«texnologiyalar transferi agentligi» davlat unitar korxonasining asosiy faoliyat sohalari:
1) innovasion loyihalarni ishlab chiqish va ularni ishlab chiqarishga joriy etish
2) innovasion loyihalarni ishlab chiqish va ularni ishlab chiqarishga joriy etish
3) ilmiy-texnik ishlanmalarni tijorat sotuvi ob’yekti sifatida ishlab chiqarishga joriy etish loyihalarini tuzish va amalga oshirish
4) ilmiy-texnik ishlanmalar natijalarini tijoratlashtirish sohasida xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni amalga oshirish.
Moliyalashtirishning innovasion usullarini joriy etish orqali xududlarning tashqi iqtisodiy faoliyatini oshirish
Moliya sohasida innovasiyalar:
Birinchidan, moliyaviy innovasiya – bu moliya bozoridagi innovasion instrumentlardan iborat bo‘lib, ularga birinchi navbatda derivativlar kiradi.
Ikkinchidan, innovasion moliyalashtirish tushunchasi ishlatilib, bunda innovasion jarayonlarni moliyalashtirish, xususan venchur asosida investisiyalarni moliyalashtirish tushuniladi.
Uchinchidan, iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda moliyaviy mablag‘larni jalb etishning innovasion usullari hisoblanadi.
“moliyalashtirishning innovasion mexanizmi” tushunchasining joriy etilishi:
2000 yilda BMT tomonidan Mingyillik Taraqqiyot Yo‘nalishlari (Millennium Development Goals (MDGs))
2002 yilda Montereyda BMTning Taraqqiyotni moliyalashtirishga bag‘ishlangan Konferensiya
2005 yilda Nyu Yorkdagi konferensiyada moliyalashtirishning innovasion manbalari bo‘yicha ko‘p tomonlama deklorasiya qabul qilindi
2008 yilda Doxa (Qatar) Taraqqiyotga ko‘maklashuvchi moliyalashtirish bo‘yicha xalqaro konferensiya
“Taraqqiyotni moliyalashtirishning innovasion usullarining yaxlit konseptual asosi shakllanmaganligi sababli, ularga moliyalashtirishning barcha noana’anaviy shakllarini keltirish mumkin:
-rasmiy moliyaviy yordam bo‘yicha majburiyatlarni sekьyuritizasiyalash,
-xalqaro soliqlar va SDRning taqsimlanishi,
-chet elda ishlayotganlar uchun milliy valyutada obligasiyalarni chiqarish,
-iqtisodiy taraqqiyotga bog‘langan obligasiyalar emissiyasi,
-xalqaro pul o‘tkazmalaridan investisiya maqsadlarida foydalanish,
-davlat tomonidan tabiiy ofatlarni sug‘urtlash mexanizmlari.”
Moliyalashtirishning innovasion usullari:
Birinchidan, xalqaro soliqlarga asoslangan, davlat byudjetiga bevosita tushumni ta’minlovchi mexanizmlar bo‘lib, ularni moliyalashtirishning innovasion manbalari deb yuritiladi.
Ikkinchidan, bilvosita moliyalashtirish mexanizmi bo‘lib, ularga pul mablag‘larini restrukturizasiyalash mexanizmi, global resurslarni jalb qilish mexanizmi, risklarni boshqarish mexanizmi, aholi yoki xususiy sektor mablag‘larini jalb qilish mexanizmlari kiradi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning innovasiya faoliyati zaruriyati.
O‘zbekiston Respublikasining “Investisiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunida investisiya mo‘ljallangan ob’yektiga ko‘ra, “kapital, innovasiya va ijtimoiy” investisiyalarga bo‘linadi (3- modda).
innovasion faoliyatning asosiy natijalari:
1) jamiyatning ilmiy-texnik rivojlanishi (jarayoni);
2) takomillashgan va zamonaviy texnologiyalarni yaratish;
3) jamiyatda mehnat unumdorligini oshishi;
4) korxonalarning ilmiy texnikaviy rivojlanishi;
innovasion faoliyatning asosiy natijalari:
xodimlarning malakasini oshishi;
jamiyat va uning qismlarining ehtiyojlarini qondirish;
korxonalarning qo‘shimcha daromad olishi;
jamiyatning yalpi qo‘shimcha daromad olish darajasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |