17 – мавзу: Эшитиш ва мувозанат анализаторлари


Eshitish analizatorining tuzilishi



Download 23,78 Kb.
bet2/3
Sana05.07.2022
Hajmi23,78 Kb.
#742691
1   2   3
Bog'liq
Ko`rish, eshitish va muvozanat analizatorlari

Eshitish analizatorining tuzilishi. Odamning umri uzluksiz tovushlar dunyosining ta'siri ostida o‘tadi: qushlar, hayvonlar, odamlar ovozi, musiqa ohanglari, texnika vositalarining tovushi - bularning barchasi odamning eshitish a'zosiga ta'sir qiladi va tovush sifatida qabul qilinadi. Eshitish va nutq bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir, chunki bola nutqining rivojlanishi uchun uning eshitish qobiliyati normal bo‘lishi kerak, ya'ni u eshitgan so‘zlarini takrorlaydi, natijada uning nutqi rivojlanadi. Bola tug‘ilishidanoq eshitish a'zosining faoliyati buzilgan bo‘lsa, u tovushni eshitmaydi, natijada aytilgan so‘zlarni takrorlay olmaydi, ya'ni uning nutqi rivojlanmaydi. Shuning uchun ham tug‘ma karlar gung ham bo‘ladi. Shuningdek, eshitish qobiliyati past bo‘lgan odamning nutqi ham yaxshi rivojlanmaydi. Eshitishning ahamiyati shundan iboratki, odam hayotidagi ba'zi voqyealarni ko‘rgandagiga nisbatan, ularning mazmunini eshitganida to‘liqroq tushunha oladi. Masalan, odam biror spektaklni televizordan ovozsiz tomosha qilganda olgan tushunchasiga nisbatan shu spektaklning mazmunini radio orqali eshitganda to‘liqroq tushunadi. Binobarin, eshitish a'zosining faoliyati normal bo‘lishi avvalo har bir odamda bolaligidan boshlab nutq paydo bo‘lishi va rivojlanishiga imkon beradi. Bolaning keyingi hayoti davrida esa eshitish va nutqning birgalikda rivojlanishi uning tarbiyalanishida, bilim olishida, hunar o‘rganishida, musiqa san'atini tushunishi va barcha ruhiy faoliyatining shakllanishida muhim o‘rin tutadi.
Eshitish a'zosi - quloqning tuzilishi. Eshitish a'zosi bo‘lgan quloq bosh suyagining chakka qismida joylashgan. U uch qismga bo‘lib o‘rganiladi: tashqi, o‘rta va ichki quloq.
Tashqi quloq - quloq suprasi va tashqi eshitish yo‘lidan iborat. Quloq suprasi elastik xususiyatga ega bo‘lgan tog‘aydan tashkil topgan, ustidan teri bilan qoplangan. Tashqi quloq yo‘lining oxirida biriktiruvchi to‘qimadan tashkil topgan 0, 1 mm qalinlikdagi nog‘ora parda bo‘lib, u tashqi quloq yo‘lini o‘rta quloq bo‘shlig‘idan ajratib turadi.
Tashqi quloq yo‘lini qoplab turuvchi terida juda ko‘p mayda bezlar bo‘lib, ulardan yog‘simon suyuqlik ajraladi. Ba'zan shu suyuqlik to‘planib qolishi tufayli quloq bitadi. Bunday hollarda paxtadan yasalgan pilik yoki gugurt cho‘pi uchiga o‘raglan bint (paxta ) yordamida tashqi quloq yo‘lini artib tozalash lozim. Yuvinish paytida quloqqa suv kirganda ham shunday qilinadi. Tashqi quloq yo‘li kirlanishining oldfini olish uchun haftada bir-ikki marta yumshoq sochiq uchini iliq suv bilan namlab, quloq yo‘lini artib turish maqsadga muvofiqdir.
O‘rta quloq bo‘shlig‘i Yevstaxiy naychasi yordamida burun halqumiga tutashgan. O‘rta quloqda bir-biri bilan ketma-ket birikkan uchta eshitish suyakchalari (bolg‘acha, sandon, uzangi) tovush to‘lqinlari ta'sirida nog‘ora pardada hosil bo‘lgan tebranishni ichki quloqqa o‘tkazadi.
Ichki quloq - bo‘shliq va ilonizi kanalchalar tizimidan, ya'ni suyak labirintdan iborat. Suyak labirintning ichida parda labirint joylashgan, ular orasidagi torgina bo‘shliqda perilimfa suyuqligi bo‘ladi. Suyak labirintda chig‘anoq bo‘lib, uning ichida tovushni sezuvchi hujayralar, ya'ni eshitish retseptorlari joylashgan.
Suyak labirintning dahliz va yarim doira kanalchalar deb ataluvchi qismidagi xaltasimon tuzilmalarda odam tanasining fazodagi muvozanatini ta'minlovchi vestibulyar analizatorning retseptorlari joylashgan.
Eshitish a'zosining funksiyasi. Tashqi, o‘rta va ichki quloqning har biri o‘ziga xos funksiyani bajaradi. Quloq suprasi tovush to‘lqinlarini to‘plash va uni quloqning tashqi yo‘liga yo‘naltirish vazifasini o‘taydi. Ayrim sut emizuvchi hayvonlarda (it, ot, quyon, qo‘y va boshqalarda) quloq suprasining muskullari yaxshi rivojlangan bo‘lib, ular tovush kelgan tomonga quloqlarini harakatlantira oladilar. Odamda quloq suprasini harakatlantirish imkoni bo‘lmasa-da, u tovushni to‘plash va uni eshitish yo‘li tomon yo‘naltirish imkoniyatiga ega.
Tashqi eshitish yo‘li tovush to‘lqinlarini nog‘ora parda tomon o‘tkazadi. Tovush nog‘ora pardani tebrantiradi, uning tebranishi eshitish suyakchalari orqali ichki quloqning chig‘anog‘i hamda yarim doira kanalchalardagi perilimfa va endolimfa suyuqliklarini to‘lqinlantiradi. Ularning to‘lqinlanishi chig‘anoq ichidagi eshitish retseptorlarini qo‘zg‘atadi. Bu retseptorlar juda mayda sezuvchi nerv tolalari bo‘lib, endolimfa to‘lqinlanganda ular silkinadi va qo‘zg‘aladi. Tolalarning soni 24 mingdan ko‘proq bo‘lib, ularning ayrim to‘plamlari maxsus tovushlarni qabul qilish xususiyatiga ega.
Ma'lum tovushni qabul qiladigan sezuvchi tolalar yaxshi rivojlanmasa yoki kasallansa, odam mazkur tovushni aniqlash qobiliyatini yo‘qotadi. Bolalarni yoshlikdan har xil musiqa ohanglarini tinglash va chalishga o‘rgatish ana shu sezuvchi tolalar yaxshi rivojlanishiga imkon beradi.
Retseptorlarning qo‘zg‘alishi eshitish nervi orqali miya ko‘prigi, o‘rta miyada joylashgan po‘stloq osti eshitish markaziga, undan esa bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘ining chakka qismida joylashgan oliy eshitish markaziga borib, uni qo‘zg‘atadi. Bu markazda joylashgan nerv hujayralarida tovush ta'siri analiz va sintez qilinib, uning mazmuni aniqlanadi.
Odam sekundiga 16-20 ming marta tezlikda tebranuvchi tovush to‘lqinlarini qabul qilish imkoniga ega. Yuksak rivojlangan hayvonlarda, ayniqsa, itlarda tovush to‘lqinlarini qabul qilish xususiyati, odamga nisbatan ancha yaxshi rivojlangan bo‘lib, ular odam eshitmaydigan kuchsiz tovushlarni ham eshita oladi. Shuni ham aytish kerakki, yoshlarning kuchsiz tovushlarni eshita olish qobiliyati yaxshi bo‘lib, yosh kattalashgan sari bu qobiliyat pasaya boradi. Agar odamga kuchli tovush har kuni uzoq muddat davomida ta'sir qilib tursa, u shovqinga moslashib qoladi. Shuning uchun ham sershovqin korxonalarda ishlaydigan odamlar kuchli tovushga o‘rganib qolib, kuchsiz tovushni yaxshi eshitmaydigan bo‘lib qolishi mumkin. Kuchli tovush ta'siriga moslashmagan odam esa sershovqin korxonalarda bo‘lganida o‘zini yomon sezadi.



Download 23,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish