18-Mavzu: Tolala yigiriluvchi ekinlar yetishtirish. Reja



Download 24,06 Kb.
bet1/2
Sana13.06.2022
Hajmi24,06 Kb.
#662730
  1   2

18-Mavzu: Tolala yigiriluvchi ekinlar yetishtirish.
Reja:

  1. O’zbekistonda tolali ekinlar (paxta navlari) navlarini yetishtirishda va yangi navlarni o’ylab toppish ilmiy ishlari.

  2. Ingichga tolali g’o’za, vilt va ildiz chirishiga chidamli hosildor navlarning yaratilish asoslari.

  3. Qishloq xo’jaligida tolali yigiriluvchi o’simliklarning umummiy xususiyatlari

O‘zbekiston paxtasining jahon bozoridagi mavqeini mustahkamlashda Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasining ahamiyati yuqori bo‘lmoqda. Paxta bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasi (ICAC)ning eng muhim tadbirlari reyestriga kiritilgani bois mazkur anjuman dunyo miqyosida paxta bozori siyosatini belgilovchi nufuzli anjumanlardan biriga aylandi.
O‘zbekiston paxtasining jahon bozoridagi mavqeini mustahkamlashda Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasining ahamiyati yuqori bo‘lmoqda. Paxta bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasi (ICAC)ning eng muhim tadbirlari reyestriga kiritilgani bois mazkur anjuman dunyo miqyosida paxta bozori siyosatini belgilovchi nufuzli anjumanlardan biriga aylandi. Bu yil mazkur yarmarka o‘n uchinchi bor tashkil etilmoqda. Xalqaro tadbirning samarali o‘tishini ta’minlash, ishtirokchilarini mamlakatimiz paxta yetishtirish sohasidagi so‘nggi yangiliklar va yutuqlar bilan batafsil tanishtirish maqsadida tayyorgarlik ishlari qizg‘in kechmoqda. Jumladan, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy –ishlab chiqarish markazida ham yarmarkaga puxta hozirlik ko‘rilmoqda. Markazda 200 dan ortiq nav yaratilgan. Seleksionerlarimiz yangi navlarni yaratishda birinchi navbatda bozor talabini hisobga olmoqda. Bunda tolasi pishiq, uzun, kasalliklarga chidamli, ertapishar navlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ko‘pchilik yaxshi eslaydi, dekabrda ham dalalarda ko‘sak terilardi. Hozir barcha ko‘saklar oktabrning 15-20-sanalariga qadar ochilmoqda. Muddat qariyb ikki oyga qisqardi. Shuningdek, seleksionerlarimiz tola chiqishini 34-40 foizgacha, uzunligini 32-35 millimetrgacha, bitta ko‘sakdagi paxta vaznini esa 6-7, hatto 8-10 grammgacha oshirishga erishmoqda. Bu borada erishilayotgan natijalar Germaniyaning “Cotton Outlook” jurnalida bir necha bor e’tirof etilgan. Nashr mutaxassislarining ta’kidlashicha, O‘zbekiston paxta yetishtirish texnologiyasining ikki yo‘nalishida, ya’ni ko‘sak qurtini keng qamrovli nazorat qilish va ertapishar navlar seleksiyasi dasturi bo‘yicha dunyoda peshqadam. Markaz tizimidagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti ham qator yutuqlarga erishmoqda. Ilmiy jamoa mintaqamiz iqlim sharoitiga mos g‘o‘za navlarini yaratish, ularga ishlov berish texnologiyalarini takomillashtirish, tabiiy resurslarni tejash va dehqonlar manfaatdorligini oshirishga xizmat qiladigan ilg‘or usullarni ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratmoqda. Institutda g‘o‘zani parvarishlash agrotadbirlarini takomillashtirish, resurs tejamkor texnologiyalarni ishlab chiqish, ilm-fan yutuqlari va ilg‘or tajribani paxtachilikka keng joriy etishga qaratilgan keng qamrovli tadqiqotlar davom etmoqda. Jumladan, g‘o‘za va g‘o‘za majmuidagi ekinlarni parvarishlashda o‘rganilayotgan yangi agrotexnologiyalar yordamida paxta hosilini gektariga 2-3 sentnerga oshirib, umumiy ishlab chiqarish xarajatlarini gektariga 15-20 foiz kamaytirish mumkinligi isbotlandi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun zamonaviy dehqonchilikning ilmiy asoslari ishlab chiqilib, turli tabiiy iqlim sharoitida tuproq unumdorligini oshiradigan g‘o‘za va izdosh ziroatlar yetishtirish, almashlab va navbatlab ekishning g‘o‘za, g‘alla va boshqa o‘ttizdan ortiq ekinni yetishtirish texnologiyalari takomillashtirildi. Sohaga yoshlar ham dadil kirib kelmoqda. Shu yilning o‘tgan davrida 10 dan ortiq yosh izlanuvchi g‘o‘za seleksiyasi, urug‘ sifatini yaxshilash va yuqori hosil olishga qaratilgan ilmiy dissertatsiyalarini himoya qildi.
– Agrotexnologiya buzilsa, yaxshi urug‘dan ham mo‘l hosil olib bo‘lmaydi, – deydi institut katta ilmiy xodimi, yosh olim Mirzoolim Avliyoqulov. – Chunki, hosildorlikda ko‘chat qalinligi, o‘g‘it me’yori va sug‘orish tartibining o‘z o‘rni bor. Ana shu holatlarni e’tiborga olib, yaratilayotgan yangi navlarning agrotexnologiyasini ishlab chiqish borasida izlanishlar olib borayapman. Hozir g‘o‘zaning suvga bo‘lgan talabini tezkor aniqlashda elektron refraktometrdan foydalanmoqdamiz. Bunda vaqtni tejashga va sug‘orish muddatini o‘z vaqtida aniqlashga erishilmoqda. Dalada tuproqning sho‘rlanish darajasini tezkor aniqlash usullari ham ishlab chiqilmoqda. Navbatdagi paxta yarmarkasi ham ilm-fan yangiliklarini ommalashtirish, tarmoqda amalga oshirilayotgan islohotlarni jadallashtirish bilan bir qatorda o‘zbek paxtasining jahon bozoriga yanada jadal kirib borishi uchun samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Kanop (Hibiscus cannabinus) — gʻoʻzadoshlar oilasiga mansub lub tolali bir yillik oʻsimlik, tolasi uchun ekiladigan ekin. K. yovvoyi holda Janubiy Afrikada va Markaziy Hindistonda uchraydi. Vatani Hindiston. Eron, Xitoy, Yava va Sumatra orollarida, Afrika, Amerika (AQSH, Braziliya, Kuba), Rossiyaning janubda ekiladi. Oʻzbekistonda 20-asrning 30-y.laridan boshlab ekiladi (1925 yilda Sirdaryo viloyatida t-zqiqot maqsadlarida 275 ga maydonga ekilgan, hosildorlik 3 s/ga ni tashkil qilgan). K.ning oʻq ildizi tuproqqa 1,5–2 m chuqurlikka kirib boradi. Sugʻoriladigan yerlarda ildizning asosiy qismi 30—50 sm chuqurlikda taraladi. Poyasi tik oʻsadi, rangi yashil, tukli. Boʻyi 1,5—3,5 m gacha, uchki tomoni shoxlanadi. Barglari yirik, barg bandlari uzun. Gullari yirik, och sariq (deyarli oq) qisqa bandli (5–7 mm), barg qoʻltigʻida joylashadi. Mevasi 5 uyali tuxumsimon koʻsakcha, uz. 2,5 sm, eni 1—2 sm, har bir uyada 2—3 ta urugʻi bor. Urugʻi 3 qirrali, toʻq kulrang. 1000 tasining vazni 18—24 g, uz. 3–5 mm, eni 2,5–4 mm. K. namga, haroratga va yorugʻlikka talabchan. Oʻsish davri 124—145 kun. K. urugʻi tarkibida 18—20% texnika moyi bor. Moyi lok-boʻyoq sanoatida, sovun tayyorlashda ishlatiladi. Kuruq poyasidan 16—20% toʻqishga yaroqli tola olinadi (qarang Kanop tolasi). K. almashlab ekishda kuzgi bugʻdoy, dukkakli don, bedadan keyin ekiladi. Ekishdan avval yer kuzda 28—30 sm chuqurlikda shudgor qilinadi. 50x10—12 sm sxemada, urugʻ olish uchun qator orasi 60 sm qilib yakka qatorlab ekiladi. Poya olish uchun 30—35 ga kg/ga urugʻ sarflanadi (yaganalangandan soʻng koʻchat qalinligi 160—180 ming tup/ga). Urugʻ olish uchun 10–12 kg/ga urugʻlik sarflanadi. Urugʻ 4—6 sm chuqurlikka koʻmiladi. Ekinni parvarish qilish, qatqaloqqa qarshi kurash, qator oralarini ishlash, oziqlantirish va sugʻorishdan iborat. Vegetatsiya davrida 4—5 marta kultivatsiya qilinadi, 2 marta oziqlantiriladi. K. suvga talabchan. Yer osti suvlari 1,0— 1,5 pastda joylashgan oʻtloqi-botqoqi tuproqlarda 5—7 marta, yer osti suvlari chuqur joylashgan tuproklarda 8— 10 marta sugʻoriladi1. Sugʻorish normasi 800-1000 m3/ga. K. oʻrtacha 1 ga yerdan 100—120 s koʻk poya va 4—5 s urugʻ beradi. Oʻzbekistonning sugʻoriladigan yerlarida yuqori agrotexnikani qoʻllab 150—180 s/ga koʻk poya va 8—9 s urugʻ olish mumkin.Navlari: Oʻzbekistonda "Oʻzbekiston-3876", "Oʻzbekiston-2142", "Kuban-338" navlari ekiladi.Zararkunandalari: tunlamlar, lavlagi qandalasi, bitlar, tripslar vab. Kasalliklari: poyaning kulrang chirishi, alternariozlar. Ingichka tolali gʻoʻza, uzun tolali gʻoʻza — 37–42 mm va undan uzun tola beradigan gʻoʻzalar. Ingichka tolali gʻoʻzaga asosan Gossypium barbadense L. turiga mansub navlar kiradi. Jahoida paxta tolasi ishlab chiqarishda Ingichka tolali gʻoʻzalar oʻrta tolali gʻoʻzalarsan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Ingichka tolali gʻoʻza koʻp mamlakatlarda, jumladan, Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Misr, Sudan, Peru, Shimoliy Braziliya, Nigeriya, AQSH da katta maydonlarga ekiladi.
Oʻzbekiston Respublikasida Ingichka tolali gʻoʻza navlari, asosan, jan. hududlari (Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Andijon, Namangan viloyatlari)da yetishtiriladi. Mamlakatda ekiladigan Ingichka tolali gʻoʻzaning asosiy navlari (2002): Termiz 24, Termiz 31, 6249-V, 9883-I, 9871-I, S-6037, 6465-V va boshqa Ingichka tolali gʻoʻza navlari tezpishar boʻlib, fenologik rivojlanish fazalarini oʻtishi uchun 2100—2220° dan ortiq samarali harorat yigʻindisini talab qiladi. Ingichka tolali gʻoʻza navlari morfologik va xoʻjalik belgilariga koʻra, nihoyatda xilma-xildir. Ularda vegetatsiya davri 110—120 kundan 180—200 kunga va undan ham koʻproqqa choʻziladi. Navlari orasida tupi shoxsiz tipdan ("nol tip") to keng tarvaqaylab oʻsadigan shakllari bor. Poyasi mustahkam, tik oʻsadi, boʻyi 60—130 sm, tuksiz, yashil, kuzga borib qizgʻish-jigarrang tusga kiradi. Barglari yirik, qalin, toʻq yashil boʻlmalari uzunchoq uchburchakli. Gullari yirik, gulbarglari limon rang , asosida tiniq toʻq qizil dogʻi bor. Koʻsaklari maydaroq, koʻpchiligi choʻzinchoq tuxumsimonkonus shaklida, uchi oʻtmas yoki oʻtkir, 3—5 chanokli. Bir koʻsakdan 3—4,2, baʼzan 4,5—5 g paxta chiqadi. Chigitlari yirik, tuksiz, siyrak tukli yoki sertuk, tuki och yashil yoki kulrang . 1000 dona chigiti vazni 110—140 g. Tolasi yaltiroq, och sariq yoki oq. 28—36% tola chiqadi. Tolasidan (I, II, III tipli) yuqori sifatli, nafis gazlamalar, pishiq texnika buyumlari tayyorlanadi. Ingichka tolali gʻoʻzaning turli navlari agrotexnikasi nav belgilari va ekilayotgan zonalarning tuproq-iqlim sharoitiga bogʻliq. Oʻrta Osiyoda Ingichka tolali gʻoʻza seleksiyasi boʻyicha ishlar 1920-yillar oʻrtalarida boshlandi. 1926 yildan Bayramali (Turkmaniston), 1930 yildan Vaxsh vodiysi (Tojikiston), keyinchalik xrz. Oʻzbekiston gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy tadqiqot intida, Fargʻona seleksiya st-yasi va b. tajriba st-yalarida Misr gʻoʻzasidan Ingichka tolali gʻoʻza navlarini yetishtirishga oid ishlar olib boriladi. 1930 yil Misrdan Ashmuni, Zagora, Saxel va boshqa navlarning chigitlari keltirilib, Tojikistonning Vaxsh vodiysida ekildi, biroq ular juda kamhosil boʻlib chiqdi. Shu yili Oʻzbekistonda ham birinchi marta Ingichka tolali gʻoʻza ekildi (0,2 ming ga, hosildorlik 9,7 s/ga, yalpi hosil 0,2 ming t). Oʻrta Osiyoda birinchi Ingichka tolali gʻoʻza navi — 2IZ Yoʻlatan seleksiya stansiyasida 1935 yilda chiqariddi. 1990-yillar boshigacha 50 dan ortiq juda qimmatli Ingichka tolali gʻoʻza navlari yaratildi va r-nlashtirildi. Bu navlar Oʻrta Osiyoning keskin kontinental jazirama iqlimiga va boshqa agroekologik sharoitiga yaxshi moslashgan: tezpisharligi, issiqqa chidamliligi va ildiz tarmogʻining baquvvatligi bilan ajralib turadi.

Download 24,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish