18.2-jadval Kredit uyushmalari bilan banklar o‘rtasidagi asosiy farq
Banklar
Kredit uyushmalari
1.
Mulkga egalik huquqi
Odatda banklar badavlat shaxslarga yoki korporatsiyalarga qarashli bo‘ladi va ijtimoiy bozorda xizmatlar taqdim etadi. Mulk huquqi aniq belgilangan.
Kredit uyushmasi xizmat ko‘rsatadigan jamoa aholisiga tegishli bo‘ladi. Mulk huquqi ham xizmat ko‘rsatish bozori singari “tarqoq”. Kredit uyushmalari faqat o‘zining ishtirokchilariga xizmat ko‘rsatadi.
2.
Nazorat
Tabiiyki, nazorat jamlangan. Ovoz huquqi aksiyadorlik sarmoyasidagi egalik qilish ulushidan kelib chiqib belgilanadi, bu esa nazoratni bir nechta yirik aksiyador amalga oshirishiga yo‘l qo‘yadi.
Nazorat “tarqoq”. Pay badalidan qat’i nazar, bir ishtirokchi bir ovozga ega. Ishtirokchilar pay badalining miqdoridan qat’i nazar teng huquqlarga ega.
3.
Foyda olish
Bozor raqobati sharoitida aksiyadorlik sarmoyasiga qilingan investitsiyalardan kelgan foyda samarali xizmat ko‘rsatish faoliyatning asosiy mezoni hisoblanadi. Aksiyadan kelgan daromad, aksiyaning bozor qiymati va dividendlar aksiya egasini qondirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ishtirokchilarga xizmat ko‘rsatish faoliyat samaradorligining asosiy mezoni hisoblanadi. Foyda olish ishtirokchilar mablag‘lari (jamg‘armalar va pay badallari) bo‘yicha operatsion xarajatlarni qoplash, ssuda zararlarini qoplash va institutsional sarmoyani oshirishga zaxiralar barpo etish uchun etarli bo‘lgan foydaning real me’yorini (inflyasiya stavkasidan yuqori) tayinlash bilan cheklanadi. Odatda, foydaning belgilangan me’yori olinishi bilanoq kreditlar bo‘yicha kredit stavkalari pasaytiriladi va/yoki jamg‘armalar bo‘yicha foiz stavkalari ishtirokchining farovonligi uchun eng ko‘p foyda olish uchun yo‘naltiriladi.
4.
Bozor qamrovi
sohasi
Bankning asosiy maqsadi eng ko‘p foyda olish hisoblanishi sababli banklar, odatda, e’tiborni yirik, qiymat nuqtayi-nazaridan yanada rentabelli operatsiyalarni amalga oshira oladigan badavlat mijozlarga qaratadi. Banklar xarajatlari/daromadlari tarkibi ayrim mayda mijozlarga xizmat ko‘rsatishni qiyinlashtiradi va ko‘pincha yo‘qqa chiqaradi.
Kredit uyushmalari ishtirokchilari – mijozlarining katta qismi etarli darajada ta’minlanmagan va shu sababli banklar taqdim etadigan moliyaviy xizmatlardan foydalana olmaydigan shaxslardir. Garchi ular bank mijozlari taalluqli bo‘lgan mijozlar darajasiga mansub bo‘lishmasada, barqaror daromad oladilar va shu sababli kreditga qobiliyatlidirlar.
5.
Operatsiyalar miqyosi
Banklar amalga oshiradigan operatsiyalar miqyosi kredit uyushmalariga qaraganda ancha keng va ko‘proq turli geografik bozorlarni qoplaydi. Ovoz huquqi aksiyadorlik sarmoyasida egalik qilish ulushiga bog‘liqligi sababli banklar ko‘p darajada badavlat mijozlarni jalb eta oladi. Bundan tashqari, sarmoya xajmidan kelib chiqib ovoz berish huquqi yanada moslashuvchanroq rahbarlik qilishga imkon beradi.
Demokratik qoidalarga asoslangan boshqarish kredit uyushmalarining ular faoliyatini amalga oshiradigan jamoadan tashqarida o‘sishini cheklaydi, mablag‘larni jalb etish banklar bilan taqqoslaganda ancha sekinlashgan – odatda ishtirokchilarning institutsional sarmoyaning o‘sishiga ulushlari bilan cheklangan. Biroq, banklar bilan taqqoslaganda, kredit uyushmalari ular xizmat ko‘rsatadigan jamoa ichidagi ancha mustahkam va barqaror o‘zaro munosabatlar bilan farqlanadi.
Kredit uyushmalarida boshqaruvning yuqori organi bo‘lib uning a’zolarining umumiy yig‘ilishi hisoblanadi. Kredit uyushmasi a’zolarining umumiy yig‘ilishi bir yilda kamida bir marotaba, moliyaviy yil tugaganidan keyin olti oydan kechiktirmay o‘tkazilishi kerak. Kredit uyushmasi a’zolarining umumiy yig‘ilishini o‘tkazish haqida kamida o‘ttiz kun oldin xabar qilinadi. Kredit uyushmasining har bir a’zosi, ustav fondidagi pay badali miqdoridan qat’i nazar, umumiy yig‘ilish tomonidan qaror qabo‘l qilish paytida bir ovoz huquqiga egadir. Umumiy yig‘ilish qarori umumiy yig‘ilishda hozir bo‘lgan kredit uyushmasi a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabo‘l qilinadi. Kredit uyushmasi a’zolarining umumiy yig‘ilishi:
- ustavga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi, ustav fondini ko‘paytirish yoki kamaytirishga doir o‘zgartishlar bundan mustasno;
- daromadning bir qismini kredit uyushmasining a’zolariga to‘lash tartibini tasdiqlaydi;
- kredit uyushmasi a’zolari orasidan kengash, kredit qo‘mitasi, taftish komissiyasi a’zolarini saylaydi, ularning vakolatlarini bekor qiladi;
- yillik moliyaviy hisobotni, kengash, ijroiya organi, kredit qo‘mitasi va taftish komissiyasining hisobotlarini tasdiqlaydi;
- auditorlik tashkilotini va u bilan shartnoma tuzish shartlarini belgilaydi;
- kredit uyushmasini tugatish va qayta tashkil etish to‘g‘risida qaror qabo‘l qiladi.
KU tashkiliy tuzilmasi :
1. Ishtirokchilar Umumiy yig‘ilishi
2. Kredit qo‘mitasi Kengash Taftish komissiyasi
3. Ijrochi Organ
4. Kredit uyushmasi xodimlari
KU oladigan foydaning bir necha manbalari mavjud:
- ishtirokchilarga kredit berish paytida olinadigan foizlar;
- KU amalga oshiradigan investisiyalar bo‘yisha foizlar;
- ba’zi xizmatlarni taqdim etganlik ushun komission to‘lovlar.
Xavfsiz va moliyaviy barqaror institut bo‘lishi uchun omonat kredit uyushmasi ishtirokchilarning jamg‘armalarini himoya qilish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirayotganda har tomonni o‘ylab ish tutishi kerak. Butun dunyoda faoliyat ko‘rsatayotgan kredit uyushmalarini takomillashtirish kredit uyushmalari faoliyatining samaradorligini ta’minlaydigan moliyaviy boshqaruv hamda ishki nazorat tizimini barpo etish yo‘l i bilan amalga oshirilib, institutning xavfsizligi va barqarorligiga qaratilgan va shunga asosiy e’tiborni beradi.
Ustav fondiga pay badalini kiritgan istalgan yuridik yoki jismoniy shaxs kredit uyushmasining ishtirokchisi bo‘la oladi. Unga kredit uyushmasi tomonidan berilgan sertifikat shaxsning kredit uyushmasiga a’zoligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi.
Kredit uyushmasining a’zosi:
- kredit uyushmasi taqdim etadigan xizmatlardan foydalanish;
- kredit uyushmasini boshqarishda ishtirok etish;
- belgilangan tartibda kredit uyushmasi daromadining bir qismini olish;
- ustavga muvofiq kredit uyushmasi faoliyati to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborot olish;
- kredit uyushmasidan chiqish;
- kredit uyushmasi tugatilgan taqdirda mol-mulkning pay badaliga mutanosib qismini olish huquqiga egadir.
Kredit uyushmasining a’zolari qonun hujjatlari va ustavga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘la oladilar.
Kredit uyushmasi a’zolari quyidagi majburiyatlarga ega:
- ustavga rioya qilish;
- kredit uyushmasi a’zolarining umumiy yig‘ilishi, kredit uyushmasi kengashi, kredit qo‘mitasi, taftish komissiyasining qarorlarini bajarish;
- olingan kreditlarni o‘z vaqtida va to‘liq qaytarish;
- kredit uyushmasining amaliy obro‘-nufuzi va kredit qobiliyatini oshirishga ko‘mak berish.
Kredit uyushmasining a’zolari qonun hujjatlari va ustavga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.