«Qizil» - jarohati og’irlar, tez tibbiv yordamga muhtojlar kiradi;
«Sariq» - tibbiy yordamga muhtoj, ammo malum muddatgacha kutishi mumkin bo`lgan jarohat olganlar:
«Yashil» - jarohat olganlarni tibbiy ko`rikdan o’tkazish, lekin ular uzoq vaqtgacha kutishi mumkin bo`lganlar;
«Qora» - nafas olmayotganlar- o`lganlar
Jabrlanganlarni saralashda rangli tasma yoki qog’oz hamda himoya vositalari - qo`lqop, maska, ko`zoynak va boshqalar bo’lishligi shart. Triaj(saralash) vaqtida jabrlanganlarga tibbiy yordam ko`rsatilmaydi, faqat triajni qisqa fursatda o`tkazish talab etiladi. Triaj o`tkazib bo`lingandan so`ng, ularga birinchi tibbiy yordam ko`rsatiladi.
Birinchi tibbiy yordam ko`rsatish ketma-ketligi:
1-navbatda - nafas olmayotgan jarohat olganlarga;
2-navbatda - ko`krak sohasi va nafas yo`llari shikastlanganlarga;
3-navbatda - ko`p qon yo`qotganlarga;
4-navbatda - shok holatidagi yoki hushini yotganlarga;
5-navbatda - suyaklari ko’p singanlarga;
6-navbatda - yengil jarohat olganlarga.
Avariyalarning kelib chiqishiga quyidagi omiliar sababchi bo`lishi mumkin:
tabiiy ofat tufayli;
inshootlarni loyihalashda yoki uni qurishda qo`yiladigan xatoliklar tufayli;
ishlab chiqarish texnologiyasining buzilishi;
transport, mexanizm, jihozlardan noto`g`ri foydalanganda;
agressiv moddalar (portlovchi, tez alangalanuvchi zaharli mod-dalar)ning noto`g`ri saqlanishi va uni ishlatish qoidalarining buzilishi oqibatida;
texnika xavfsizlik qoidalarining buzilishi va boshqalar.
Mana shunday xatoliklar tufayli ishlab chiqarishlarda katta avariyalar sodir bo`ladiki, oqibatda ko`pdan ko’p insonlar jabrlanadi va moddiy boyliklar yo`q bo`lib ketadi. Ko`pincha kimyo, neftni qayta ishlovchi sanoat. qog`oz ishlab chiqarish sanoati. go`sht-sut, oziq-ovqat. metallur-giya, konchilik va boshqa sanoat korxonalarida avariyalar tez-tez uchray-di. Ayniqsa, KTZM ta'sirida bo`ladigan avariyalar: kimyo, ncftni qayta ishlovchi, qog`oz-selluloza. go`sht-sut, oziq-ovqat sanoati, suv tozalash inshootlarida hamda temir yo`llarda KTZMni tashishda ko`p uchray-di. KTZM ko`rsatilgan konsentratsiyadan ortiq bo`lganda odamlarga, qishloq xo`jalik hayvonlariga, o`simliklarga, tashqi muhitga ta'sir etib. turli darajada shikastlantiradi. KTZM qatoriga texnologik jarayonlarda qo`llaniladigan ammiak, xlor, sulfat kislotasi, vodorod ftorid, azot va ol-tingugurt oksidlari va boshqalar kiritish mumkin. Ba'zi bir KTZMIaming fizik-kimyoviy va zaharli xususiyatlari 7-jadvalda keltirilgan. Shulardan sanoatda ko`p ishlatiladigani ammiak. Ammiak - nashatir hidli rangsiz gaz. Uni sanoatda sovutgich vositasi sifatida, azotli o`gitlar olishda va boshqa maqsadlarda ishlatiiadi. Agar ammiak havo bilan 4:3 nisbatda aralashsa portlaydi. Ammiak suvda yaxshi eriydi.Uning yuqori konsen-tratsiyasi insonning markaziy asab sistemasini izdan chiqarib, asablaming falaj bo`lishiga olib keladi. Agar ammiak ta^sirida inson zaharlansa. bir necha soatdan so`ng u o`limga olib keladi. Teriga tegsa turli darajadau jarohatlanish ro’y beradi
Do'stlaringiz bilan baham: |