18 – ma’ruza. Darsning maqsadi. Mavzu: Vakuumda elektr toki. Тermoelektron emissiya xodisasi. Diod, Тriod lampalarni volt amper tavsifnomasi. Gazlarda elektr toki. Gaz razryadining volt amper tavsifnomasi



Download 290,15 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana14.08.2021
Hajmi290,15 Kb.
#147816
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
28dFBQEedtViy3NGYe4XoAtcICqoKTGDXWKExiA6



Е



Е



Е



I



I

 

Е

 

C

 

d

 


shuningdek,  elektrodlarning  materiali,  shakli,  o’lchamlari  va  o’zaro  joylashishiga 

bog’liq. 

 

MUSТAQIL GAZ RAZRYaDINING ТURLARI. 

1.      Uchqunli  razryad.  Katta  elektr  maydoni  kuchlanganliklarida  (30000  v/sm 

atrofida)  me’yoriy  yoki  yuqori  bosimda  bo’lgan  gazda  uchqun  razryad  (gazning 

teshilishi)  ro’y  beradi.  Uning  ko’rinishi  elektrodlar  orasida  biron  hosil  bo’ladigan 

yorqin egri-bugri tarmoqlangan kanal ko’rinishida bo’ladi. Razryad vaqt o’tishi bilan 

uzuq – yuluq bo’ladi (kanal goh alangalanadi, goh so’nadi) va kuchli chirsillash bilan 

boradi. 


Тabiiy  sharoitda bo’ladigan  juda katta  uchqunli  razryadga  yashin  misol  bo’la 

oladi. Yashin  bulut  va  yer  yoki  ikki  chaqmoq  bulut  orasida  yuzaga keladigan  elektr 

uchqunidir.  Yashinning  uzunligi  bir  necha  kilometrga  yetishi  mumkin,  yashin 

kanalining  diametri  25  sm,  kanaldagi  tok  kuchi  10

5

  a  ga  yetadi.  Yashin  10



-6

  sek 

davom  etadi.  Chaqmoq  xodisalari,  xususan  yashin  birinchi  bo’lib  XVIII  asrning 

o’rtalarida  M.  V.  Lomonosov  va  G.V.Rixman  hamda  ulardan  mustaqil  holda 

amerikalik olim Franklin tomonidan sinovda o’rganilgan edi. 

2.  Тoj  razryad.  Bir  jinsli  bo’lmagan  elektr  maydonida  bo’lgan  me’yoriy  yoki 

yuqori bosimli gazda elektrodlar o’tkir qismlarining yaqinida toj razryadi kuzatiladi. 

Тoj  razryad  gazning  och  binafsha  rangda  nurlanishi  bo’lib,  zaif  lippillash  bilan 

boradi.  Razryad  gaz  molekulalarining  kuchli  elektr  maydonida  katta  tezliklargacha 

tezlatilgan elektronlari va ionlarining zarb bilan ionlanishi tufayli yuzaga keladi. 

Тoj razryad, masalan, yuqori kuchlanish simlari yaqinida, machta uchlarida va 

boshqa o’tkir uchli jismlar yaqinida hosil bo’ladi. Yashin  qaytargichning ishlashi toj 

razryadiga  asoslangan.  Atmosferada  momaqaldiroq  bo’lgan  vaqtda  hosil  bo’lgan 

kuchli elektr maydoni yashin qaytargichning uchida toj razryadni vujudga keltiradi. 

3.  Yey  razryad.  Yey  razryad  bir-biriga  yaqin  joylashgan  ikki  elektr  (ko’mir 

yoki  metall  elektrod)  orasida  unchalik  katta  bo’lmagan  kuchlanishlarda  (60  v 

atrofida) vujudga keladi. 

Atmosfera  bosimida  uning  temperaturasi  baland  5000-6000°K  bo’ladi  va 

ko’zni qamashtiradigan darajada nurlanadi. Yey razryad vaqtida 1 mm

yuzaga to’g’ri 

keladigan tok zichligi bir necha ming amperga yetadi. 

Yey  razryad  asosan  cho’g’langan  katodning  termoelektron  emissiyasidan 

yuzaga keladi. 

Yey  razryadini  1802  yilda  V.V.Petrov  kashf  qilgan  edi.  Hozirgi  vaqtda 

razryadning bu turi metallarni payvand qilish (elektr yoyi bilan payvandlash), maxsus 

po’latlarni  eritish  (yey  pechi),  yoritish  (yey  fonar,  projektor)  va  boshqa  soxalarda 

qo’llaniladi.  Yey  razryadining  past    bosimdagi    simob  bug’laridagi  yorug’ligi 

ultrabinafsha nurlariga juda boy bo’ladi. 

4. Yolqin razryad. Yolqin razryad gazda past bosim (0,1  mm simob    ustuni) 

va  elektr  maydonining  yuqori  kuchlanganliklarida  (80  v/sm  atrofida)  kuzatiladi. 

Razryad  gaz-razryad  nayining  elektrodlari  orasida  deyarli  butun  fazoni  to’ldiruvchi 

sokin  nurlanuvchi  A  ustun  (musbat  ustun)  ko’rinishida  bo’ladi  (10-chizma),  faqat 

katod  yaqinidagi  kichik  V  sohagina  nurlanmay  qoladi  (katod  qorongi  fazosi). 

Nurlanish  qo’zg’algan    molekulalarni  vujudga  keltiradi,  nurlanishning  ranggi  gaz 

tabiatiga bog’liq bo’ladi. 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



10 – chizma 

Yolqin  razryad  musbat  ionlarning  katoddan  urib  chiqargan  elektronlarning 

zarbi  bilan  ionlanishi  tufayli  hosil  bo’ladi.  Katod  yaqinida  bu  elektronlar  maydon 

ta’sirida endi tezlasha boshlagan bo’ladi. Shuning uchun V soha ularni amalda zarb 

bilan  ionlashtirmay  ham,  hatto  gaz  molekulalarini  qo’zg’algan  holatga  ham  keltira 

olmaydi,  bu  sohaning  nurlanmasligining  sababi  shu.  Elektronlar  musbat  A  ustunga 

yetgach,  yetarli  kinetik  energiyaga  ega  bo’ladi  va  shu  sababli  ustundagi  gazni 

ionlashtiradi.  Zarb  bilan  ionlashda  hosil  bo’ladigan  musbat  ionlar  katodga  qarab   

intiladi va katoddan yangi elektronlarni urib chiqaradi, bu elektronlar o’z navbatida 

yana A sohadagi gazni ionlashtiradi va hokazo. Shunday qilib, yolqin razryad uzliksiz 

sanaladi. 

V sohada (A sohaga nisbatan) ionizatsiya kam bo’lgani uchun tok manbai hosil 

qilgan kuchlanishning deyarli barcha tushishlari bu sohada to’plangan. 

Gaz  yanada  siyraklanganda  uning  nurlanishi  zaiflashadi  va  amalda  simob 

ustupi  10

-3

  mm  sim  ust  tartibiga  yetganda  to’xtaydi.  So’ngra  shisha  nay  (devorlari) 



yashil rangda nurlana boshlaydi. 

Bosim  yanada  kamaytirilganda  shishaning  yashil  nurlanishi  susayadi  va  10-5 



mm simust  ga yaqin bosimlarda to’xtaydi. 

Yolqin  razryad  bo’layotgan  lampalar  yorug’lik  manbalari  sifatida  ishlatiladi 



(kunduzgi  yorug’lik  lampalari).  Bu  hollarda  ular  argon  aralashgan  simob  bug’lari 

bilan  to’ldiriladi,  nayning  devorlari  ich        tomondan  fluoressiyalanadigan  modda 



(lyuminofor) bilan qoplanadi. 

Qutb  yog’dusi  tabiiy  sharoitlarda  bo’ladigan  yolqin  razryadga  misol  bo’ladi. 

Bu yog’du atmosferaning yuqori (siyrak) qatlamlarida quyoshning aktiv sohalaridan 

chiqib,  yerning  magnit  maydoni  tomonidan  yer  magnit  qutblari  zonalarida 

yig’iladigan zaryadlangan zarralar oqimlari ta’sirida hosil bo’ladi. 




Download 290,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish