2
Iqtisodiyotning ochiqligi darajasi odatda mamlakatning tashqi savdosi hajmiga
yoki hukumatning siyosiy liniyasiga bog„liq bo„ladi. Masalan, Buyuk Britaniya
iqtisodiyoti
nisbatan ochiq hisoblanadi, chunki u tashqi savdoga juda bog„langan.
AQSh iqtisodiyoti esa nisbatan yopiqdir, chunki tashqi savdo uning rivojlanishi
uchun hal etuvchi rol o„ynamaydi.
Ochiq iqtisodiyot xalqaro hisob-kitoblarda xorijiy valutadan foydalanishni
ko„zda tutadi. U to„lov
balansida, xususan joriy operatsiyalar balansi va kapital
harakati balansida o„z aksini topadi.
16.2. Mandell Flemingning ochiq iqtisodiyot modeli
Ichki muvozanat
- inflatsiya jarayonlari mavjud bo„lmagan (yoki uning barqaror
past darajasidagi) to„liq bandlik sharoitida talab va taklifning balanslashganligidir.
Qisqa muddatli davrda ichki muvozanat muammosi, birinchi navbatda, budjet-
soliq va pul-kredit siyosati vositasida yalpi talabni
tartibga solish orqali
ta‟minlanadi.
Tashqi muvozanat
qayd qilingan, yoki suzib yuruvchi valuta kursi sharoitida
to„lov balansining nolga teng qoldig„ini ta‟minlab turilishni anglatadi.
Alohida
holatlarda bu muammo ikki o„zaro mustaqil qismga bo„linadi:
a) joriy operatsiyalar balansining belgilangan holatini ta‟minlab turish;
b) valuta zahiralarining aniq belgilangan miqdorini saqlab turish.
Tashqi va ichki muvozanatni ta‟minlab turish usullari bir xil: budjet-soliq va
pul-kredit siyosati. Ayrim hollarda mustaqil usul sifatida almashinuv kursi siyosati
ham ajratib ko„rsatiladi.
Tashqi muvozanatni ta‟minlash kapital harakatining mobilligi (mamlakatlararo
kapital quyilishi jarayonining ichki foiz stavkasining jahon foiz stavkasiga nisbatan
o„zgarishiga javoban keskinlashuvi) sababli murakkablashadi.
Ichki va tashqi muvozanatni ta‟minlash muammosi tovar,
pul va valuta
bozorlarining amal qilishiga ta‟luqlidir.
Ichki va tashqi muvozanatni ta‟minlash makroiqtisodiy tartibga solishning
muhim muammosi sifatida yuzaga chiqadi, chunki u ichki va tashqi
o„zgaruvchilarning bir-biriga o„zaro ta‟sirini va qayta ta‟sirini ko„zda
tutishni talab
etadi.
Ochiq iqtisodiyotda iqtisodiy siyosat tahlili Mandell-Fleming modeliga
asoslangan holda amalga oshiriladi. Bu model qisqa muddatda iqtisodiyotni
muvozanatlashtirishni ifodalaydi va kichik ochiq iqtisodiyot uchun IS-LM
modelining modifikatsiya qilingan shakli hisoblanadi. Ikkala model ham
baholarning
o„zgarmasligini nazarda tutadi va yalpi talab hajmining o„zgarishi sabablarini
tushuntiradi. Ular o„rtasidagi asosiy farq shundaki, IS-LM modeli-yopiq iqtisodiyot
modeli, Mandell-Fleming modeli esa ochiq iqtisodiyot modeli ekanligidadir.
1
Ichki va tashqi muvozanat muammosi, ko„pincha, IS-LM modelining
modifikatsiya
qilingan shakli vositasida, unga uchinchi- BB egri chizig„i qo„shilib
tahlil qilinadi. BB egri chizig„i to„lov balansining muvozanatli darajasini tasvirlaydi.
1
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2015): 356
3
Model ham qayd qilingan, ham erkin suzib yuruvchi valuta kursi rejimlari uchun va
kapital mobilligining turli darajalariga moslab tuziladi.
Bir vaqtning o„zida ichki va tashqi muvozanatga erishish muammosini quyidagi
yondoshuv asosida ko„rib chiqamiz (16.1- rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: