18 mundarija


FOYDALANGAN MANBA VA ADABIYOTLAR..............................62



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/21
Sana29.07.2021
Hajmi3,98 Mb.
#132487
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
orta osiyo xalqlari tarixning xorijiy mamlakatlar manbashunosligda aks etishi.

FOYDALANGAN MANBA VA ADABIYOTLAR..............................62 

ILOVA...................................................................................................63 


19 

 

KIRISH  



Mavzuning  dolzarbligi.  O‘rta  Osiyo  xalqlarining  kelib  chiqishi  va  ularning 

tarixi  haqida  turli  qarashlar,  konsepsiyalar,  hatto  g‘ayrilmiy  talqinlar  mavjud. 

Ularning  kelib  chiqishi  haqida  mavjud  ilmiy  asarlar  hamda  chet  el 

manbashunosligida  bayon  qilingan  ob‘ektiv  ma‘lumotlarga  tayanib,  haqiqatni 

yuzaga  chiqarish  hozirgi  kunning  dolzarb  vazifasidir.  Ma'lumki  sobiq  SSSR 

parchalanib, uning o'rnida vujudga kelgan mustaqil milliy respublikalar o'zlarining 

yangi  tarixini  yozib,  chop  qildira  boshladilar.  Ba'zi-bir  milliy  respublikalar 

rahbarlari,  tarixchi  olimlari  tomonidan  chop  qilingan  kitoblarida  o'z  millatni 

ulug'lash,  O'rta  Osiyoda  yashavchi  boshqa  xalqlardan  ustun  qo'yish,  tarixiy 

jarayonlarni  soxtalashtirish  hollari  ko'zga  tashlanmoqda.  Masalan,  sobiq 

Turkmanboshi  Safarmurod  Niyozovning  ―Ruxnoma‖  asarida  turkmanlar  O'rta 

Osiyoning  eng  qadimiy  va  eng  madaniy  xalqi  sifatida  talqin  qilinib,  go‘yo  ular 

mintaqada  dastlabki  davlatchilikka  asos  solganligini  aytib  o‘tgan.  Tarixda 

―Xorazmshohlar  -  anushteginlar  davlati‖  deb  atalgan  davlatni  ―Kuhna  Urganch 

Turkman  davlati‖  deb  atab  tarixiy  haqiqatni  soxtalashtiradi.  ―Ruxnoma‖da 

o'zbeklar, o'zbek xalqi umuman tilga ham olinmagan. 

Tojikiston  prezidenti  Imomali  Rahmon  ―Tojiklar  tarix  ko'zgusida‖  (chop 

qilingan yili noma'lum) tojiklarni boshqa xalqlardan ustun qo'yadi. 

Fanga  ma'lumki,  O'rta  Osiyo  hududlarida  istiqomat  qilayotgan  eng  qadimgi 

xalqlar  -  bu  baktriyaliklar,  so'g'diylar,  parfyanlar,  xorazmiylar  va  turli  sak 

kabilalaridir.  Bular  haqida  mil.  avv.  VI-V  asrlarga  doir  yozma  manbalarda, 

ahamoniy podsholarning epigrafik yozuvlarida ma'lumotlar mavjud. 

I.  Rahmonning  takidlashicha  baqtriyaliklar,  so'g'diylar,  xorazmiylar, 

parfyanlar,  saklarni  O'rta  Osiyoning  eng  qadimgi  xalqlari  deb  tan  olish  mumkin, 

lekin  tojiklarni  emas.  Chunki  tojiklar  ko'rsatilgan  xalqlardan  1300-1500  yil  avval 

shakllangan. Agar O'rta Osiyoning hozirgi xalqlari haqida so'z yuritadigan bo'lsak, 

bu  xalqlar  u  yoki  bu  darajada  baqtriyaliklar,  so'g'diylar,  xorazmiylarni 

shakllanishiga  o'z  xissalarini  qo'shganlar,  shu  jumladan  o'zbek  va  tojik  xalqining 




20 

 

kelib chiqishiga ham. 



Yuqorida  tilga  olingan  xalqlar  Sharqiy  Eron  tillarida  so'zlashganlar.  Tojiklar 

tili esa G'arbiy Eron tillariga mansub. Bu tilning O'rta Osiyoga kirib kelishi asosan 

regionning  Arablar  istilo  qilish  davriga  to'g'ri  keladi.  Taxminan  o'sha  davrda 

―Tojik‖ termini ham paydo bo'lgan. Olimlarning taxminicha ―Tojik‖ atamasi ―tay‖ 

deb atalgan arab qabilasi nomidan kelib chiqqan. 

―Tojik‖  terminini  kelib  chiqishi  haqidagi  turli  gipotezalar  ichidan  I.Rahmon 

faqat bitta gipotezani - bu etnonimning xalq etimologiyasini – ―Tojik‖ so'zini ―toj‖ 

so'zi  bilan  baravarlashtirib,  sunniy  ravishda  uni  ―ariy‖  so'zi  etimologiyasi  bilan 

bog'laydi. Uning fikricha ―Tojik‖-tojdor; aslzoda, oliyjanob, oliy himmatlik - ariy 

demakdir.  Bu  tojik  xalqining  O'rta  Osiyoda  yashovchi  boshqa  xalqlaridan  ustin 

qo'yishdan, uni ulug'lashdan boshqa narsa emas. 

Ma'lumki  gitlerchilar  o'z  vaqtida  nemis  xalqini  ―Haqiqiy  ariylar‖  deb 

ulug'lagan,  boshqa  xalqlardan  ustun  qo'yib,  nemislar  butun  dunyoda  hukumron 

bo'lishi, barcha xalqlar ularga bo'ysunishi, qul bo'lishi kerak degan g'oyani ko'tarib, 

ikkinchi  jahon  urushini  boshlagan  edilar.  Imomali  Rahmonning  ta'kidlashicha, 

O'rta Osiyoning erishgan yutuqlari ―Tojiklar tufayli‖ qo'lga kiritilganligi aytilgan. 

Bundan  shunday  xulosa  kelib  chiqadiki,  Sug'd,  Baqtriya,  Xorazm  sivilizatsiyasi 

O'rta  Osiyoda  dastlabki  davlatchilik  ham  tojiklar  tomonidan  yaratilganligi  aytib 

o‘tgan.  Buxoro,  Samarqand,  Balx,  Hirot,  Marv  shaharlari  tojiklarniki  bo'lgan, 

tojiklar  yuksak  madaniyatli,  sivilizatsiyali  xalq  bo'lib,  boshqa  xalqlarni,  shu 

jumladan turkiy xalqlarni ham hamma narsaga o'rgatgan xalqligi ko‘rsatilgan.

1

 



Qasim  Masimiy  ismli  shaxs  O'zining  «Племенное  объединение  уйгур» 

(«Uyg'urlarning  qabila  bo'lib  birlashishi»),  «История  уйгурской  державы» 

(«Uyg'urlar  saltanati  tarixi»)  nomli  asarlarida

ta'kidlashicha, 



uyg'ur  

davlatchiligining vujudga kelganligiga 12  ming yil to'ldi. Bu sana tarixan  mezolit 

                                                           

1

 Ритвеладзе,Сагдуллаев ―Современные мифы о далѐком прошлом народов центральной Азии‖.-Т., 2006. 



2

 там же, 2006, с. 7. 

 

 



21 

 

(O'rta  tosh  asri)  davriga  to'g'ri  kelib,  u  davrda  yer  sharining  hech  bir  qismida 



davlatchilik  bo'lmagan,  bo'lishi  ham  mumkin  emas  edi.  U  vaqtda  odamlar  O'rta 

Osiyo  hududlarida  termachilik,  ya'ni  tabiatda  mavjud  mahsulotlarni  o'zlashtirish, 

ovchilik  va  baliqchilikdan  ishlab  chiqarish  holatiga  o'tish  pallasini  boshdan 

kechiriyotgan edi. Ishlab chiqarish (dehqonchilik va chorvachilik) iqtisodiga o'tish 

VI-V ming yilliklarda O'rta Osiyo regionining ba'zi bir qismlarida ro'y bergan. 

Sobiq  Qirg'iziston  prezidenti  A.  Aqaevning  Qirg'iz  davlatchiligini 

qadimiylashtirishga  urinishlari  ham  asossiz.  Uning  fikricha  Qirg'iz  davlatchiligi 

go'yo bundan 2300 yil avval paydo bo'lgan deb aytib o‘tgan. Bunday qarashlarning 

barchasi  ilmiy  asosga  ega  emas, tarixiy  xaqiqatni  sohtalashtirishdan  boshqa  narsa 

emas. 


Tarixiy  jarayonlarga  bunday  g'ayri  -  ilmiy  qarashlar  O'rta  Osiyo  xalqlari 

o'rtasida  qadimiy  hamkorlik,  do'stlik  rishtalarini  mustahkamlashga  emas,  balki 

millatchilik  va  shovinistik  g'oyalarini  kuchayishiga,  xalqlararo  dushmanlik  his  - 

tuyg'ularni avj olishga xizmat qiladi.O'rta Osiyo xalqlarini haqiqiy tarixini tiklash 

hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biridir. 


Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish