3. Suv tarqatish tarmoqlaridagi suv sarflarini aniqlash ifodalari
Xalqasimon suv o‘tkazuvchi tarmoqda shakli va tugunlaridan olinadigan suv miqdori ma’lum bo‘lgandan so‘ng, talab qilingan suv miqdorini etkazib berishga javob beradigan holda, suv sarfini suv yo‘nalishlari bo‘yicha dastlabki taqsimlashga utiladi. Bu taqsimlashni qoniqtirish uchun texnik – iqtisodiy hisoblash asosida quvurlar diametrini aniqlash mumkin. Bundan keyingi hisoblar tarmoqni gidravlik hisoblashlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Urnatilgan suv oqimlariga javob beridigan tarmoqlardagi suv sarfi va ulardagi bosim pasayish qiymati aniqlanadi. Suv tarmoqlarini gidravlik hisoblash, ya’ni tarmoqlar bo‘yicha suv tarqalishi Kirxgof qonuni asosida amalga oshiriladi, bu qonun suv oqimining har qanday taqsimlanishida ham bajarilishi shart.
Kirxgofning birinchi qonuniga muvofiq, xar bir tugunda yaxlit oqim negiziga javob beruvchi moddiy balansga amal qilinishi shart. Uning suv tarmoqlariga tadbiq qilinishi quyidagi ma’noni beradi, ya’ni tarmoqning har bir tugunidagi suv sarfining algebraik yig‘indisi nolga teng:
Kirxgofning ikkinchi qonuniga muvofiq xalqasimon suv uzatish tizimida kurilayotgan tarmoq konturidagi bosim pasayish qiymatlari va algebraik yig‘indisi nolga teng:
Bu erda: - suv uzatish tarmoqlar bo‘limlaridagi suv sarfi
- tugundan suv olish miqdori
- tarmoq bo‘limlarining gidravlik qarshiligi.
- daraja ko‘rsatkichi
Agar suv ta’minoti (nasos shahobchalari, suv bosim minorasi, toza suv havuzlari) va hisobga olinmagan suv olish qiymatlari ma’lum bo‘lganda, u holda yukorida keltirilgan ifodaga gidravlik bog‘lanish qo‘shiladi.
Bu erda: va = va nuqtalarida joylashgan suv bilan ta’minlovchilarning bosim sarfi tavsifi va hisobga olinmagan suv olish qiymatidir. Suv ta’minoti tarmoqlaridagi xalqalar sonini n, tugunlar sonini m, uchastkalar sonini p, suv bilan ta’minlovchilar va hisobga olinmagan suv olish sonini e bilan belgilasak, ular orasidagi bog‘lanishni quyidagi ifodadan bilish mumkin:
Diametr berilganda, tarmoqlar bo‘yicha tarqatiladigan suv sarfini to‘g‘ri hisoblash mumkin. Qidiriladigan sarf (r - soni)
.
Tizim Kirxgofning birinchi va ikkinchi qonuni tenglamalari bilan birga yig‘ish orqali aniqlanadi, n + e – turdagi egri chiziqli tenglama va m – 1 turdagi to‘g‘ri chiziqli tenglamadir. Agar suv ta’minlashni tuldiruvchilar xususiyati va hisobga olinmagan suv olishlar e’tiborga olinmasa, umumiy tenglamalar soni p = m + n – 1 bilan aniqlanadi. Xalqalari bo‘lmagan tarqoq tarmoqlar uchun tenglamalar soni p = m + e – 1 nisbati orqali aniqlanadi. Suv ta’minoti tuldiruvchilar xususiyati va hisobga olinmagan suv olishlar e’tiborga olinmasa, tenglamalar soni m – 1 gacha kamayadi. Agar hisoblashda suv bilan ta’minlashni tuldiruvchilar va hisobga olinmagan suv olishlar inobatga olinmasa, bu ichki bog‘lash deyiladi. Ularning xususiyati inobatga olinganda, tashqi bog‘lash deyiladi. Suv sarflarini tarmoq uchastkalari va ularga tegishli bo‘lgan bosim pasayish bo‘yicha olingan qiymatlar nasos shahobchalari, suv bosim minorasining asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularga o‘zgartirish kiritish va boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi.
Tarmoqlarni bog‘lashda foydalaniladigan tenglamalarning o‘ziga xosligi shundaki, ular tarkibida chiziqli tenglamalar (Kirxgofning birinchi qonuni) shu bilan birga to‘g‘ri chiziqsiz tenglamalar (Kirxgofning ikkinchi qonuni) mavjud. Bu tenglamalarni echish tarmoq uchastkalaridagi suv sarfini va ularga tegishli bo‘lgan bosim pasayish qiymatlarini aniqlash imkoni yaratiladi. Ma’lum bo‘lgan qiymatlar sifatida bo‘lim uzunligi, quvur diametri taxminiy suv sarfini taqsimlash orqali aniqlanadi va ularga tegishli bo‘lgan qarshiliklar olinadi.
Mustahkamlash uchun savollar
Tarmoqlarni trassirovkalashni tushuntiring?
Suv bosim minorasining vazifasi?
Toza suv havuzini tushuntiring?
Do'stlaringiz bilan baham: |