Diodning asosiy elektr xarakteristikasi — undan to'g'ri va teskari yo'nalishlarda o'tayotgan tokning yarimo'tkazgichlarga tashqaridan berilayotgan kuchlanishga bog'liqligidir. Bunday bog'lanish diodning volt-amper xaraktcristikasi (VAX) deb ataladi. 6- rasmda yarimo'tkazgichli diodning volt-amper xarakteristikasi tasvirlangan.
6-rasm
Qurilmaning tuzilishi va ishlashi
Yarimo'tkazgichli diodning volt-amper xarakteristikasini o'rganishning elektr sxemasi 7- rasmda keltirilgan. Qurilma doimiy tok manbayi, o'zgarmastok voltmetri va
ampermetrlari,yarimo'tkazgichli diod va ulash simlaridan tashkil topgan. A ampermetr dioddan o'tayotgan to'g'ri tokning qiymatini o'lchaydi. Zanjirga berilayotgan kuchla-nishning qiymati bevosita reostat yordamida o’zgartirilib, dioddan o'tayotgan to'g'ri tokning qiymatlarini qayd etamiz. So'ngra diod tok manbayiga teskari yo'nalishda ulanadi. Teskari yo'nalishda ulangan diod orqali oqayotgan tok kuchi juda kichik bo'liganligi uchun
7-rasm
ampermetr o’rniga mikroampermetr ulanadi. Teskari ulangandagi tokning qiymati mikro-ampermetr yordamida qayd etiladi.
Ishni bajarish tartibi
1. Laboratoriya ishining yo'riqnomasi bilan tanishib bo'lgach, 8- rasmda keltirilgan elektr zanjirini tuzing va uning to'g'riligini o'qituvchiga tekshirtiring. Qurilmani ishga tushirish uchun o'qituvchidan raxsat oling.
2. Qurilma tarkibidagi tok manbayini tok tarmog'iga ulang.
3. To'g'ri ulangan diodning volt-amper xarakteristikasini olib bo'lgach qurilmani o’chiring
4. Diodni tok manbayiga teskari yo'nalishda ulang
5. Diodga berilayotgan kuchlanishning turli qiymatlarida undan oqayotgan teskari tokning qiymatlarini mikroampermetr yordamida qayd eting.
6. Qhngan natijalar asosida quyidagi jadvalni to'ldiring:
7. Tajriba natijalari asosida diodning volt-amper xarakteristikasini chizing.
№
To’g’ri ulash
Teskari ulash
I,(mA)
U,(V)
I,(A)
U,(V)
1
2
3
…
Nazorat uchun savollar
1. n va p-turdagi o'tkazuvchanlikning hosil bo'lish mexanizmini tushuntiring.
2. Yarimo'tkazgichlarning xususiy va aralashmali o'tkazuvchanligini tushuntiring.
3. Qanday yarimo'tkazgichlar donor aralashmali yarimo'tkazgichlar deb ataladi? Akseptorli- chi?
4. Yarimo'tkazgichli diodning tuzilishi va uning ishlash mexanizmini tushuntiring.