Bular avvalo quyidagi narx omillandir.
1. Foiz stavkasi samarasi;
2. Boylik samarasi;
Import xaridlar samarasi Foiz stavkasi samarasi shuni bildiradiki, agarda mamlakatda pul massasi hajmi doimiy deb faraz qilinsa, narxlar o’sib borayotgan bo'lsa, bunday holatda aholi va korhonalarning harakatlari uchun ko‘proq pul kerak boladi. Bu esa pulga bolgan talabni oshiradi, demak uning narxi, ya’ni foiz stavkasi ko‘tariladi.
O‘z navbatida, yuqori darajadagi foiz stavkasida, aholi va tadbir- korlar o‘z harajatlarini qisqartirib, jamg‘armalarni bankka qo‘yishni afzal ko‘rishadi. Shunday qilib, narxlarning o‘sishi pulga bo'lgan talabni ко 'paytirib foiz stavkasini ko‘tarilishiga olib keladi va shu tufaylimilliy mahsulotning realhajmiga bo4gan talabni qisqartiradu.
Boylik samarasi shuni bildiradiki, narxlar darajasining o‘sishi bilan jamg'arilgan pul aktivlarining (hisoblardagi omonatlar, obligatsiyalar) real xarid qobilyati tushib ketadi. Ya’ni aholi tobora kambag'allashib boradi va tabiiyki u o‘zining tovar va xizmatlarni sotib olishga ketadigan harajatini qisqartiradi. Natijada yalpi talab ham kamayadi.
Import xaridlari samarasi deganda shuni tushunish lozimki, qachonki narxlar darajasi xorijiy narxlarga nisbatan oshib borsa, mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga bo‘lgan talab kamayadi, import mahsulotlariga esa talab oshadi, ya’ni milliy mahsulotga bo lgan ehtiyoj qisqaradi. Mamlakatda narxlar darajasining pasayishi importning kamayishiga va eksportning kengayishiga sabab bo‘ladi yo l oshqacha aytganda milliy mahsulotga bo‘lgan talabni oshiradi.
Narxlar darajasining o‘zgarishi yalpi talab egri chizig’ining o’zganshiga olib keladi. Yalpi talab egri chizig'iga narxdan tashqaii boshqa omilar ham ta’sir ko'rsatadi.
Yalpi talabning narxga bo’lmagan omillariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Pul massasinig o’zgarishi (uning oshishi yalpi talabni oshishga, kamayishi yalpi talabni kamayishiga olib keladi);
Aholi iste’mol xarajatlarining 0‘zgarishlari-
Soliq siyosatidagi o‘zgarishlar;
Davlat xarajatlaridagi o‘zgarishlar; AD vaziyatdan AD] vaziyatga o’tishi bu yalpi talabning ortib borishini ko‘rsatadi, AD vaziyatdan AD2 vaziyatga o'tishi bu yalpi talabning qisqarishiga olib keladi.
Yalpi taklif va unga ta’sir etuvchi omillar
Yalpi taklif - bu muayyan narxlar darajasida ishlab chiqarilishi va taklif qilinishi mumkin bo'lgan iste’mol hamda investisiya tovarlari va xizmatlarning umumiy miqdoridir.
Narxlar darajasi va yalpi takliq ishlab chiqarish darajasi o'rtasidagi bogTiqlikni ifoda etuvchi chiziq yalpi taklif egri chizig‘i deb ataladi1.
Makroiqtisodiyotda yalpi taklif egri chizig1 i uchta vaziyatni о z ichiga oladi. U alohida tovarga boigan talab egri chizig4iga o‘xshash rinishga ega, ammo endi unga talab egri chizigl yo‘nalishini bel i° beruvchi daromad samarasi yoki o‘rinbosar tovarlar samarasi narx omillari ta'sir ko‘rsatmaydi. Yalpi talab egri chizig‘i lishiga q an day omillar ta ’sir qiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |