18-mаvzu. Kоn zаrbаlаri vа оtilib chiqishlаr nаmоyon bo’lishi mumkin bo’lgаn shаrоitlаrdа kоn ishlаri оlib bоrish qоidаlаri



Download 2,11 Mb.
bet2/3
Sana19.04.2022
Hajmi2,11 Mb.
#562423
1   2   3
Bog'liq
4 mаvzu Kоn zаrbаlаri vа оtilib chiqishlаr nаmоyon bolishi mumkin

3 – rasm

4 – rasm

Kesuvchi lahimlarni o‘tishda kesishish joylari kichik kuchlanishga ega bo‘lgan zonalarga to‘g‘irlanishi lozim.


Kon zarbalari yoki otilib chiqish bo‘yicha xavfli sharoitlarda qazib chiqarishga qo‘yiladigan asosiy talablar shundan iboratki, bunda tizimning konstruksiyasi mavjud bo‘lmaydi yoki yuqori konsentratsiyali kuchlanishning minimum elementlari bilan olib boriladi. Bu yerda qazib chiqarish tizimini tanlashda seliklar qoldirish va qatlam yoki yotqiziqlarning turtib chiqqan uchastkalari hisobga olinadi.
Bundan tashqari zarbaga xavfli sharoitlarda eng qulay hisoblanadigan tizimlar, ya’ni foydali qazilma massivida lahim o‘tishda ilgarilanma qazish ishlari amalga oshiriladi yoki bunday lahimlar minimal hajmda olinadi. Bu talablar qazib chiqarishning yaxlit tizimini turli variantlarini o‘ta qoniqarli darajada qoniqtiradi.
Zarbaga va otilishga xavfsizlikni yetarli qiymatlarda kamaytirish uchun shiplarni boshqarish uslubi amalga oshiriladi. Bunda massivning chekka qismlarida kuchlanishlarni pasaytirish tashkil qilinadi va qazish kavjoylarini ko‘tarish tadbiri bo‘yicha tayanch bosim zonasida kuchlanish bir tekis o‘zgarishi ta’minlanadi.
Oson ag‘dariluvchi shiplar bunday uslub orqali to‘liq qulatib tushiriladi, qiyin ag‘dariluvchi shiplar esa qisman yoki to‘liq bostiriladi.
Zarbaga va otilishga xavfli sharoitlarning barchasida qo‘llaniladigan tizimlar va texnologiyalar odamlarsiz, masofadan turib boshqariladigan qazish mexanizmlari va mashinalari kompleksi orqali bajariladi. Buning natijasida turli qazib olish tizimlarini qo‘llash imkoniyati kengayadi, jumladan, kamerali va kamera-ustunli tizimlarni ham qo‘llash mumkin.
Shu nuqtai nazardan foydali qazilmalarni qazib olish tizimining istiqbolli usullarida kichik va o‘rtacha qattiqlikdagi jinslarda simarqonli arralar, strug, tor qamrovchi kombaynlar, hamda gidravlik texnologiyalardan foydalaniladi.
Seliklarni qazib olish kon zarbalari vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymasdan olib boriladi yoki kon zarbalari yuz berish ehtimoli saqlangan holda olib boriladi, lekin ishchilarning xavfsizligi va texnologik jarayonlarning uzluksizligi ta’minlanishi kerak.
Amaliy tajribalar shuni ko‘rsatadiki seliklardagi kuchlanishlarning tarqalishi bo‘yicha tayyorlovchi va kesuvchi lahimlarda kon zarbalariga o‘ta xavfli bo‘ladi. Shuning uchun bunday lahimlar faqat shamollatishda foydalaniladi. Tashish lahimlari qazish kengliklari o‘rab turgan seliklar tomonidan joylashtirilishi lozim. Tosh taxlamlari bo‘shliqlar yordamida qazish kavjoylari orqasidagi lahimlarni saqlab turish mukin.
Seliklarni qazib olish, himoyalangan zona shakllantirilgandan so‘ng va lahimlar zarbaga xavfsiz xolatga keltirilgandan keyin, olib boriladi. Bunda mahalliy uslubdan foydalanib kavjoy oldi massivini zarbaga xavfsiz xolatga keltirilgandan keyin olib boriladi. Bunda maxalliy uslubdan foydalanilib kavjoyoldi massivini zrbaga holatga keltirish uchun kuchlanishli selikda skvajina burg‘ilash ko‘zda tutiladi. Shuning uchun bunday holarda masofadan turib burg‘ilash amalga oshiriladi.
Barcha xolatlarda kon kon zarbasiga havfli seliklarni qazib olish loyihasi oldindan tuzib olinadi, loyihada seliklar qazib olingandan keyin qaytadan kuchlanish hosil bo‘lishi va massivning holatini nazorat qilishni tashkil qilish ham ko‘zda tutiladi.
Shaxtada ishlaydigan odamlar uchun xavfli bo‘lgan kon bosimining dinamik ko‘rinishlari quyidagilardir:

  • Qazib olinayotgan foydali qazilma va yondosh jinslarning massivining qulashi va otilishi natijasida shikastlanish;

  • Kon zarbalari yoki otilishlar joylariga bevosita yaqin bo‘lgan lahim mustahkamlagichlari buzilishidan shikastlanishi;

  • Kon zarbasidan keyin hosil bo‘ladigan kuchli havo to‘lqini ta’sirida shikastlanish;

  • Otilib chiqishlar natijasida gaz-havo aralashmasida portlashlar hosil bo‘lishi;

  • Otilib chiqish joylari yaqinidagi kon lahimlariga gaz to‘lib qolishi va gaz-havo aralashmasida kislorod yetishmasligi sodir bo‘lishi;

  • Kon zarbalari va otilib chiqishlar ta’sirida qulashlar sababli ish joylarini me’yoriy shamolatish tartibini buzilishi.

Kon zarbalari va otilib chiqishlarning masshtabiga bog‘liq xavflilikda, unga yaqin bo‘lgan kavjoylardan odamlar olib chiqilishi, barcha qazib chiqarish uchastkalaridan olib ketilishi, yoki hatto butun shaxta yoki rudnikdan odamlar yer yuzasiga olib chiqilishi talab qilinadi.
Kon zarbalari va otilishlardan odamlarni himoyalashning asosiy tadbirlari kon bosimlarining dinamik ko‘rinishlarini prognozlash xizmatini tashkil qilish va odamlarni undan o‘z vaqtida ogoxlantirish, xavfli joylarda odamlarning ishlashiga yo‘l qo‘ymaslikdir.
Zarba va otilishga xavflilikning ko‘zga namoyon bo‘ladigan belgilari, ularning darakchilari, o‘z-o‘zini himoyalash tadbirlari haqida kon ishchilari joriy instruktajlardan o‘tishi, avariyalarni tugatish rejasida ko‘zda tutilishi lozim.
Kon zarbasi va tog‘ jinsini otilib chiqishi xavfini xududiy bashorat etish uchun, kerakli ma’lumotlar, qazilma boyliklarni qidirib topish yoki injener-geologik qidiruv ishlari (tadqiqot) natijasida aniqlanadi.
Bunda tog‘ jinslarini elastik energiya yig‘ish qobiliyati, geologik qidiruv skvajinalaridan olingan burg‘i kernlarni mexanik xossalarini sinash asosida baholanadi. Tog‘ jinsining (strukturasi) tuzilishi, tektonik buzilishlarni o‘lchamlari va tarqalganlik darajasi, parchalangan va ezilgan maydonlar (zonalar), bo‘rtishlar, sanchilishlar va shu bilan birga tog‘ jins qatlam bo‘laklarining nisbiy qalinliklarini o‘zgarishi batafsil o‘rganiladi.
Massivning yig‘uvchanlik (kollektorlik) xossasi, gazlilik ko‘rsatkichi, tog‘ jinslarining gazga to‘yinganligi va ulardagi gaz bosimi qiymati o‘rganiladi. Ko‘mir qatlamlarida to‘satdan otilib chiqish gaz bosimining 2-3 kg/см2 qiymatlarida ham sodir bo‘lishi mumkin. Agar gaz bosimi 10-15 kg/см2 ni tashkil etsa, bunda tog‘ jinslarini otilib chiqish jarayoni, lahimlarni gaz bilan to‘lishi, tayyorlov lahimlarida otilib chiqqan tog‘ jinslarini zichlashishi sodir bo‘ladi.
Massivning gidrogeologik sharoitini tahlil qilishga katta ahamiyat beriladi. Tog‘ jinslarida namlik darajasining ortishi otilish xavfini kamaytiradi, chunki, birinchidan tog‘ jinsida plastik deformatsiyalanish qobiliyati ortadi, ikkinchidan mo‘rt sinish qobiliyati susayadi.
Qidiruv geologik skvajinalaridan olingan kernlarni tekshirish natijalari asosida, massiv kuchlanganlik holati tavsifi haqida birlamchi xulosalar qilinadi. Xususan kernlarni disklar tarzida buzilishi yoki skvajina kesim sirti buzilish yo‘nalishlari sodir bo‘lishi, yuqori kuchlanish mavjudligi va uning tog‘ jinsi massivida ta’sir etish yo‘nalishi haqida fikr yuritishga dalolat beradi.
Agar geologik qidiruv va izlanish tadqiqotlari, qazilma boyliklarni qazish ishlari olib borilayotgan kon yoki basseynlarda bajarilayotgan bo‘lsa, unda tog‘ jinslarning kon zarbasiga xavfliligini baholash ishlayotgan ob’yektlarning kongeologik sharoitini qiyoslash va tahlil qilish ya’ni o‘xshashlik uslubini qo‘llash muhim ahamiyatga ega.
Qazilma boyliklarni qidirish yoki injener-geologik izlanish tadqiqotlari, faqat skvajinalar o‘tish asosida emas, balki kon lahimlari o‘tish asosida olib borilsa, u holatda massiv kuchlanganlik (tenzorlarini) ko‘rsatkichlarini tabiiy sharoitda o‘lchash ishlarini bajarish va shunga o‘xshash, tog‘ jinslar xossalarini past tartibdagi birjinsmasligini inobatga olgan holda aniqlashdan iborat.
Tog‘ jinslarini kon zarbasiga xavfliligini qazilma boyliklarni qidirib topish yoki injener-geologik qidiruv ishlari bosqichida aniqlash, ko‘pincha boshlang‘ich tavsifga ega bo‘lgan natija bo‘lib hisoblanadi va uning ma’lumotlari qurilish yoki foydalanish bosqichida, lahimlar o‘tkazish va qazish ishlari olib borish davrida, aniq uchastkalarida o‘tkaziladigan massiv holatini aniqlovchi mahalliy bashorat etish ishlari olib borish natijasida aniqlanadi.
Bu vaziyatda massivning kon zarbasi va to‘satdan otilib chiqishga xavfliligini ob’yektiv alomati (belgisi), kon zarbasi va tog‘ jinslarini otilib chiqish darakchisi alomatlari quyidagilardan iborat:
- tog‘ jinsi kernlarini jadal disklarga bo‘linishi (oldinlab yuruvchi, kernli bashorat etuvchi skvajina qazishda);
- shpur va skvajinalarni qazish jarayonida burg‘i kukunlarini yirikligi o‘zgaradi (massiv kuchlanishining zo‘riqqan uchastkalarida kukunlarning yiriklanishi darajasi 10 va undan oshadi);
- shpurlardan foydalanish koeffitsiyenti bir va ayrim hollarda undan yuqori;
- portlatish ishlarida tog‘ jinsini qazish joyidan otilish masofasi va tog‘ jinslarini maydalanish darajasi(kattalashadi) ko‘payadi;
- ko‘mir qatlamining yaxlitligi o‘zgaradi;
- qazib chiqarish maydonida, chang bulutchalari hosil bo‘ladi;
- qazib chiqarish maydoni havosining sovib ketishi;
- massivdan gaz ajralib chiqishining jadallashishi;
- tog‘ jinslarda tangachadorlik va qazib chiqarish yuzasi qatlam tog‘ jinslarida, yupqa tog‘ jinsi plastinkalarini paydo bo‘lishi (qalinligi bir necha millimetrdan 1-2 sm gacha);
- tog‘ jinslarini otilishi, burg‘i stanoklarida tekshirishlar va burg‘i stanoklarini siqilishi, qazib chiqarish jarayoniga hamkor bo‘luvchi kuchsiz kon zarbasi (shpur va skvajinalarni qazish va portlatish, burg‘i mashinalari va qazish kombaynlari ishi va boshqalar).
Kon zarbasi va boshqa dinamik sodir bo‘luvchi jarayonlarning darakchilari ichida, ko‘proq o‘rganilgani massivning seysmoakustik faolligini o‘zgarishidir, ya’ni massiv kuchlanishining ortishi natijasida, massivda mikro buzilishlar sodir bo‘ladi, bu tog‘ jinsi massivida tabiiy seysmoakustik (impulslarni) tarqaluvchi signallar sonini o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Bu o‘zgaruvchi signallarni ro‘yxatga olish va tahlil etish, kon zarbasi va otilib chiqishlarni bashorat etishda seysmoakustik uslubining asosi bo‘lib hisoblanadi.
Seysmoakustik faollik o‘zgarishi, tog‘ jinsi kuchlanganlik holatini o‘zgarishiga mos keladi. Ko‘pincha kon zarbasi sodir bo‘lishidan oldin seysmoakustik faollik to‘satdan ortib ketadi, undan 30-40 minutdan so‘ng, zarbadan oldin, faollik yo‘qoladi.
Seysmoakustik faollikning pasayish darajasi, xavfli vaziyatni yo‘qotish uchun qo‘llanilayotgan tadbirlarini samaradorligini baholash uchun ham xizmat qiladi.
Shuni takidlash kerakki, seysmoakustik faollikni oshishi (shovqunlarni ko‘payishi) har doim ham massivni kon zarbasi va otilib chiqishga xavfliligi vaziyatini ifodalamaydi. Chunki ayrim hollarda oldin bo‘lib o‘tgan, shift tog‘ jinslarining to‘satdan tushishi, buzilishi va boshqa massivda sodir bo‘luvchi xavfli bo‘lmagan jarayonlar bo‘lishi mumkin. Shuning uchun har doim seysmoakustik bashorat etish yuz foyizlik ishonch bermaydi, bu hollarda qo‘shimcha uslublar qo‘llash talab etiladi.
Kon zarbasini bashorat etish va uni sodir bo‘lishini ro‘yxatga olish (registratsiya etish) seysmik uslublar ham qo‘llaniladi. Kon zarbasi sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan rayonlarda, o‘rnatiladigan seysmostansiyalar, seysmoakustik aparatlar bilan birgalikda, sezgir seysmograf va naklomometr apparatlari yordamida jihozlanadi. Shaxta maydonining turli nuqtalarida, seysmik nazorat qilish to‘xtamlari joylashtirish va ular asosida mikroseysmik rayonlashtirish xaritasini tuzish, undan zonalarning seysmik faolligini aniqlash va ular ichida kon zarbasi sodir bo‘lish ehtimoli katta bo‘lgan zonalarni ajratish imkonini beradi.
Kon zarbasi sodir bo‘lgan vaqtda seysmik nazorat qilish, kon zarbasi o‘chog‘ining gipotsentri chuqurligi koordinatalarini aniqlash, kon zarbasining seysmik energiyasi qiymatini aniqlash va seysmik tebranishning boshqa o‘lchamlarini aniqlash imkonini beradi.
“Kon zarbasi” va “Tog‘ jinsi va gazlarni to‘satdan otilib chiqishi”ni oldini olish tadbir ishlari, qazib chiqarish maydonining katta qismini qamrab olgan bo‘lsa, xududiy va tadbir ishlari alohida olingan kon lahimiga ta’aluqli bo‘lsa, maxalliy deb o‘zaro farqlanadi.
Xududiy tadbirlarga quyidagilar kiradi:
- ximoya qatlamlarni oldinlab qazib olish;
- massivni oldindan gazsizlantirish;
- zarba oldini olish maqsadida massivni namlash yoki qazib chiqarish maydonida yoki tayyorlash gorizontida massivni yumshatish.
YUqorida keltirilganlardan tashqari zarbani oldini olishning xududiy tadbirlari miqyosiga, kon zarbasi va tog‘ jinslarini to‘satdan otilib chiqish ehtimolini sezilarli darajada kamaytirishga mos bo‘lgan texnologik tizim va kon ishlari olib borish uslublarini qo‘llash mos keladi.
Maxalliy tadbirlar quyidagilar:
- mavjud lahimlardan holislantiruvchi-gazsizlantiruvchi oldinlab o‘tiluvchi skvajinalar o‘tkazish;
- xavfli massivlarga suv bilan ishlov berish, gidravlik yumshatish, gidravlik yorish, oraliq va tirqishlarni suvlash;
- massivni portlatish orqali yumshatish;
- xolislantirish bo‘shliqlarini qo‘llash va oldinlab qo‘yiluvchi mustahkamlagichlar qo‘llash.

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish