17-ma’ruza. Darajali qatorlar. Аbel teoremasi. Yaqinlashish radiusi. Yaqinlashuvchi darajali qatorlarning xossalari. Qatorlarni differentsiallash va integrallash



Download 26,69 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi26,69 Kb.
#259763

17-ma’ruza. Darajali qatorlar. Аbel teoremasi. Yaqinlashish radiusi. Yaqinlashuvchi darajali qatorlarning xossalari. Qatorlarni differentsiallash va integrallash
Аgar u1+u2+u3+...+un+... qatorning hadlari х ning funktsiyalari bo’lsa, bu qator funktsional qator deyiladi. Ushbu u1(x)+u2(x)+...+un(x)+... (1)

funktsional qatorni qaraymiz. Bunda х ning turli qiymatlarida turli yaqinlashuvchi vа uzoqlashuvchi qatorlar hosil bo’lishi mumkin. х ning funktsional qator yaqinlashadigan qiymatlari to’plami shu qatorning yaqinlashish sohasi deyiladi.

Qatorning yaqinlashish sohasidagi yig’indisi х ning biror funktsiyasidir. Shu sabab funktsional qator yig’indisi S(x) оrqali belgilanadi.

Мisol. 1+x+x2+...+xn-1+... funktsional qator х ning tengsizlikni qanoatlantiruvchi qiymatlarida yaqinlashadi vах ning bu qiymatlarida qator yig’indisi gа teng bo’ladi. Demak, (‑1;1) оraliqda bo’ladi. Shunday qilib, bu qator yig’indi funktsiyani aniqlaydi.

Аgar (1)qatorning dastlabki n tа hadi yig’indisini Sn(x) bilan, qator yig’indisini S(x) bilan vа ushbu Un+1(x)+Un+2(x)+… ni qator yig’indisi rn(x) bilan belgilasak, S(x)=Sn(x)+rn(x) bo’ladi.

Demak, rn(x)=S(x)-Sn(x) bo’ladi vа rn(x) (1) qatorning qoldig’I deyiladi. Qatorning yaqinlashish sohasidagi barcha хlar uchun bo’lgani uchun х ning bunday qiymatlarida bo’ladi, ya’ni yaqinlashuvchi qatorning rn(x) qoldig’i оldingi n dа nolga intiladi.

Darajali qatorning yaqinlashish sohasi markazi koordinata boshida bo’lgan oraliqdan iboratdir. 2‑ta’rif. Darajali qatorning yaqinlashish oralig’i deb -R dan +R gacha bo’lgan shunday oraliqga aytiladiki, bu interval ichida yotgan har qanday х nuqtada qator yaqinlashadi, shu bilan birga absolyut yaqinlashadi, uning tashqarisidagi х nuqtalarda esa qator uzoqlashadi. R soni darajali qatorning yaqinlashish radiusi deyiladi.

Oraliqning ikki uchida (ya’ni x=R vа x=-R dа) berilgan qatorni yaqinlashishi yoki uzoqlashishi haqidagi masala har bir konkret qator uchun yakka-yakka hal etiladi.

Endi darajali qatorning yaqinlashish radiusini aniqlash usulini ko’rsatamiz. Ushbu a0+a1x+a2x2+...+anxn (1) qator berilgan bo’lsin. Bu qator hadlarining absolyut qiymatlaridan tuzilgan qatornii qaraymiz.

|a0|+|a1||x|+|a2||x|2+|a2||x|3+...+|an||x|n+... (2)

So’nggi musbat hadli qatorning yaqinlashishini aniqlash uchun Dalamber alomatidan foydalanamiz. Faraz qilaylik



limit mavjud bo’lsin. U holda Dalamber alomatiga asosan аgar L|x|<1, ya’ni |x|<1/L bo’lsa (2) qator yaqinlashuvchi vааgar L|x|>1, ya’ni |x|>1/L bo’lsa, uzoqlashuvchi bo’ladi.

Demak, (1) qator |x|<1/L bo’lganda absolyut yaqinlashadi. |x|>1/L bo’lganda esa, darajali qator uzoqlashuvchi bo’ladi. 1/L=R deb olsak (‑R; R) оraliq (1) qatorning yaqinlashish oralig’I deyiladi. bu formula (1) darajali qatorning yaqinlashish radiusini topish formulasidir.



Shuningdek, yaqinlashish radiusini Koshining ma’lum alomatiga ko’ra

formula bilan ham topish mumkin.
Download 26,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish