17-mavzu: Materiallarning magnetik xarakteristikalari. Magnit materiallarni tasnifi. Reja



Download 2,83 Mb.
bet1/3
Sana06.08.2021
Hajmi2,83 Mb.
#140457
  1   2   3
Bog'liq
17-mavzu. materiallar


17-mavzu: Materiallarning magnetik xarakteristikalari. Magnit materiallarni tasnifi.

Reja:

  1. Magnit singdiruvchanlik.

  2. To’yinish induksiyasi.

  3. Solishtirma hajmiy energiya W.

Tashqi magnit maydoni ta’sirida magnitlanadigan, ya’ni o’ziga xos magnitaviy xossalarga ega bo’ladigan ma­teriallar magnit materiallar deyiladi.

Asosiy magnit materiallarga temir, nikel, ko­balt va texnikaviy toza temir asosida olinadigan turli xil qotishmalar kiradi. Magnit materiallarning xossalari magnitaviy xarakteristikalar deyiladigan kattaliklar yordamida baholanadi. Eng muhim magnitaviy xarakteristikalarga quyidagilar kiradi.



1. Magnitaviy singdiruvchanlik (nisbiy magnitaviy singdiruvchanlik) μ. Bu o’lchovsiz kattalik. U absolyut magnitaviy singdiruvchanlik ifodasiga kiradi, G/m,

μa = μoμ (1)

bunda μo—magnit doimiysi, 1,256637*10-6 G/m ga teng.

Magnitaviy singdiruvchanlik — materialning magnitlanish xususiyatini aniqlaydigan kattalik. μ qiymati qanchalik katta bo’lsa, material shunchalik oson magnitlanadi va aksincha, μ ning qiymati qanchalik kichik bo’lsa, material shunchalik kam darajada magnitlanishi mumkin. Magnitaviy singdiruvchanlik ko’p jihatdan materialga ta’sir etuvchi kuchlanganlik N ga bog’liq (1-rasm). Shu sababli materialning magnitlanish xususiyatini baholash uchun boshlang’ich magnitaviy sing­diruvchanlik μb bilan maksimal magnitaviy singdi­ruvchanlik μm ni hisobga olishga to’g’ri keladi.










M
1-rasm. Magnitaviy sing-diruvchanlikning magnitaviy maydon kuchlanganligiga bog’liqligi
aterialning bu xarakteristikalari
qanchalik kat­ta bo’lsa, u shunchalik oson magnitlanadi. Har qanday magnit material faqat muayyan temperaturaga qadar (Kyuri temperaturasi ΘK) magnitaviy xossalarga ega bo’ladi, shu temperaturaga yetgandan keyin materialda magnitaviy xossalar yo’qoladi, ya’ni uni magnitlab bo’lmaydi. Bunga sabab shuki, materialning atom va molekulalarining intensiv issiqlik harakati tufayli ichki magnitlanish sohalari

(domenlar) oriyentatsiyasini yo’qotadi, Ba’zi ferritlar- da magnitaviy xossalar Θ = 45°C da yo’qoladi, lekin Kyuri temperaturasi ΘK=1131°C bo’lgan materiallar ham bor (kobalt).



2. To’yinish induksiyasi Bs . Magnit materialning magnitaviy maydondagi o’zini tutishi boshlang’ich magnitlanish egri chizig’i (2- rasm) bilan xarakterlanadi. Bu egri chiziq magnit materialdagi magnitaviy induk­siya B ning kuchlanganlik N ga qarab o’zgarishini ko’rsatadi. Egri chiziqdan shu narsa ko’rinadiki, magnita­viy induksiya dastlab ortadi, so’ngra uning ortishi sekinlashadi, B s induksiyaga yetgandan keyin u o’zgarmas bo’lib qoladi. Bunga magnit material to’yindi, deyiladi, B s induksiya esa to’yinish induksiyasi deb ataladi. B s ning qiymati qanchalik katta bo’lsa, magnit materialning xossalari shunchalik yuqori bo’ladi. Mag­nitaviy induksiya teslada (T) o’lchanadi.


Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish