18-ma’ruza Kutubxonachi shaxsiga bo‘lgan umumkasbiy talablar



Download 23,31 Kb.
Sana30.06.2022
Hajmi23,31 Kb.
#721193
Bog'liq
5-ma\'ruza


18-ma’ruza
Kutubxonachi shaxsiga bo‘lgan umumkasbiy talablar
Kutubxonachilik kasbiga qo‘yiladigan muhim talablardan biri - uning namoyondalarining ijtimoiy va kasbiy pozitsiyalarining aniq bo‘lishidir. Kutubxonachining ijtimoiy pozitsiyasi - bu uni faol bo‘lishini manbasi bo‘lgan, dunyoga intellektual va his-tuyg‘uli baholashli qarashlar, kutubxonachilikni hozirgi ahvoli va kutubxonachilik faoliyati tizimidir.
Kutubxonachi shaxsining ijtimoiy faolligining integral ko‘rsatkichlari, kasbiy qadriyatlariga quyidagilar kiradi:
-kutubxonachining ijtimoiy roli va vazifasini qanday tushunishi;
-kasbiy burchi va izzat-nafsi;
-o‘z kasbini hurmat qilishi;
-kitobxonlar bilan pedagogik muloqoti;
-kasbi bo‘yicha mustaqil bilim olish va o‘z - o‘zini tarbiyalashga bo‘lgan talab.
Kutubxonachining ijtimoiy pozitsiyasini ko‘p hollarda uning kasbiy pozitsiyasi, kasbiy yo‘naltirilganligi orqali aniqlanadi.
Kutubxonachilik faoliyatida har bir kutubxonachining oxirgi natijaga qo‘shgan hissasini ajratib olish juda qiyin jarayondir. Shuning uchun kutubxonachilik jamoalarini shakllantirish katta ahamiyatga egadir. Haqiqiy jamoaning asosiy qirralari quyidagilardir:
-yaxshi psixologik muhit;
-umumiy g‘oya, qarashlar, birdamlik;
-ijodiy sharoit.
Ushbu qirralar, jamoada umumiy ish, qiziqishlar, kutubxona faoliyatini maqsadi va mazmunini aniq bilgan holda ish jarayonida o‘z o‘rnini bilgan kutubxonachilar jamoalariga xosdir.
Kutubxonachilar jamoasini shakllantirish, ijtimoiy-psixologik muammo bo‘lib, u shaxsning psixologik o‘ziga xosliklarini o‘rganishni, menejment asoslarini, bir qator ijtimoiy-psixologik muammolarni hal etishni talab qiladi. Kutubxonachilik faoliyati, boshqa faoliyatlar singari nafaqat miqdoriy, balki sifat o‘zgarishlari xarakteristikasiga ham egadir.
Kutubxonachining mehnatini mazmuni va tashkil etilganligini, uni o‘z faoliyatiga ijodiy yondoshganligini e’tiborga olgan holdagina baholash mumkin.
Kutubxonachi shaxsining ijodiy potentsiali, u tomonidan to‘plangan ijtimoiy tajriba, maxsus kutubxonachilik, psixologik-pedagogik va boshqa bilimlar va yangi g‘oyalar, malaka va ko‘nikmalarga bog‘liq. Ular o‘ziga xos bo‘lgan yechimlarni topish va ularn qo‘llash, yangi shakl va metodlar topish va shu orqali o‘zlarini kasbiy faoliyatlarini takomillashtirishga erishadilar.
Kutubxonachilik kasbini tashkil etish, o‘zida mustaqil ijodiy mehnatni, doimiy ravishdagi vazifalar bilan birga boshqa vazifalarni ham bajaruvchi mehnati, shuningdek qat’iy belgilangan muddatlarda va belgilangan tartibda amalga oshirishni taqozo etadi.
Kutubxonachilik mehnatini mazmunini funksional tahlil qilish uni uchta asosiy kutubxonachilik xodimlari guruhiga ajratish imkonini beradi:
1.Maxsus kutubxonachilik va boshqa sohalar bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislar. Ular yuqori intellektual va kasbiy potentsialga ega bo‘lganligi sababli, kutubxonachilik faoliyatini nazariy va ilmiy aspektdagi kasbiy bilimlar va mahorat talab qiluvchi vazifalarni bajaradilar.
2. O‘rta kvalifikasiyali kutubxonachilar, o‘rta maxsus ma’lumotga ega (kutubxonachilik yoki boshqa mutaxassisliklar) bo‘lganlar. Ular tashkiliy-texnologik kutubxonachilik jarayonlaridagi kompleks vazifalarni bajaradilar.
3.Kutubxonachining yordamchilari (kichik kutubxonachi, yordamchi personallar) umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lganlar. Ular maxsus kvalifikatsiya talab etmaydigan ish turlari, opperatsiyalarni bajarish malakasiga ega bo‘ladilar.
Kutubxonachi shaxs sifatida ko‘pgina hollarda texnik, ijtimoiy, tashkiliy va iqtisodiy o‘zgarishlarga qarshilik ko‘rsatadi. Ularda ijodiy faollikni, ishga qiziqqan holda ijodiy yondoshishni tarbiyalash uchun quyidagilar zarur:
1.Kutubxonachilarga sohasi bo‘yicha yangi, yetakchi g‘oyalarni o‘rganishga, eskirgan ish uslublari bilan yangilarini solishtirishga imkoniyat yaratish;
2.Kutubxonachiga ishni tahlil qilish va oqilona bajarish bo‘yicha, tahlil qilish qobiliyatini tarbiyalovchi mustaqil bajaradigan vazifalar berish orqali yordam berish.
3.Zarur metodik yordam, maslahatlar berish, tadqiqot, eksperementlar o‘tkazilayotgan ishlarga jalb qilish.
Kutubxonachi mutaxassislarni tayyorlash asosida ikkita fundamental tamoyillar yotadi:
1.Birinchi tamoyil kutubxonachilik kasbini to‘liqligi, ya’ni yagona kasbiy bilimlar va qobiliyatlarni poydevorini shakllantirish;
2.Ikkinchi tamoyil, kutubxonachilik kasbini tabaqalashtirish, ya’ni mutaxassisliklarga ajratish.
Zamonaviy kutubxonachilarni tayyorlash nazariyasi va amaliyoti to‘rtta ilmiy bilimlar tizimiga asoslanadi:
-ijtimoiy-gumanitar;
-umumilmiy;
-umumkutubxonachilik;
-maxsus.
Barcha ilmiy bilimlar tizimlari rivojlanayotgan kutubxonachi shaxsi talablarini qondirishga, uni kutubxonachilik amaliyotiga, kasbiy tayyorgarligini asosini yaratishga xizmat qiladi. Kutubxonachilik kasbi, kutubxonachilik ishini falsafiy - ijtimoiy, madaniyatshunoslik va fanshunoslik nuqtai nazardan jamiyatning kichik tizimi, madaniyatning bir bo‘lagi sifatida o‘rganishga asoslanadi.
Umumlashtirilgan holda kutubxonachilik kasbini “inson-hujjat-inson” tipiga yoki kutubxonachilik atamalariga ko‘ra “kutubxonachi-hujjat-kitobxon” tipiga ajratish mumkin.
Zamonaviy kutubxonachi - bu uni qo‘l ostida bo‘lgan axborot resurslari yoki hujjatlashtirilgan bilimlar tizimi va ularga ehtiyoji bo‘lgan insonlar o‘rtasidagi vositachi-mutaxassisdir. Kutubxonachi kitobxonlar bilan ishlash jarayonida, hujjatlashtirilgan yoki hujjatlashtirilmagan shakldagi ijtimoiy axborotni almashish natijasida ijtimoiy-kommunikatsion faoliyatni amalga oshiradi.
Kutubxonachilik kasbinining asosiy mazmunini kutubxonachining kitoblar va foydalanuvchilar bilan o‘zaro munosabat tashkil etadi. Kutubxonachining vazifasi-foydalanuvchilarni axborotga bo‘lgan talablarini to‘g‘ri tushunishi va uni qondirishidir. Buning uchun u hujjatlarni va kitobxonlarni juda yaxshi bilishi kerak. Ya’ni, kutubxonachi nafaqat ilmiy-gumanitar va umumkutubxonachilik bilimlarni, shu bilan birga kitobshunoslik (hujjatshunoslik) va kitobxonshunoslik bilimlarini ham egallagan bo‘lishi kerak.
Kutubxonachining kitoblarni bilishi bo‘yicha kasbiy xislati tuzilishi bo‘yicha murakkab tuzilmaga va mazmuni bo‘yicha ko‘p aspektli bo‘lib – u o‘ziga adabiyotlar va hujjatlar oqimida, aniq bir tashkilot va kitobxonlar guruhini axborotga bo‘lgan talablarini hisobga olgan holda harakat qilishni, shuningdek hujjatlarni o‘ziga xosligini, ularni g‘oyaviy yo‘nalishini, ilmiy, amaliy va badiiy qiymatini baholay olishni, vatan va chet el ma’lumotnomalari, bibliografik va elektron nashrlardan foydalangan holda zudlik bilan axborot qidiruvini amalga oshirishni hamda kitob bilan kitobxonni, kitobxon bilan kitobni birlashtira olishni nazarda tutadi.
Kutubxonachida muloqot qila olish, kirishimlilik (kommunikabelnost) zarur kasbiy xislat hisoblanadi. Kutubxonachilik kommunikativ kompetentlik mezonlari quyidagilardir:
-kitobxonga qiziqish, unga ijobiy munosabatda bo‘lish;
-kitobxonning holatini tushunishi va uni kutubxonachi bilan o‘zaro harakatdagi qarashlarini bila olishi;
-kirishimlilik va aloqada bo‘la olishi;
-kitobxon bilan muloqotda sabrli bo‘la olishi;
-kitobxonga ta’sir o‘tkazish strategiyasini egallagan bo‘lishi;
-kommunikativ bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi (auditoriya oldida so‘zlay olishi, kutubxonada kitobxonlarni muloqotini tashkil qila olishi, ishbilarmonlik suhbatlarini olib bora olishi, ziddiyatli holatlarni ijobiy hal eta olishi va boshqalar).
Download 23,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish