17.9-rasm. Masofaga uzatuvchi ferrodinamik tizimning printsipial sxemasi.
Magnit oqimining kattaligi boshmoq 2 va qo`zg’aluvchan plunjer 7 orasidagi masofaga bog’liq bo`lgani sababli ramkacha va siljish chulg’ami eYUKini havo oralng’ini rostlash yo`li bilan o`zgartirish mumkin.
Masofaga uzatish ferrodinamik sistemasining ishlash printsipi PF datchiklarni ishlatishga asoslangan.
Bu usul birlamchi asbob datchigidan olingan eYUK ni ikkilamchi asbob ferrodinamik o`zgartkichining eYUKi bilan kompensatsiyalashdan iborat. Ferrodinamik sistemasi (17.4-racm) o`lchash asbobining uzatuvchi o`zgartkichi (datchik) 1, aloqa liniyasi 5 va ikkilamchi asbob elementlari bo`lgan o`zgartgich 2, elektron kuchaytirgich 4 va reversiv elektr dvigatel’ 3 dan iborat. Ferrodinamik o`zgartgich 1 va 2 larning ramkachalari ketma- ket ulangan, ulardagi eYUK lar bir-biriga qarama-qarshi, shuning uchun elektron kuchaytirgich 4 kirishiga ikkala datchik eYUK larining farqi E = E1 — E2 uzatiladi.
Agar ∆E = 0 bo`lsa, sistema muvozanat holatida bo`ladi Agar o`zgartkich 1 ramkachasining holati o`lchanayotgan parametr ta`sirida α1 burchakka burilsa, eYUK ham o`zgartirib, E1 ga teng bo`lib qoladi. Sistemrning muvozanati buziladi, kuchaytirgich 4 kirishiga ∆E eYUK uzatiladi, bu kattalik kuchayib, elektr dvigatel’ 3 ga uzatiladi. elektr dvigatel’ ikkilamchi asbob ramkachasini α1 va α2 burchaklar tenglashguncha siljitadi (E1 va E2 eYUK lar ham tenglashadi).
Ferrodinamik o`zgartkichlardagi induktsiyalangan eYUK ning ramka burilish burchagiga bog’lanishi chiziqli bo`lgani sababli, ular differentsial-transformatorli o`zgartkichlarga nisbatan katta o`lchash chegaralariga ega. Masofaga uzatiladigan ferrodinamik o`zgartgichlar o`zlarining ishonchliligi, ishlatilishi sodda va qulayligi, universalligi, yuqori metrologik xarakteristikalarga ko`ra keng tarqalgan.
Sanoatda quyidagi turdagi o`zgartkichlar chiqariladi: PF — ferrodinamik o`zgartkichlar; PFF — ferrodinamik funktsional o`zgartkichlar; PFF-K — ferrodinamik funktsional korrektsiyalik o`zgartkichlar.
PFF va PFF-K turdagi o`zgartkichlarda PS, PF, PP va BD turdagi chiqish o`zgartkichlarining borligi o`lchanayogan kattalikka proportsional bo`lgan elektr va pnevmatik signallarni berishga imkon beradi.
Torli (simli) chiqish o`zgartkichi PS chastotali signal olishga imkon beradi. Undan integrallovchi qurilmalarda axborotni raqamli avtomatikaning turli qurilmalariga, boshqariluvchi va hisoblash mashinalariga kiritish uchun foydalaniladi. Ferrodinamik chiqish o`zgartkichi PF ushbu PFF va PFF-K turdagi o`zgartkichlarni turli hisoblash sistemalarida, teleo`lchash va boshqarish sistemalarida qo`llashga imkon beradi. Pnevmatik chiqish o`zgartkichi PP o`zgartkichlar bilan pnevmatik apparatura orasida bog’lanishni amalga oshirish, axborotni pnevmatik raqamli-echuvchi va boshqarish mashinalariga kiritish, shuningdek, pnevmatik qurilmalar qo`llashni talab etadigan alohida sxemalar bilan aloqa o`rnatish imkonini beradi. CHiqish sel’sini BD ning borligi o`zgartkichlar bilan sel’sinlar orqali ishlaydigan qurilmali o`zgartkichlar orasida distantsion uzatish uchun aloqani amalga oshirishga imkon beradi.
Magnitomodulyatsion o`zgartkichlar (magnit kompensatsiyali uzatuvchi o`zgartkichlar) ning ishi magnit oqimlarini kompensatsiyalashga asoslangan. Magnitomodulyatsion o`zgartkichlar birlamchi asbob sezgir elementining chiziqli siljishini o`zgarmas tokning unifikatsiyalangan chiqish signaliga o`zgartirish uchun mo`ljallangan. Bunday o`zgartkichlarning ishlash printsipi quyidagidan iborat: maxsus qurilma-indikatorda hosil qilinadigan boshqaruvchi magnit oqimi harakatdagi element — o`zgarmas magnitning (birlamchi o`zgartkichning sezgir elementi bilan siljitiladigan) siljishida shu indikatorda teskari aloqa toki yordamida hosil qilinadigan magnit maydoni bilan kompensatsiyalanadi. Bunda chiqish toki va qo`zg’aluvchan elementning siljishi, va demak, o`lchanayogan kattalik qiymati orasida ma`lum munosabat o`rnatiladi.
O `zgartkichning strukturali sxemasi 15.5- rasmda keltirilgan. Birlamchi o`zgartkichning qayishqoq sezgir elementi 1 o`lchanayotgan kattalik Y ni o`zgartkich 2 o`zgarmas magnitnning chiziqli siljishi X ga 17.10-rasm. O`zgartkichning magnit kompensatsiyali strukturaviy sxemasi.
o`zgartiradi. Magnitning siljishida boshqaruvchi magnit oqimi o`zgaradi. U magnit oqimlari 3 ning indikatorida teskari aloqa magnit oqimi Ft.b. bilan tenglashadi.
Indikator chiqishida magnit oqimlari ayirmasi; ∆F = ∆F — ∆Ft.6. ga proportsional bo`lgan kuchlanish U paydo bo`ladi. U 4 kuchaytirgich yordamida chiqish toki signali Jchiq ga o`zgartiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |