Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A1
kundalik hayotda matematik usullar samarali ekanligini tushuna oladi;
zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimiz haqida ma’lumot bera oladi.
A1+
milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylashda matematikaning o‘rni beqiyos ekanligini tushuna oladi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
A1
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuza oladi;
kundalik faoliyatida turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy oladi;
murakkab bo‘lmagan hisoblashlarda, o‘rganilgan tenglamani yechishda, o‘rganilgan turdagi yassi va fazoviy geometrik figuralarni tasvirlashda hisoblash vositalardan va tayyor kompyuter dasturlardan foydalana oladi.
A1+
sodda savdo-sotiq munosabatlarda, kundalik hayotda matematik bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli qo‘llay oladi;
matematikaga oid yangi bilimlarni izlashda axborot-kommunikatsiya vositalari, internet saytlaridan foydalana oladi.
Boshlang‘ich (4-sinf) sinf bitiruvchilarida shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:
Do'stlaringiz bilan baham: |