Ish beruvchi va xodim o‘rtasida elektron hujjat almashinuvi bo‘yicha o‘zaro aloqalar tartibi;
xodimning mehnat majburiyatlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan jihozlar va/yoki texnika vositalaridan foydalanish tartibi, agar tomonlar tarafidan xodimga tegishli jihozlar va/yoki texnika vositalaridan foydalanish to‘g‘risidagi kelishuv mavjud bo‘lsa;
Ish beruvchi bilan doimiy aloqalarini ta’minlash maqsadida xodimni aloqa vositalari bilan ta’minlash, shu jumladan Internet tarmog‘idan foydalanish;
Ish beruvchi tomonidan xodimga berilgan jihozlar va texnikalarning xodimning aybi bilan buzilganda, etkazilgan zararni xodim tomonidan Ish beruvchiga qoplab berish bilan bog‘liq shartlar;
xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarish uchun shaxsiy jihozlar va/yoki texnika vositalaridan, shuningdek aloqa vositalari, shu jumladan Internet tarmog‘idan foydalangan taqdirda xarajatlarni qoplash tartibi va shartlari;
xodim va Ish beruvchining zaruriy mehnat muhofazasi va mehnat sharoitlariga amal qilish bo‘yicha majburiyatlari;
xodimni ishlab chiqarish zaruriyati tug‘ilganda doimiy ish joyiga o‘tkazish shartlari.
Xodim pandemiya vaqtida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganda, Ish beruvchi unga Kasaba uyushmasi tashkilotchisining tavsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 barobari miqdorida moddiy yordam ko‘rsatadi
Pandemiya davrida ish jarayonida kasallangan xodimlarning davolanishiga ketadigan xarajatlar tashkilot mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Pandemiya munosabati bilan kasallik yuqtirgan xodimlarning sog‘lig‘iga shikast etkazilganligi yoki ularning og‘ir ahvolga tushishi va sog‘lig‘i tiklanmaganligi munosabati bilan Ish beruvchi tashkilotning moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi.
Ish beruvchi yuqumli virus kasalligiga chalingan xodimlarga moddiy yordam ko‘rsatishi, ularning davolanishi va dori-darmonlarning xarajati (shu jumladan, xodimning bolalari kasal bo‘lsa) uchun to‘lovni amalga oshirishi shart.
YUqumli kasalliklar bilan og‘rib tuzalgan xodimlarni tashkilot hisobidan har 3 oyda bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Xodimlarni ish faoliyatlari bilan bog‘liq turli yuqumli kasalliklarga chalinishlari mumkin bo‘lgan holatlar haqida ogohlantiruvchi ma’lumotlar bilan ta’minlaydi, stendlar, tarqatma materiallarni chop ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |