18- Mavzu: G’ILDIRAKLI TRAKTORLARNING YURISH QISMI
Reja:
1. Yurish qismining asosiy elementlari
2. Traktorlarning o‘tuvchanligi
3. Old ko‘prik va g‘ildiraklar
Adabiyotlar: 1, 2, 3, 7, 9
Tayanch iboralar: massa, tayanch yuza, ramali, ramasiz, o‘tuvchanlik, solishtirma bosim,
g‘ildirak shinalari, traktor koleyasi, kamerali, kamerasiz, zanjirli harakatlantirgich.
1. Yurish qismining asosiy elementlari
Yurish qismi traktor (avtomobil) massasini tayanch yuzaga uzatadi va traktor (avtomobil)
ni yurgizadi. U ko‘taruvchi tizimlar, g‘ildiraklar va osmalardan iborat.
Ko‘taruvchi tizim (ostov) traktor (avtomobil) asosi bo‘lib, o‘nga traktorga ta’sir qiladigan
zo‘riqishlarni qabul kiluvchi barcha agregatlar mahkamlanadi.
Yuritgich dvigateldan olingan quvvatni transmissiya orqali
ostovga uzatadi va traktor
(avtomobil) ni ilgarilanma harakatlantiradi.
Osma ko‘taruvchi tizimni yuritkich bilan birlashtiradi va traktor (avtomobil) ning ravon
yurishini ta’minlaydi.
Traktorlar ostovi konstruksiyasi jihatidan ramali va ramasizlarga bo‘linadi.
Ramali ostov har xil profilli balkalardan payvandlangan yoki parchinlangan ramadan
iborat bo‘lib, o‘nga transmissiya agregatlari va dvigatel o‘rnatiladi (T-150K va K -701
traktorlari).
Yarim ramali ostov dvigatel va transmissiya korpusini o‘rnatish
uchun yarim rama
balkalarini tashkil etadi (MTZ-80 va MTZ-100 traktorlari).
2. Traktorlarning o‘tuvchanligi
O‘tuvchanlik – traktor (avtomobil)dan samarali foydalanish imkoniyatini aniqlaydigan
asosiy sifatlardan biridir. Ayniqsa traktorning MTA sostavida turli tuproq-iqlim va tabiiy
sharoitlarda talab etilgan agrotexnika darajasida harakatlanish va
har xil ishlarni bajarish
xususiyatini aniqlab beradi. U g‘ildiraklarning tuproqqa tushadigan solishtirma bosimi, yo‘l
tirqishi, koleyalar, agrotexnika tirqishi, himoya zonasi va abris bilan harakterlanadi.
G‘ildirakli mashinaning tuproqka solishtirma bosimi g‘ildirak shinalari tipiga va undagi
havo
bosimiga, g‘ildirakka tushadigan yuklanishga, g‘ildirakning tuproqqa botishi darajasiga
bog‘liq bo‘ladi. Zanjirli yuritkichning tuproqqa solishtirma bosimi
uning tuzilishi va asosiy
o‘lchamlari – osma tipi, tayanch uzunligi, zanjir (gusenitsa)
kengligi, tayanch katoklar
diametrlari va ular orasidagi masofaga,
zanjir zvenosi qadami, bosim markazi holatiga bog‘liq
bo‘ladi.
Vertikal yo‘l tirqishi h
d
(1-rasm) – bu traktor (avtomobil) ning eng quyi nuqtasi (old yoki
orqa ko‘prik quyi nuqtasi) dan tuproq (yo‘l) betigacha bo‘lgan oraliq masofa. U traktorning yo‘l
notekisliklari va chiziqlaridan o‘tayotganda, chuqur egatga tushib qolganda va boshqa hollarda
o‘tuvchanligini ta’minlashi lozim. Umumiy ishlarni bajaruvchi traktorlarning yo‘l tirqishi 0,4 m,
universal chopiq traktorlarniki esa 0.45…0,60 m gacha bo‘ladi.
Agrotexnika tirqishi h
a
yerdan traktor konstruksiyasining elementlarigacha
egat ustidan
vertikal bo‘yicha eng kichik masofa. U ishlov beriladigan ekin bo‘yiga bog‘liq. Ular qancha
baland bo‘lsa, agrotexnika tirqishi shuncha katta bo‘lishi lozim. Universal chopiq traktorlari
uchun h
a
= 475…850 mm.
Traktor koleyasi – mashinalar profillari o‘rtasidan o‘tkazilggan o‘q
chiziqlar orasidagi
masofa. Universal-chopiq traktorlarining koleyasi eni turlicha bo‘lgan qator oraliqlarda ishlay
oladigan darajada o‘zgartirilishi lozim.