18-mavzu Soliq huquqbuzarligi uchun javobgarlikka
tortishning huquqiy asoslari
Reja
Soliq huquqbuzarligi tushunchasi va o‘ziga xos xususiyatalari
Soliq kodeksi bo‘yicha javobgarlik
Soliq qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik
Soliq qonunchiligini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik
O’zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyoti munosabatlarigao’tishi, tadbirkorlikka keng yo’l ochib berilishi bilan iqtisodiyot sohasidayangi ko’rinishdagi qonun buzilishlarining sodir etilishiga ham sababbo’ldi. Bu, birinchi navbatda, davlat va mahalliy pul jamg’armalarini(budjet va budjetdan tashqari jamg’armalarni) shakllantirishning asosiymanbasi hisoblangan – soliq solish tizimi bilan bevosita bog’liq qonun buzilishlarini, uning turli ko’rinishlarini keltirib chiqardi.Huquq nazariyasida umume’tirof etilgan qoidadan kelib chiqadiganbo’lsak, har qanday yuridik javobgarlikning asosida davlat majburlovchoralari bilan himoya qilinadigan va ta’minlanadigan, huquqiynormalarning talablarini buzishga qaratilgan huquqqa xilof qilmish yotadi
Soliq qonunchiligini buzish ham huquqqa xilof qilmishning alohida bir turisifatida namoyon bo’ladi. Javobgarlik asosida qanday soliq qonunchiligi buzilishi turganligiga qarab, bu huquqqa xilof qilmishni moliyaviy, ma’muriy va jinoiyjavobgarlik asoslari sifatida ko’rib chiqish mumkin. Shu sababli, soliqqonunchiligini buzganlik uchun yuridik javobgarlikning asosini aniqlash -soliq solish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni samarali tartibga solishdakatta nazariy va amaliy ahamiyatga egadirSoliqlar va yig’imlar haqidagi qonun hujjatlarini buzish hamda uningxavfli shakllaridan biri bo’lgan soliq jinoyatlarini sodir etish davlatningiqtisodiy xavfsizligiga zarar yetkazadi. Bunday xatti-harakatlar soliq solishtizimiga, davlat daromadlarini shakllantirish mexanizmiga o’z ta’sirini
ko’rsatadi. Chunki har bir davlatning soliq solish sohasiga uningximoyalanganligi yoki xavfsizlik darajasi katta ta’sir ko’rsatadi. Soliqxavfsizligi - soliq tizimining holatini belgilab, soliqlar va yig’imlarniundirish orqali davlat va mahalliy tuzilmalarni to’liq va to’xtovsiz
moliyalashtirishni ta’minlaydi.Soliq qonunchiligini buzishning asosiy ko’rinishlaridan biri – busoliq huquqbuzarligi (O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi bo’yichaesa soliqqa oid huquqbuzarlik) hisoblanadi.Soliq huqubuzarligi barcha huquqbuzarliklar singari, birinchinavbatda – qilmish, ya’ni harakat yoki harakatsizlikda ifodalanadi. Harakat
shaxsning faol xulq-atvori, harakatsizlik esa shaxsga yuklatilganmajburiyatlarni bajarmaganlikda ifodalanuvchi passiv xulq-atvoridir.Soliq huquqbuzarligini sodir etishga qaratilgan qilmish (harakat yokiharakatsizlik) - qonunga xilof hisoblanadi. Soliq huquqbuzarligini sodiretish bilan soliq qonunchiligi normalarining talablari buziladi. Agar
qilmish qonun hujjatlari talabalarini buzmasa, huquqbuzarlikhisoblanmaydi.Soliq huquqbuzarligi – bu aybli qilmishdir. Soliq huquqbuzarliginisodir etishga qaratilgan qilmishda aybning mavjud bo’lishi, ya’ni soliqhuquqbuzarligi qasddan yoki ehtiyotsizlikdan sodir etilgan bo’lishi lozim.Agar qilmishda ayb shakli mavjud bo’lmasa, huquqbuzarlik
hisoblanmaydi
Sodir etilgan qilmish bilan zararli oqibat o’rtasida uzviy bog’liqlikbo’lishi lozim. Zararli oqibat aynan qonun hujjatida nazarda tutilganqilmish natijasida yuzaga kelgan bo’lishi kerak. Agar bunday bog’liqlikbo’lmasa, qilmish – huquqbuzarlik hisoblanmaydi.Soliq huquqbuzarligini sodir etishga qaratilgan qilmish uchun qonunhujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan bo’lishi kerak. Agar qonunhujjatida javobgarlik nazarda tutilmagan bo’lsa, bunday qilmishhuquqbuzarlik hisoblanmaydi. Huquqbuzarlik sodir etilganligini aniqlashda, uning yuridik xususiyatlari bilan bir qatorda yuridik tarkibining mavjud bo’lishi hamlozim. Tarkib deganda – huquq bilan o’rnatilgan va qilmishnihuquqbuzarlik sifatida tasniflash mumkin bo’lgan xususiyatlar yig’indisitushuniladi.Har qanday huquqbuzarlik o’zining tarkibiga ega bo’lib,huquqbuzarlik obyekti, obyektiv tomoni, subyekti va subyektiv tomonikabi elementlarni o’zida birlashtiradi. Soliq huquqbuzarligi obyekti bo’lib – soliq qonun hujjatlari bilan qo’riqlanadigan va tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.Soliq huquqbuzarligining obyektiv tomoni – huquqqa xilof
qilmishning tashqi ko’rinishidir. “Qilmish”ning yuridik mazmuni - huquqnormalari bilan o’rnatilgan talabning buzilishiga olib keladigan harakatyoki harakatsizlikdan iborat. Harakat – huquqbuzar xulq-atvorining faolshakli bo’lib, huquqiy taqiqlar (ya’ni, daromadlarni yashirish yokikamaytirib ko’rsatish, buxgalterlik hisobotlariga noaniq ma’lumotlarni
kiritganlik va boshqalar) bilan bevosita bog’liq bo’ladi. Harakatsizlik –huquqbuzar hulq-atvorining passiv shakli bo’lib, bajarilishi lozim bo’lganmajburiyatning bajarilmaganligida (masalan, soliqlarni hisoblab chiqarishuchun zarur bo’lgan deklaratsiyani, hisob-kitob va hisobotlarni taqdimetmaganlikda) ifodalanadi. Soliq huquqbuzarligi obyektiv tomoniningxususiyatlari bo’lib, nafaqat huquqqa xilof qilmish (harakat yokiharakatsizlik), balki uning oqibati hamda oqibat bilan qilmish o’rtasidagisababiy bog’lanish ham hisoblanadi. Huquqbuzarlik subyekti – bu huquqbuzarlikni bevosita sodir etgan va javobgarlikka tortilishi lozim bo’lgan shaxsdir.Huquqbuzarlikning subyektiv tomoni – huquqqa xilof qilmishningichki tomonini ifodalovchi xususiyatlar yig’indisidan iborat bo’lib,huquqbuzarning sodir etilgan qilmish va uning oqibatlariga bo’lgan ruhiymunosabati bilan tavsiflanadi. Boshqacha aytganda, huquqbuzarliksubyektiv tomonini ayb shakllari tashkil etadi.Har qanday soliq huquqbuzarligi ikki shaklda: qasddan yokiehtiyotsizlikdan sodir etiladi. Soliq huquqbuzarligini qasddan sodir etish quyidagi elementlar bilan ifodalanadi: xatti-harakatning qonunga xilof ekanligini bilishi; qonungaxilof xatti-harakatdan zararli oqibatlar kelib chiqishiga ko’zi yetishi;bunday oqibatlarning kelib chiqishini istashi; yoki ongli ravishda yo’lqo’yishi.Soliq huquqbuzarligini ehtiyotsizlik orqasida sodir etish deganda -soliq huquqbuzarligini sodir etgan shaxs o’z xatti-harakatining qonungaxilof ekanligi va zararli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini oldindanko’ra bilgan bo’lsa ham, lekin ularning oldini olish mumkin deb o’ylaganbo’lsa, yoxud bunday oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini oldindanko’rishi lozim va mumkin bo’lgani holda oldindan ko’ra bilmaganligi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |