Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlash kompetensiyasi):
A1
olingan bilimlar va sodda mantiqiy qonunlar asosida xulosa keltirib chiqara oladi;
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv va kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi;
matematik ma’lumotlardan xulosa keltirib chiqara oladi, aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuza oladi.
A1+
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.
5-bo‘lim. ULUSHLAR. GEOMETRIK SHAKLLAR VA KATTALIKLAR (25 soat, A1+: 30 soat)
100-101-mavzular. Sonning ulushi. Sonning ulushini so‘zlar yoki sonlar yordamida tasvirlash (2 soat).
102-104-mavzular. Berilgan shartlarga asosan (arifmetik amallar soni va turi, kattaliklar orasidagi bog‘lanish) masala tuzish va yechish. Axborot bilan ishlash (3 soat).
Do'stlaringiz bilan baham: |