Xususiy va kichik biznes menejmenti Written by admin on Апрель 30th, 2011. Posted in Menejment Xususiy va kichik bisnes menejmenti
xususiy va kichik biznesni rivojlantirish omillari
xususiy va kichik biznesniing mohiyati
xususiy va kichik biznes to`g`risida tushuncha
xususiy va kichik biznesni boshqarish kursining ob`ekti va mavzusi (predmeti)
kichik biznesda tadbirkorlik taraqqiyotining sabab va omillari
o`zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishining o`ziga xos xususiyatlari
xususiy va kichik biznesni rivojlanishining tashkiliy asoslari
tadbirkorlikning huquqiy asoslari
xo`jalik yurituvchi sub`ektlar faoliyatini davlat tomonidan yo`lga solish va nazorat qilish chora tadbirlari
tadbirkorlarni davlat ro`yxatidan o`tkazish
ta`sis hujjatlar
mulkiy javobgarlik va tadbirkorlik faoliyatining to`xtalishi
kadrlar siyosati va kadrlar bo`limining vazifalari
ishlovchilarni yollash va tanlashni rejalashtirish
ishchi xizmatchilarni o`qitish. o`qitishning qoida va usullari
o`qitish dasturlarining tahlili
kadrlarni ilmiy jihatdan tayyorlash va kasb bo`yicha o`sishining o`zaro bog`liqligi
ishchilarni ish joylariga joylashtirish
vazifalarning mansabga ko`ra taqsimlanishi
kadrlar qo`nimsizligi bilan bog`liq xarajatlarni kamaytirish
xususiy va kichik biznesniing tashkiliy turlari
xususiy tadbirkorlikni tasnifi
o`rtoqlik, kommandit, to`la va qisman shirkatlar
kichik korxonalar. sherikchilik va jamoa kichik korxonalari
hissadorlik jamiyati. ochiq va yopiq turdagi hissadorlik jamiyati
firmalar va korporatsiyalar
xolding kompaniyasi
offshor kompaniyasi
sho`ba korxonalar, shoxobcha (vakolatxona)lar, xorijiy korxonalar
konsalting birlashmalari
bozor kon`yukturasi va resurslarining imkoniyatini tahlil qilish
tavakkaslchilik elementlari bilan bog`liq qarorlarni tanlash va amalga oshirishga ta`sir qiluvdchi omillar
tavakkalchilik sharoitida faoliyat yo`nalishini tanlash tahlili
kichik biznesda ba`zi bir xo`jalik tavakkalchiligi turlarini sug`urtalash
xususiy va kichik biznes moliyaviy asoslari
tadbirkorlik faoliyatida biznes-reja
biznes-rejaning mohiyati va ahamiyati
kirish yoki qisqacha ma`lumotnoma
chiqariladigan mahsulotlarning sifat ko`rsatkichlari va o`lchob shakllari
mahsulot sotish bozorini iqtisodiy baholash
ishlab chiqarish jarayoni
mahsulotning raqobatbardoshligini bashorat qilish
marketing sohasining yo`nalishi
boshqarish rejasi
tavakkalchilikni iqtisodiy baholash va uni sug`urtalash
moliyaviy reja
axborotlarni to`plash va saqlash
ish yuritish asoslari
biznesmenning tashrif qog`ozi va sheriklari qidirish
maxfiy axborotlar
axborotlarni himoya qilish
biznes-reja tuzilishi
korxona faoliyati va uni kelgusida rivojlantirish rejalari
kichik biznesni moliyalash va kredit bilan ta`minlash xususiyatlari
moliyaviy resurslar va moliyaviy kapitalning mohiyati va tuzilishi
kichik biznesning moliyaviy resurs manbalari
kapital investitsiyasi va uning diskontlashtirish
kichik biznesni kredit bilan ta`minlash shakllari
iqtisodiy asoslar va tavakkalchilik chegarali
tavakkalchilikni o`lchash uslublari
kichik biznesda bankrotlik
bankrotlik- raqobat kurashining ob`ektiv hodisasidir
kichik biznes korxonalari inqirozga uchrashining asosiy sabablari
tadbirkorlarning o`ziga xos xato va kamchiliklari
kichik biznesda xo`jalik yurituvchi sub`ektlarni tugatish va qayta tashkil etish shart-sharoitlari
ishdan bo`shayotilayotgan ishlovchilarning huquqiy kafolatlari
xususiy va kichik biznesda tovar aylanish jarayoni
vositachilar va vositachilik operatsiyalari
vositachilarning bozorda tovar harakatini samarodorligini oshirishda ahamiyati
kichik biznesda vositachilik tashkilotlari
vositachilik faoliyatining turlari
tovarlarni bozorga bo`lgan harakatini tashkil qilinishida muqobil qarorlar
tovar aylanmasi va uning asosiy kanallari
sotuv kanllarining tarkibi, ko`larni vazifasi va tushunchasi
tovar harakati tushunchasi, maqsadi, zaxirasi va tashilishi
sotuvni rag`batlantirish usullari
reklama sohasidagi qarorlar mazmuni va bosqichlari
omma bilan aloqa
kichik biznes marketingining vazifalari
marketing tadqiqotlari, oldindan bilish va rejalashtirish, boshqarish va marketing nazorati
tovar bozorlarining mohiyati
bozor segmentatsiyasi va bozorni qamrab olishda marketing variantlari
mahsulotni belgilash va joylash
tovarning hayotiy sikli
KIRISH Mustaqil Respublikamiz o‘zi tanlagan va o‘ziga xos erkin bozor iqtisodiyotiga asoslangan kuchli demokratik huquqiy davlat qurish yo‘lida bosqichma-bosqich olg‘a bormoqda.
Biz barpo etayotgan davlat avvalo umumjahon sivilizatsiyasiga, davlat qurilish sohasida taraqqiy etgan boshqa xalqlar erishgan tajribalarga, o‘ziga xos milliy an’analarga, ijtimoiy qadriyatlarga asoslanmoqda.
Hozirgi kunda mamlakatimizda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Chunki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish davlatimiz iqtisodiy siyosatining strategik vazifasidir. Bugungi kunda ushbu soha nafaqat iqtisodiyotning o‘sish suratlarini jadallashtirishda, balki mamlakatimiz uchun nihoyatda muhim bo‘lgan bandlik va aholi daromadlarini oshirish masalalarini hal etishda ham yetakchi o‘rin tutmoqda.
Bu borada O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov Konstitutsiyasi qabul qilinganining 18 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi ma’ruzalarida kirib kelayotgan 2011 yilni “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik” yili deb e’lon qilib, jumladan shunday dedilar: “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning izchil rivojlanib borishini ta’minlash orqali biz mamlakatimizda jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy tayanchi va poydevori bo‘lgan o‘rta sinfning shakllanishiga va uning tobora mustahkam bo‘lib borishiga erishmoqdamiz. Barchamizga ayonki, aynan ana shu ijtimoiy qatlam – ya’ni o‘rta sinf yurtimizda amalga oshirayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirishdan, mamlakatimizning izchil va barqaror rivojlanishidan eng ko‘p manfaatdordir. Shu bois kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugungi kunda jamiyatimizdagi ijtimoiy va siyosiy barqarorlikning kafolati va tayanchiga, yurtimizni taraqqiyot yo‘lidan faol harakatlantiradigan kuchga aylanib bormoqda”.
Mazkur kursning maqsadi kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‘nalishlari, kichik biznesni belgilovchi mezonlar, kichik biznes va tadbirkorlikni belgilovchi mezonlar, kichik biznes va tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari, ularning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari, chora-tadbirlari xizmat ko‘rsatish yo‘nalishda biznesni rivojlantirish, avtomobil transporti korxonalarida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, biznes bilan shug‘ullanuvchi korxonalarda xodimlarni boshqarish, biznesni boshqarish va tadbirkorlik faoliyatida bank, soliq va audit munosabatlari haqidagi ko‘nikma va bilimlarini oshirish.