GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI HSM O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar. Ochilov Iskandar 98-20 guruh talabasi REJA: 2. “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” 3. Ta’limning milliy modelining shakllanishi, rivojlanishi va sohadagi muammolar 1. Mustaqillik yillarida ilm-fan 4. O’zbekistonda mustaqillik yillarida oliy ta’lim va ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan boshlab yurtimizda ilm-fan sohalarini rivojlantirishga alohida e’tibor berila boshlangan. Avvalo, Prezidentning 1992-yil martdagi farmoni bilan ilmiy kadrlar tayyorlanishini tashkil etuvchi vakolatli organ – Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tashkil etildi. Prezidentning 1992-yil iyuldagi «Ilm-fanni davlat yo‘li bilan qo‘llabquvvatlash va innovatsiya faoliyatini rivojlantirish to‘g‘risida»gi farmoni asosida respublika olimlari xorijiy mamlakatlarga tajriba oshirishga yuborilishi yo‘lga qo‘yildi. Ilmiy natijalarni ichki va tashqi bozorga olib chiqish bilan shug‘ullanuvchi Respublika ilmiy ishlanmalarni innovatsiya tijorat markaziFanlar akademiyasi tarkibida tashkil etildi. 1997-yil Xorazm Ma’mun akademiyasi qayta tiklanib, Fanlar akademiyasining mintaqaviy bo‘linmasi sifatida tashkil etildi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida ilm-fan. 2000-yili Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar fondi dunyoning eng boy qo‘lyozmalar xazinasidan biri sifatida YUNESKO madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi.
Prezidentning 2006-yil avgustdagi «Fan va texnologiyalar rivojlanishining muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘-risida»gi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzurida Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tashkil etildi. Qo‘mitaga fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish, akademik va oliy ta’lim muassasalari fani integratsiyalashuviga, ilmiy sohadagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish kabi vazifalar belgilab qo‘yildi.
2008-yildan buyon Toshkentda innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasio‘tkazib kelinmoqda. 2008–2015-yillar o‘tkazilgan I – VIII yarmarkalar doirasida jami 4000 dan ortiq ishlanmalar taqdim etildi. 2008-yildan buyon umumiy qiymati 113 mlrd.so‘mdan ortiq bo‘lgan 3000 dan ziyod shartnomalar tuzildi.