18 ma’ruza: jabrlanganlarni transportirovka qilishda yordam ko`rsatish reja


Jabrlanganlarni transportirovka qilishda yordam ko`rsatish



Download 24,81 Kb.
bet2/5
Sana03.07.2022
Hajmi24,81 Kb.
#737212
1   2   3   4   5
Bog'liq
18 MA’RUZA JABRLANGANLARNI TRANSPORTIROVKA QILISHDA YORDAM KORSATISH

Jabrlanganlarni transportirovka qilishda yordam ko`rsatish.
Birinchi tibbiy yordamning eng muhim vazifasi – bemorni yoki talafot olgan odamni tezda xavfsiz holda shifoxonalarga yetkazish hisoblanadi. Transportirovka davrida jarohat olgan bemor qo`shimcha og`riq oladigan bo`lsa, u holda uning ahvoli yanada og`irlashadi yoki «shok» holatiga tushadi. Transportirovka qilish jarohatlangan bemorning ahvoliga, jarohat xarakteriga yoki kasalligiga qarab amalga oshiriladi. Agar tez yordamni chaqirish imkoni bo`lmasa, transpartirovka boshqa mashinada amalga oshiriladi. Transport vositalari bo’lmagan vaziyatlarda esa bemorlarni zambilda transportirovka qilinadi. Transportirovka davrida kasal yoki jarohat olgan odam doimiy nazorat qilib boriladi. yaTii nafas olishini, pulsini oo’lchash, o`qchiq kelganda qusuq massasining nafas olish yo`llariga tushmasligiga harakat qilinadi. Transportirovka davrida jabrlanganning ruhiyatiga birinchi yordam ko`rsatuvchining axloqi, xatti-harakati, muomalasi juda katta ta'sir ko`rsatadi.
Jabrlanganlarning jarohat darajalariga qarab, ular guruhlarga bo`lib tranportirovka qilinadi.
1-navbatda - ko`krak qafasi va nafas yo`llari jarohatlangan, o`zini bilmaydigan yoki shok holatdagilar, boshi jarohatlangan, ichki qon ketishi kuzatilgan, suyagi ochiq singanlar va kuyganlar guruhi.
2-navbatda - suyagi yopiq singanlar, qon ketishi to`xtatilgan jarohat olganlar guruhi.
3-navbatda - kichik qon yo`qotgan, eti uzilgan va kichik suyaklari singanlar guruhi. Har bir guruhga kiruvchi kichik yoshdagi bolalar birinchi navbatda evakuatsiya qilinadi, agar imkoniyat bo`lsa, ularning ota-onasi yoki qarindoshi bilan amalga oshiriladi.
Jarohatlangan va kasallarni transportda tashishda asosan yo‘l transporti (avtomobil, temir-yo‘l transporti), havo (samolyot, vertolyotlar), suv (daryo va dengiz transporti), shuningdek sanitar va moslashtirilgan transport vositalari qo‘llaniladi. Jarohatlangan shaxs yoki kasallarni tashish zambilda, qo‘lda, orqada, yelkada hamda qo‘l ostidagi vositalardan foydalanib amalga oshiriladi. Jarohatlanganlar bir kishi yoki bir-necha kishi yordamida tashiladi. Eng maqbul, og‘riq chaqirmaydigan va avaylab tashish usuli zambil yordamida tashishdir. Bemor yoki jarohatlanganlarnitashishda iloji boricha ehtiyot qiladigan sharoit yaratish kerak. Ularniqulay va to‘g‘ri holda yotqizish lozim.
Tashish va transportda tashish jarayonida noto‘g‘ri harakat qilish jarohatlangan yoki bemor ahvolining yomonlashuviga, qo‘shimcha jarohatlarning kelib chiqishiga, qon ketishining kuchayishiga, suyak bo‘laklarining joyidan siljishiga va boshqalarga olib kelishi mumkin. Oyoqlar va bosh suyagining shikastlanishida jarohatlanganlarni chalqancha, umurtqa pog‘onasi suyaklari singanda esa, aksincha, qoringa yotqizish lozim. Agar umurtqa pog‘onasi suyaklari jarohatlangan kishi zambilga chalqancha yotqizilsa, unda, albatta, zambilga yog‘och shit yoki keng taxta qo‘yilishi kerak.
Qorin va tos suyaklari shikastlanganda jarohatlanganlar chalqancha yotqizilib, oyoqlar bir oz tashqariga kengaytiriladi, tizza va son bo‘g‘imlari bukiladi. Bunda tizza bo‘g‘imlari tagiga kiyimdan yostiqcha qo‘yiladi. Shikastlanganlarni zambilda va transportda tashishda ularning umumiy holatini, bog‘lam yoki immobilizatsiya shinasining to‘g‘riqo‘yilganligini ko‘zdan kechirish lozim. Agar jarohatlanganlarni tashishuzoq davom etsa, ularning holatini o‘zgartirish, boshlari tagidagiyostiqchalarni to‘g‘rilab turish kerak.Gorizontal tekis yerda tashishda jarohatlanganlarning oyoq sohasi oldinda bo‘ladi. Agar jarohatlangan hushini yo‘qotgan bo‘lsa, bosh tomonioldinda bo‘ladi. Chunki bunda uni kuzatib borish imkoni bo‘ladi. Yuqorigaolib chiqilayotganda yoki pastga tushirishda esa uni gorizontal holdaushlash kerak. Yuqoridan pastga tushirilayotganda shikastlanganning oyoqsohasi oldinda, ko‘tarilayotganda esa, aksincha, bosh sohasi oldindabo‘ladi.
Jarohatlangan yoki bemorlarni transport vositasiga joylashtirishda avval zambil yuqori qatorlarga qo‘yiladi, keyin esa pastki qatorlarga joylanadi, tushirilayotganda esa, aksincha, avval pastki qatorlardan, so‘ngra esa yuqorigi qatorlardan zambil olinadi. Bosh suyagi, umurtqa pog‘onasi, qorin sohasi jarohatlanganlar hamda og‘ir yaralanganlar pastki qatorlarga joylashtiriladi, chunki yuqoriga nisbatan pastki qatorlarda kamroq chayqalish kuzatiladi.
Katta miqyosdagi tabbiy ofat, avariya va katastrofalarda ko`plab insonlar jarohat oladilar. Bunday vaziyatlarda birinchi navbatda tibbiv saralanadi. Tibbiy saralashda jarohat olganlar uch xil rangli tasmalar yoki qog’ozlar bilan belgilanadi.

Download 24,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish