Soliq qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik
Yuridik adabiyotlarda ma’muriy javobgarlikni qo’llashning ikki asosi ko’rsatib o’tilgan: birinchidan, qonun – huquqiy (me’yoriy) asos sifatida;ikkinchidan, ma’muriy nojo’ya xatti-harakat, faktik asos sifatida.Bu ikkala asos ham O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida o’zifodasini topgan. Jumladan, O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 1-moddasiga tayanadigan bo’lsak,soliq qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikning huquqiy asosini – O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmati to’g’risidagi qonun va boshqa qonun va qonunosti hujjatlari (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Qoraqalpog’iston Respublikasiqonunlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining va Vazirlar Kengashining qarorlari, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari) tashkil etadi.O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 10-moddasi 1-qismiga binoan esa, ma’muriy huquqbuzarlik deganda (faktik asosi) – qonun hujjatlariga binoan ma’muriy javobgarlik katortish nazarda tutilgan, g’ayri huquqiy, aybli sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi.Amaldagi qonunchilikka binoan, soliq sohasidagi ma’muriy javobgarlik – qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi,demokratizm, insonparvarlik, odillik va ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi tamoyillariga asoslanadi.Soliq sohasidagi ma’muriy javobgarliknining asosiy vazifalari bo’libesa: soliq sohasida o’rnatilgan davlat boshqaruvini (tartibini);fuqarolarning huquq va erkinliklarini; ijtimoiy adolat va qonuniyliknita’minlash; ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarning o’z vaqtidava obyektiv ko’rib chiqilishi; bunday huquqbuzarliklarning oldini olish;fuqarolarni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioyatish ruhida tarbiyalash hisoblanadi.Umumiy qoidaga ko’ra, soliq qonunchiligini buzganlik uchunma’muriy javobgarlikka huquqbuzarlikni sodir etgan paytda o’n oltiyoshga to’lgan fuqarolar tortiladilar. O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy 237Javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 17-moddasiga binoan esa,O’zbekiston Respublikasi hududida bo’lgan ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar umumiy asoslarda, ya’ni O’zbekiston Respublikasi fuqarolari singari, ma’muriy javobgarlikka tortilishi belgilangan.oliq sohasidagi ma’muriy huquqbuzarlikning xususiyatlaridan kelibchiqadigan bo’lsak, shaxs nafaqat 16 yoshga to’lgan bo’lishi, balki qonunhujjatlari bilan unga soliq va boshqa to’lovlarni to’lash majburiyati hamyuklangan bo’lishi kerak. Bundan tashqari, soliq sohasidagi ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs o’z xatti-harakatlarining oqibatinitushuna olishi, ya’ni aqli raso shaxs bo’lishi ham kerak.Soliq qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikning ikkinchi asosiy subyekti – bu mansabdor shaxslardir. O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 15-modda 2-qismiga binoan mulk shaklidan qat’i nazar korxona, muassasa, tashkilotda muayyan mansabni egallab turgan shaxs, basharti unga rahbarlik, tashkiliy,farmoyish berish, tekshiruv-nazorat vazifalari yoki moddiy boyliklar harakati bilan bog’liq bo’lgan vazifalar yuklatilgan bo’lsa, mansabdorshaxs deb hisoblanadi.Shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, ba’zi davlatlarda soliq qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikning alohida subyekti sifatida – yuridik shaxslar ham namoyon bo’ladi.
Soliq sohasidagi ma’muriy javobgarlikning o’ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, sodir etilgan huquqbuzarlik kam ahamiyatli bo’lgan taqdirda, bu ishni ko’rib chiqishga vakolati bo’lgan organ(mansabdor shaxs) huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod etishimumkin. Soliq qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy jazo qo’llanish chog’ida sodir etilgan huquqbuzarlik xususiyati, huquqbuzarning shaxsi,uning aybdorlik darajasi, mulkiy ahvoli, javobgarlikni engillashtiruvchi va og’irlashtiruvchi holatlar hisobga olinadi.Amaldagi qonunchilik mazmunidan kelib chiqadigan bo’lsak, soliq qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikni engillashtiruvchi holatlarga quyidagi lar kiradi:238 aybdorning o’z qilmishidan chin ko’ngildan pushaymon bo’lishi; aybdorning huquqbuzarlikning zararli oqibatlari oldini olishi,yetkazilgan ziyonni ixtiyoriy ravishda to’lashi yoki keltirilgan zararni bartaraf qilishi; huquqbuzarlikning kuchli ruhiy hayajon ta’siri ostida yoki og’irshaxsiy, oilaviy yoxud boshqa sharoitlar yuzaga kelganligi oqibatida sodir etilishi; huquqbuzarlikning tahdid yoki majburlov ta’sirida yoxud xizmat yuzasidan, moddiy yoki boshqa jihatdan qaramligi ta’siri ostida sodiretilishi; huquqbuzarlikning voyaga yetmagan shaxs tomonidan sodir etilishi; huquqbuzarlikning homilador ayol yoki o’n to’rt yoshgachabo’lgan bolasini yakka o’zi tarbiyalayotgan shaxs tomonidan sodir etilishi.Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni ko’rib chiquvchi organ(mansabdor shaxs) boshqa holatlarni ham javobgarlikni engillashtiruvchiholat deb topishi mumkin. Soliq qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikni og’irlashtiruvchi holatlarga esa quyidagilar kiradi: g’ayrihuquqiy harakatlarni to’xtatish vakolati bor shaxslartomonidan qo’yilgan talabga qaramay, bunday harakatlarni davom ettirish; ma’muriy jazo chorasiga tortilgan shaxsning bir yil mobaynidayana o’sha xildagi huquqbuzarlikni sodir etishi, xuddi shuningdek huquqbuzarlikning ilgari sudlangan shaxs tomonidan sodir etilishi;
qo’llaniladigan jazo og’irroq ma’muriy jazoni nazarda tutuvchi sanksiya doirasida qo’llaniladi.Ma’muriy jazo soliq huquqbuzarligi sodir etilgan kundan boshlab,davom etayotgan huquqbuzarliklar uchun esa, huquqbuzarlik aniqlangankundan boshlab ikki oydan kechiktirmay qo’llanilishi mumkin.Jinoyat ishini qo’zg’atish rad etilgan yoki jinoyat ishi tugatilgan bo’lsa-yu, lekin huquqbuzarning harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo’lsa, ma’muriy jazo chorasi jinoyat ishi qo’zg’atishnirad etish yoki jinoyat ishini tugatish to’g’risida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oydan kechiktirmay qo’llanilishi mumkin.O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 38-moddasiga asoslanadigan bo’lsak, soliq sohasidagi ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashi, ya’nidavlat va mahalliy budjetga va budjetdan tashqari jamg’armalarga qonunhujjatlari bilan belgilangan to’lovlarni o’tkazishi shart.Soliq sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklarning tarkibi -O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to’g’risidagi kodeksning“Savdo, tadbirkorlik va moliya sohalaridagi huquqbuzarliklar uchunma’muriy javobgarlik” deb nomlangan XIII bobida ko’rsatib o’tilgan.Unga ko’ra quyidagi soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik qo’llaniladi:1) Soliqlar yoki boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan bo’yintovlash;2) Daromadlar to’g’risida deklaratsiya taqdim etishdan bo’yintovlash, deklaratsiyani o’z vaqtida taqdim etmaslik yoki unda atayin noto’g’ri ma’lumotlarni taqdim etish;3) Soliq solinadigan obyektlarning hisobini olib bormaslik yokikassa operatsiyalarini yuritish tartibini, shuningdek to’lov intizomini buzish;4) Buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish tartibini buzish;5) Soliq to’lovchilarning identifikatsiya raqamlarini qo’llanishtartibini buzish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |