16-mavzu. Tijorat banklari va ularning funksiyalari


Jamiyatda vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larining yuzaga kelishi. Pul mablag’larini tijorat banklarida to’planishi



Download 21,51 Kb.
bet5/5
Sana14.02.2021
Hajmi21,51 Kb.
#58660
1   2   3   4   5
Bog'liq
16 mavzu

16.4. Jamiyatda vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larining yuzaga kelishi. Pul mablag’larini tijorat banklarida to’planishi

Ssuda kapitalisti o’z bo’sh kapitalini karzga bersa, bankirlar asosan chetdan jalb qilingan mablag’larga tayanadi. Ssuda kapitalistining daromadi ssuda foizi bulsa, bankirning daromadi - bank foydasi xisoblanadi. Banklar korxona, tashkilot, davlat muassasalari, axoli bo’sh pullarini jalb qilish orkali katta xajmdagi kapitalni o’z kullarida jamlaydilar va daromad keltiruvchi kapital xarakatini boshkarib boradilar. Banklarning yiriklashuvi va ular faoliyatining takomillashuvi ularning maxsus korxonalar - kredit muassasalariga aylanishiga olib keladi.

Shunday qilib, bank faoliyati xalk xujaligi mavjud bo’lgan bo’sh mablag’larni jalb qilish va ssuda kapitalini taqsimlashni uy ichiga oladi. Bank o’z faoliyati davomida ma’lum daromadga ega bo’ladi. Bu daromad bank jalb kilgan resurslarga yo’llaydigan foiz bilan joylashtirgan resurslari bo’yicha oladigan foiz urtasidagi farvdan iborat bo’ladi.

Banklar bajaradigan funktsiyalar ularning bajaradigan vazifalariga karab turli xil bulishi mumkin- Bu mavzuda biz banklarga taalukli bo’lgan umumiy funktsiyalar tutrisida gapirib utmokchimiz. Keyingi mavzularda biz aloxida-aloxida olingan xolda birinchi va ikkinchi zveno banklarining funktsiyalari tugrisida fikr yuritamiz.

Shunday qilib, bank tizimi mikyosida olib karaydigan bulsak banklar kuyidagi funktsiyalarni bajaradi:

- vaktincha bo’sh turgan mablag’larni yirish va kapitalga aylantirish;

- kredit munosabatlarida vositachilik qilish;

- tulov jarayonlarida vositachilik qilish;

- muomalaga kredit vositalarini chikarish.

Xalk xujaligidagi vaktincha bo’sh turgan mablag’larni yigish va ularni kapitalga aylantirish - banklarning ilk funktsyalaridan biri xisoblanadi. Bu funktsiyaning amalga oshirilishi natijasida bir tomondan, xuquqiy va jismoniy shaxslar jalb qilingan mablag’lari bo’yicha ma’lum mikdorda daromadga ega bo’ladilar, ikkinchi tomonidan bu mablag’lar banklarning kreditlash kudratini tashkil kiladi va bu resurslarga asoslangan xolda. banklar ssuda operatsiyalarini olib boradi. Vaktincha bo’sh mablag’lar banklar ishtirokisiz bir korxona (tarmok) tomonidan ikkinchi korxona (tarmok)ga vaktincha foydalanishga beriladigan bulsa, bu munosabatlarni tashkil qilishda ma’lum kiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin:

birinchidan, kreditga suralayotgan summa bilan kreditga berilishi mumkin bo’lgan summa urtasida nomutannosiblik bulishi mumkin;

ikkinchidan, ortikcha bo’sh mablag’ga ega bo’lgan korxonaning mablag’larni vaktincha foydalanishga beradigan muddati mablag’ zarur bo’lgan korxonani kontougirmasligi mumkin;

uchinchidan, banklar ishtirokisiz korxonalarni tugridan tugri kreditlashda karz beruvchi karz oluvchi korxonaning moliyaviy axvolini tulik urgana olmasligi mumkin.Karz oluvchining tulovga layokatsiz bulishi kreditor korxonaning xam moliyavy axvolining yomonlashuviga va boshka salbiy xollarga olib kelishi mumkin.

Xalk xujaligidagi barcha bo’sh mablag’larning bank tomonidan yigilishi natijasida vujudga keladigan kredit resurslar xisobidan karz oluvchi korxonaga zarur bo’lgan summada, zarur bo’lgan muddatda kredit berishga imkoniyat yaratadi.

Tijorat banklarining to’lov operatsiyalari orqali pul aylanmasining tartibga solinishi.

Iktisodiy rivojlanishining usishi bank kreditining sullanilish kulamini kengaytirib boradi. Kredit fakatgina xar kunlik faoliyat bilan boglik ishlab chikarish va muomala jarayonining kika muddatli extiyojlari uchun emas, balki uzoq muddatga kapitalga bo’lgan extiyojni koplashga yo’naltiriladi. 60-yillardan boshlab banklar yirik mijozlarga xizmat ko’rsatishga ixtisoslasha bordi. Bu maksadni amalga oshirish uchun banklar mablag’larni jalb vuglish mikyosini, iste’mol uchun kreditlar berish kulamini kengaytirdi.

Tulovlarda vositachilik funktsiyasida banklar o’z mijozlarining topshirigiga asosan tulov jarayonlarini amalga oshiradi, xisob varaklariga mablag’larni kabul kiladi, pul tushumlarining xisobini olib boradi, mijozlarga pul mablag’larini beradi.

Xisob-kitoblarning bank orkali olib borilishi muomala xarajatlarining kamayishiga olib keladi. Mijoz mamlakat ichida va boshka. mamlakat bilan kiyinchiliksiz o’z mablag’larini bank orkali o’z xisob varakasidan boshka korxona xisob varaqasiga yoki boshka mamlakat bankiga o’tkazishi mumkin.

Muomalaga kredit vositalarini chiqarish. Bank kreditining manbai fakat vaktincha bo’sh mablag’lar va kapital bo’lib -kolmasdan, kredit asosida chek-depozit emissiyasi xam amalga oshiriladi. Bank tomonidan beriladigan kredit mikdori mavjud jamg’armalardan ko’p bo’lsa, bank chek-depozit emissiyasini amalga oshirishi mumkin.

Undan tashkari, kredit yordamida muomalaga naqd pullar banknotalar chikariladi.

Bank kredit pullar chikarish depozitlar yaratish yo’li bilan to’laqonli pullar o’rnini bosuvchi kredit vositalarini vujudga keltiradi

Nazorat uchun savollar

1. Tijorat banklari faoliyatini tashkil qilish asoslari va ularning tashkiliy tuzilishini yoritib bering?

2. Tijorat banklarining funktsiyalari hamda ular faoliyatini tashkil qilishning iqtisodiy va huquqiy asoslarini tushuntirib bering?

3. Tijorat banklari faoliyatini litsenziyalash va ularning tashkiliy tuzilishini ochib bering?

4. Jamiyatda vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larining yuzaga kelishi va pul mablag’larini tijorat banklarida to’planishi iqtisodiy ahamiyatini yoritib bering?

1-masala

2008 yil 12 iyulda Markaziy bank “Ipoteka” tijorat bankiga 10 kalendar kuniga 10 mln. so’mlik lombard kreditini yillik 36% ga berdi.

Kreditdan foydalanilganligi uchun xisoblangan foiz summasini aniqlang, o’sib boruvchi qarz summasini.

2-masala


2008 yil 12 martda Markaziy bank tomonidan tijorat bankiga 720 mln. so’m miqdorida lombard kreditini 10 kalendar kun muddatiga yillik 40% ga berildi. Kreditni qaytarish sanasi 22 mart 2008 yil. Haqiqatdan kredit 2008 yil 26 martda qaytarildi. sharima va qarzning o’sgan summasini aniqlang.

Testlar

1. Tijorat banklari mamlakat bank tizimining nechanchi bo’g’inida faoliyat yuritadi?

A. Birinchi bo’g’inida.

*B. Ikkinchi bo’g’inida.

V. Uchinchi bo’g’inida.

G. To’rtinchi bo’g’inida.

2. Hozirgi kunda tijorat banklari mijozlarga necha turdan ortiq xizmatlarini ko’rsatadi?

A.100 dan ortiq.

B. 200 dan ortiq.

*V. 300 dan ortiq.

G. 400 dan ortiq.

3. Tijorat banklari faoliyatini tartibga soluvchi dastlabki qonun qachon qabul qilingan?

A. 1989 yil.

*B. 1991 yil.

V. 1993 yil.

G. 1995 yil.

4. Tijorat banklari faoliyatini tartibga soluvchi yangi tahrirdagi qonun qachon qabul qilindi?

A.1996 yil 25 yanvar.

B. 1996 yil 25 fevral.

*V. 1996 yil 25 aprel.

G. 1996 yil 25 iyun.

5. Aktsiyador va xususiy tijorat banklari uchun 2011 yil 1 yanvardan boshlab minimal ustav kapitali qanchadan iborat qilib o’rnatilgan?

A.5,0 mln va 2,5 mln yevro ekvivalentida.

B. 8,0 mln va 4 mln yevro ekvivalentida.

*V. 10,0 mln va 5 mln yevro ekvivalentida.



G. 12,0 mln va 6 mln yevro ekvivalentida.
Download 21,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish