17-ma’ruza. Kiberxavfsizlik
REJA:
17.1. Kiberjinoyat nima? Kiberterrorizm.
17.2. Kiber terrorizmga qarshi kurash.
17.1. Kiberjinoyat nima? Kiberterrorizm
Kiberjinoyat
-
bu
kompyuter
tizimi
yoki
tarmog'idan
foydalangan holatda axborot konfidensialligini buzish yoki unga
qarshi qilingan har qanday (ruxsatsiz olish, buzish, o’g’rilash,
firibgarlik va h.) jinoyatga aytiladi.
Kiberjinoyatchilik
atamasi kompyuterlar, tarmoqlar yoki
internetni qamrab oluvchi jinoiy faoliyatni nazarda tutadi.
Jinoyat
quroli
– internet va eng so’nggi raqamli
texnologiyalar
bo'lib,
mamlakatning
harbiy,
strategik
tarmoqlarini ishdan chiqarish salohiyatiga ega.
Ko‘plab kiberjinoyatlar shu orqali pul topadigan kiberhujumchilar
yoki xakerlar tomonidan qilinadi. Kiberjinoyatchilik faoliyati
alohida shaxslar yoki tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ba’zi kiberjinoyatchilar tashkiliy guruhlarga birlashishadi,
zamonaviy metodlarni ishlatishadi va yuqori texnik salohiyatga ega
bo‘lishadi. Boshqalar – boshlovchi xakerlar hisoblanadi.
Kiberjinoyatchilar siyosiy yoki shaxsiy manfaatga ega bo‘lgan
ma’lumotlarga kamdan-kam hollarda hujum uyushtirishadi.
Kiberjinoyatlarning turlari
E-pochta orqali firibgarlik va internetdagi firibgarlik
Shaxsiy ma'lumotlardan foydalangan holda firibgarlik (shaxsiy
ma'lumotlardan o'g'irlash va zararli foydalanish)
Moliyaviy ma'lumotlar yoki bank kartasi ma'lumotlarini o'g'irlash
Korporativ ma’lumotlarni o‘g‘irlash va sotish
Kibershantaj (kiberhujumni bartaraf etish uchun pul so‘rash)
Kriptodjeking (egalarining ruxsatisiz boshqalarning resurslaridan
foydalanib kriptovalyutalar mayningi)
Kibershpionaj (davlat yoki tijorat tashkilotlarining
ma’lumotlariga ruxsatsiz kirishga urinish)
Ko‘plab kiberjinoyatlar ikkita kategoriyaning biriga tegishli bo‘ladi:
Maqsadi kompyuterning o‘zi bo‘lgan jinoiy faoliyat
Kompyuyetrlar boshqa jinoyatlarni amalga oshirish uchun
foydalaniladigan jinoiy faoliyat
Birinchi holatda jinoyatchilar virus va boshqa zararli dasturlarni
ishlatgan holda kompyuterlarni zararlaydi va shu orqai ularning ish
faoliyatini to‘xtatadi. Zararli dasturlar yordamida ma’lumotlarni
o‘chirish yoki o‘g‘irlash mumkin.
Ikkinchi toifadagi kiberjinoyatlar zararli dasturlar, noqonuniy
ma'lumotlar yoki ruxsat etilmagan tasvirlarni tarqatish uchun
kompyuterlar yoki tarmoqlardan foydalanadi.
Ba'zida tajovuzkorlar kiberjinoyatlarning ikkala toifasini ham
birlashtirishi mumkin. Ular birinchi navbatda kompyuterlarni
viruslar bilan yuqtiradilar va keyin ularni zararli dasturlarni boshqa
mashinalarga yoki butun tarmoq bo'ylab tarqatish uchun ishlatadilar.
Kiberjinoyatchilar, shuningdek, tarqatilgan xizmat ko'rsatishni rad
etish (DDos) hujumini ham amalga oshirishi mumkin. Bu DoS
hujumiga o'xshaydi, ammo jinoyatchilar uni amalga oshirish uchun
ko'plab buzilgan kompyuterlardan foydalanadilar.
AQSh Adliya vazirligining fikricha
Do'stlaringiz bilan baham: |