Berk zanjir uchun Om qonuni
Har qanaday berk elektr zanjirlar tashqi qism deb yuritiladigan iste’molchi va
ichki qism deb ataladigan tok manbaidan iborat bo’ladi. Bunday zanjir zaryadga elektr kuchlari bilan bir qatorda tashqi kuchlar ham ta’sir etadi. Shu tufayli tok zichligi quyidagicha ifodalanadi:
(5.22)
(5.22) ning ikkala tomonini dl – ga ko’paytirib, integrallash natijasida quyidagini hosil qilamiz.
yoki
(5.23)
(5.23) bir jinsli bo’lmagan tok zanjiri uchun Om qonunidir.
R´ - zanjirining to’la qarshiligi.
Berk zanjir uchun tashqi va ichki qarshiliklarni mos holda R va r deb belgilasak:
(5.24)
(5.24 3) bekr zanjir uchun Om qonuning ifodasidir. Berk zanjirda tok kuchi E.Yu.K.ga to’g’ri proporsional, zanjirning tashqi va ichki qarshiliklarining yig’indisiga esa teskari proporsionaldir.
Agar bo’lsa, tok maksimal qiymatga erishsa, qisqa tutashuv sodir bo’ladi. . Qisqa tutashuv ko`ngilsiz voqealarning sababchisi hisoblanadi, buning oldini olish uchun zanjir elektr saqlagich bilan jihozlanadi.
Agar bo’lsa, zanjir ochiq bo’lib, kuchlanish E.Yu.K. ga teng bo’ladi.
Joul – Lens qonuni
Kuchlanish manbaiga ulangan tok zanjirining bir jinsli qismini kuzatamiz. Elektr kuchlari dt –vaqt oralig’ida q=1dt zaryadni ko’chirib ish bajaradi:
(5.25)
Om qonuniga muvofiq, bu ish quyidagicha ifodalanadi:
(5.26)
Agar zanjir qo’zg’almas bo’lib, unda hech qanday ximiyaviy o’zgarishlar sodir bo’lmasa, bajarilgan ish o’tkazgichning ichki energiyasini oshirishga sarflanadi hamda o’tkazgich qiziydi. Buni Joul va Lenslar (1844-y) bevosita tajribada aniqlaganlar. Energiyaning saqlanish qonuniga muvofiq dQ=dA
(5.27)
(5.28) Joul-Lens qonunining ifodasi.
Tokli o’tkazgichlardan ajralib chiqqan issiqlik miqdori, tok kuchining kvadrati bilan o’tkazgich qarshiligi va o’tish vaqtining ko’paytmasiga to’g’ri proporsionaldir.
Tokli o’tkazgichlardagi issiqlik hodisalarini xarakterlash uchun solishtirma issiqlik quvvati tushunchasidan foydalaniladi. Birlik hajmda bir sekund vaqt oralig’ida ajralib chiqqan issiqlik miqdoriga son jihatdan teng kattalik solishtirma issiqlik quvvati deyiladi.
(5.29)
Tok kuchini uning zichligi orqali ifodalab:
(5.30)
(5.29) va (5.30) lardan:
yoki (5.31)
(5.31) Joul-Lens qonuning differensial ko’rinishidir.
(Elektr tokining issiqlik ta’siridan har xil maqsadlarda foydalanish mumkin. cho’g’lanma tolali lampa yaratilishi. Mufel pechlarining ishlash prinsiplari elektr tokining issiqlik ta’siriga asoslangan).
Do'stlaringiz bilan baham: |