17-mavzu. Buxgalteriya axborot tizimi


  17.5. Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini



Download 437,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana24.05.2023
Hajmi437,83 Kb.
#943303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Buxgalteriya

 


325 
17.5. Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini 
tashkil qilish. 
Buxgalteriya vazifalarini yechishni AATexlari asosida tashkil qilish birlamchi 
buxgalteriya hujjatlarini tuzish paytidan boshlab yakuniy moliyaviy hisobotni tuzish 
bilan yakunlanuvchi operatsiyalarining yig`indisidir. 
Hozirga 
bosqichda 
buxgalteriya 
vazifalarini 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari asosida markazlashtirilgan holda ishlab chiqish asosiy rolni o`ynaydi: 
• foydalanuvchining ish joyida o`rnatilgan kompyuterlarni qo`llash, bu yerda 
vazifalarni yechish hisobchi tomonidan bevosita uning ish joyida bajariladi; 
• korxona (tashkilot, firma)ning turli xildagi bo`linmalari iqtisodiy vazifalarini 
integratsiyalangan holda ishlab chiqilishini ta‘minlovchi mahalliy va ko`p bosqichli 
hisoblash tarmoqlarini shakllantirish; 
• hisoblash texnikasida bajariladigan buxgalteriya hisoblashlar tarkibini ancha 
ko`paytirish; 
• har xil bo`linmalar uchun korxonaning yagona taqsimlangan ma‘lumotlar 
bazasini yaratish; 
• birlamchi buxgalteriya hujjatlarini mashinada shakllantirish imkoniyatlari, bu 
qog`ozsiz texnologiyalarga o`tishni ta‘minlaydi va hujjatlarni yig`ish va ro`yhatga 
olish bo`yicha operatsiyalar mehnat talabligi darajasini kamaytiradi; 
• buxgalteriya vazifalari majmualarini yechishni integratsiyalash; 
• dialogli usulda amalga oshirishyo`li bilan axborot xizmat ko`rsatishni tashkil 
qilish imkoniyati. 
Texnologik jarayonlarning barcha operatsiyalari shaxsiy kompyuterda bitta ish 
joyida va uning tuzilishiga ko`ra bir necha kompyuterlarda izchillik bilan bajariladi. 
Axborot to`plamlarining har xil turlari hisob vazifalarini ishlab chiqishga asos 
bo`ladi. Birinchi tur birlamchi hujjatlarni yig`ish va ro`yhatga olish bilan bog`liq. 
ShKdan foydalanishda ularni mashina bilan shakllantirish imko-niyati paydo bo`ladi, 
bu hujjatlarni yaratish jarayonini avtomatlashtiradi. Ammo ShKga qo`lda kiritilgan 
birlamchi hujjatlarni kelib tushish imkoniyati ham istisno emas. Axborot 
ta‘minotining ikkinchi turi — o`zgaruvchan axborotlarning fayllar va mashina 
manbalari va ShK xotirasidagi shartli doimiy axborotlar ma‘lumotlar bazalaridir. 
O`zgaruvchan axborotlarning fayllari birlamchi hujjatlarning ma‘lumotlari asosida 
shakllanadilar va belgilangan davr ichida vazifalarni (masalan, ishchi naryadlar, 
kirish orderlari, kassaning chiqarish orderlari, yuk xatlari va boshqalar) bir marta 
yechishda foydalaniladi. 
Shartli-doimiy axborotlarning fayllari loyihani tadbiq etishda bir marta 
yaratiladi, ko`p marta foydalaniladi va ularga doimo tuzatishlar kiritiladi. Ularga har 
xil me‘yornomalarning massivlari, ma‘lumotnomalar, asosiy vositalar hisobini 
yo`qlama qilish varaqalari, ishlovchilarning shaxsiy varaqchalari va boshqalar kiradi. 
Markazlashtirilgan ishlab chiqarish sharoitlarida, texnologik jarayonning barcha 
operatsiyalari hisobchi tomonidan uning ish joyida bajarilayotganda texnologik 
jarayonning an‘anaviy vujudga kelgan bosqichlarining mazmuni bir oz o`zgaradi. 
Barcha operatsiyalarning bajarilishini ShK ishga tushishi zahotiyoq ekranda ko`rsatib 


326 
beradi. Menyu dastur bloklari (modullari)ning ro`yhatidan iborat bo`ladi, undan xar 
bir modul birlamchi hujjatlarni kiritishdan tortib to yig`ma hisoblarni tuzishni 
tugatilishigacha bo`lgan texnologik jarayonning belgilangan vazifalarini bajaradi. 
ShKda bajariladigan texnologik jarayonlarda quyidagi uchta jarayonni: 
tayyorlov, boshlang`ich va asosiyni
ajratish mumkin. 
Tayyorlov bosqichi
dastur va ma‘lumotlar bazasini ishga tayyorlash bilan 
bog`liq. Bu bosqich boshlang`ich davrda, vazifani tadbiq etishda alohida ahamiyat 
kasb etadi. Hisobchi mashinaga korxonaning ma‘lumotnomaviy ma‘lumot-larini 
kiritadi, buxgalteriya schyotlarining rejasi va namunaviy buxgalteriya yozuvlarining 
tartibiga tuzatishlar kiritadi. 
Boshlang`ich bosqichi
birlamchi hujjatlarni yig`ish va 
ro`yhatga olish bilan bog`liq. Avval ta‘qidlanganidek hujjatlarni qo`lda yoki 
avtomatlashtirilgan usulda shakllantirish mumkin. 
Asosiy bosqich
ishning tugallovchi bosqichi bo`ladi va har xil hisobot shakllarini 
olish bilan bog`liq. Buxgalteriyada uni bajarish uchun «Tovar moddiy boyliklarning 
qaydnomasi», «Aylanish qaydnomasi» va boshqalar kabi hujjatlarni olishga imkon 
beruvchi «Hisobotlar» menyusining modulidan foyda 
laniladi. Asosiy bosqichni bajarilishini ta‘minlashda ma‘lumotlar bazasida hisobot 
tuzish uchun foydalaniladigan har xil kombinatsiyali (ishchi) axborot to`plamlarni 
mashina tomonidan olinishi ta‘minlanadi. Ma‘lumotlarni mashina xotiralarida 
arxivlashtirish va boshqa AIJga uzatish uchun axborotlarni shakllantirish kabi 
operatsiyalarni ham bajarish mumkin. 

Download 437,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish