakllanishining bir elementi sifatida siyosiy barqarorlik va demokratik jamiyat rivojlanishi garovidir.
2. Oilaviy biznes vakillari nafaqat o‘zini samarali ish bilan ta’minlash, balki yangi ish o‘rinlarini ham yaratishga qodir.
3. Taraqqiy etgan oilaviy biznes iste’molchilarning asosiy qatlamiga xizmat qilish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish bilan birgalikda o‘zgarib turadigan bozor va iste’molchi talablariga mos keladi.
4. Kichik tadbirkorlik sohasi innovatsiya kiritish, egiluvchanlik xususiyatlariga ega bo‘lib, eng ko‘p yangi, riskli mahsulot va xizmatlarni o‘zlashtiradi.
5. Kichik biznes kishining ichki salohiyatini yuzaga chiqarish, o‘zining mehnat faoliyatini amalga oshirish yo‘li hisoblanadi.
6. Oilaviy tadbirkorlikning ommaviy rivojlanishi aholining ijtimoiy psixologiyasini ijobiy o‘zgarishiga va yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga moslashsishiga yordam beradi.
Yuqorida sanab o‘tilgan oilaviy tadbirkorlikning iqtisodiy funksiyalari bilan bir qatorda quyidagi ijtimoiy funksiyalari ham mavjud:
1. Ijtimoiy keskinlikni yumshatish va bozor munosabatlarini demokratlashtirish.
2. Mamlakatda aholini ijtimoiy himoyalash va ishsizlik darajasini kamaytirish maqsadida oilaviy tadbirkorlikni yanada rag’batlantirish asosida yangi ish o‘rinlarini yaratish.
3. Oilaviy tadbirkorlik ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonlariga kam foydalaniladigan mehnat resurslari (pensioner, nogiron, talaba va o‘quvchilar)ni jalb qilishga yordam beradi.
4. Kichik tadbirkorlik ijtimoiy mehnat munosabatlari sohasida demokratiyani kengaytirishga ko‘maklashadi. Iqtiosdiy faoliyatda ijtimoiy mavqeni tanlash tadbirkor yoki yollanma ishlovchi bo‘lish imkoniyatini beradi.
Demak, mamlakat iqtisodiyotida oilaviy biznesni rivojlantirishga qaratilgan choralarning asosiy maqsadi oilaviy tadnirkorlikning hududiy infratuzilmasini vujudga kelishi uchun iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy sharoitlar yaratish hamda uni jdal va samarali o‘sishini ta’minlashdan iborat bo‘lishi lozim.
Hozirgi kunda oilaviy tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkorlikning bir shakli sifatida amalga oshiriladi. Uning huquqiy asosi sifatida “Tadbirkorlik faoliyati erinligining kafolatlari to‘g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni mavjud bo‘lib, unda oilaviy tadbirkorlik er-xotinning umumiy mol-mulki negizida amalga oshiriladigan faoliyat sifatida e’tirof etilgan.
Shuningdek “oilaviy tadbirkorlik” tushunchasiga “Oilaviy tadbirkorlik to‘g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunida kengroq ta’rif berilgan bo‘lib, unga ko‘ra, oilaviy tadbirkorlik deganda oila a’zolari tomonidan tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyatidir. Oilaviy tadbirkorlik o‘z ishtirokchilarining ixtiyoriyligiga asoslanadi. Oilaviy tadbirkorlik yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda amalga oshirilishi mumkin. Yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakli oilaviy korxonadir, — deya e’tirof etilgan. 

Тadbirkor ixtiyorida bo‘lib, foyda olish maqsadida ishlatiladigan barcha moddiy vositalar, tovarlar va pul mablag’lari birgalikda tadbirkorlik kapitali deb ataladi.


Pul kapitalining iqtisodiy faoliyat omillariga sarflanishi, ularning ishlab chiqarishda qo‘llanilishi, ishlab chiqarilgan tovarlarning sotilishi va mablag’larning dastlabki shakliga qaytishi kabi bosqichlarni o‘z ichiga olgan harakati uning doiraviy aylanishini tashkil qiladi.
Ishlab chiqarishga sarflanadigan xar qanday sarmoya o‘z harakatini pul shaklidan boshlaydi. Pul (P) tegishli resurslar bozoridan zarur tovarlar, ya’ni ishlab chiqarish vositalari (Iv) va ishchi kuchi (Ik) sotib olishga sarflanadi (avanslanadi). Bu holda pul shunchaki tovarlar sotib olishgagina emas, balki ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy faoliyat omillarini sotib olishga sarflanadi. Ushbu muomala sohasida pul kapitali o‘z harakatining birinchi bosqichidan o‘tadi.

Download 20,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish