VI. MEHNAT INTIZOMI
Xodimlar tomonidan mehnat vazifalarining bajarilishi, mehnat shartnomalari, lavozim yo‘riqnomalari, odob-ahloq qoidalari, Maktabgacha ta`lim Nizomi hamda Ichki mehnat tartibi qoidalariga binoan ta’minlanishini va nazorat qilinishini taraflar o‘z zimmasiga oladilar.
Ichki intizomni belgilovchi hujjatlar xodimlarga tanishtirilishi Ish beruvchining majburiyati hisoblanadi. Intizom qoidalari bilan tanishtirilmagan xodimga mazkur qoidalarning buzilishi vaji bilan intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin emas.
Ish beruvchi Mehnat kodeksining 180-moddasiga asosan:
a) xodimlarni ishdagi muvofaqqiyatlari uchun tarmoq va davlat mukofotlariga taqdim etish;
b) xodimlarni mehnatdagi yutuqlari uchun hamda yubiley sanalarida tabriklash (50, 55, 60 yoshga to‘lganda):
tashakkur e’lon qilish;
qimmatbaho sovg‘alar berish;
sayohatlarga yuborish;
sanatoriy-profilaktoriyga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining sanatoriylari va dam olish uylariga yo‘llanmalar taqdim etish yo‘li bilan RAG‘BATLANTIRISHni o‘z zimmasiga oladi.
Mehnat kodeksining 180-moddasi, 3-xatboshisiga asosan, Ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va mehnat haqi tizimida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar rag‘batlantirish turlariga kirmaydi.
Intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilmaydi.
Maktabgacha ta`lim kasaba uyushmasi tashkilotchisi intizomiy jazoga tortilgan xodimlarga nisbatan to‘lovlar adolatli to‘lanishini qat’iy nazorat qilishi lozim.
VII. MEHNAT SHARTNOMASI TARAFLARINING MODDIY JAVOBGARLIGI
Ish beruvchi quyidagi hollarda bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘laydi:
a) xodimning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda vafot etishi munosabati bilan uning olti yillik o‘rtacha ish haqi miqdorida;
b) xodimning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda sog‘ligiga shikast etkazilganligi munosabati bilan uning bir yillik o‘rtacha ish haqi miqdorida;
Ish beruvchi zarar etkazilgan chog‘dagi aniq holatlarni hisobga olib, aybdor xodimdan zararni undirishdan qisman yoki to‘liq voz kechishga haqli. Bunday holda etkazilgan zarar Maktabgacha ta`lim hisobidan qoplanadi.
Bevosita pul yoki tovar qimmatliklari bilan muomala qilayotgan xodimlar maxsus yozma shartnoma asosida ularga ishonib topshirilgan qimmatliklarning saqlanishini ta’minlamaganligi uchun to‘liq moddiy javobgar bo‘ladilar. To‘liq moddiy javobgarlik haqida shartnoma tuzilishi lozim bo‘lgan xodimlarning toifalari ro‘yxati 3-ilovada keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |