16 mavzu. “Makroiqtisodiyot” faniga kirish



Download 88,57 Kb.
bet16/19
Sana19.04.2022
Hajmi88,57 Kb.
#563727
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
1 ma'ruza

r
R
asm.
Yalpi taklif egri chizig‘ining keyns kesmasidagi muvozanati

Muvozanatli ishlab chiqarish hajmi aynan Ye ekanligini isbotlash uchun bu hajmni Yj deb hisoblaymiz. U holda AD
Muvozanatli ishlab chiqarish hajmini Yj
deb hisoblasak, aksincha, AS
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, yalpi taklif egri chizig‘ming keyns kesmasida yalpi talabning o‘zgarishi ishlab chiqarish hajmining oshishi yoki kamayishiga olib keladi, baholar darajasi esa o‘zgarmaydi.
Yalpi talab egri chizig‘ini AS egri chizig‘ining vertikal kesmasida o‘zgarsa bu ishlab chiqarish hajmiga ta’sir ko‘rsatmaydi va faqat baholar darajasi o‘zgaradi, xolos. Ya’ni, bu kesmada talabning oshishi talab inflyatsiyasini keltirib chiqaradi. Yalpi taklifning bu kesmasida talabning har qanday o‘zgarishi faqat baholar darajasi o‘zgarishga olib keladi. Ishlab chiqarish hajmi esa to‘liq bandlik sharoitida o‘zgarmay qoladi.


22.5-rasm. Yalpi taklif o‘zgarishining AD-AS modelidagi muvozanatga ta’siri.



Oraliq va vertikal kesmalarda baholar o‘sib borishi bilan kuzatilgan yalpi talabning ko‘payishi talab inflyatsiyasi mavjudligini ko‘rsatadi.
Yalpi taklif o‘zgarishinmg baholami va ishlab chiqarishni muvozanatli darajalariga ta’sirini 22.5-rasm misolida ko‘rib chiqamiz. Bahodan boshqa omillar ta’sirida yalpi taklifning AS 1 dan AS2ga siljishi natijasida ishlab chiqarish hajmi Yi dan Y2
gacha kamayadi, baholar darajasi esa R1 dan R2 gacha ko‘tariladi, ya’ni stagflyatsiya ro‘y beradi.
Boshqa bir vaziyatda, masalan, narxlarga bog‘liq bo‘lmagan omillardan birortasi o‘zgarib, yalpi taklifning o‘zgarishiga olib kelsin. Ya’ni, yeming bahosi pasaysa, korxonalardan olinadigan soliqlar kamaysa va natijasida mahsulot birligiga ketgan sarf-xarajatlar qisqarsa, unda yalpi taklif egri chizig‘i AS]dan AS3 holatga siljiydi. Bunda narxlar muvozanat darajasi PI dan P3 ga qadar pasayadi va ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi Yl dan Y3 qadar oshadi, ya’ni, iqtisodiy o‘sish holati ro‘y beradi.
Yalpi taklif va yalpi talab o‘rtasidagi muvozanatning buzilishi makroiqtisodiy beqarorlikni keltirib chiqaradi. Jumladan “jahon moliyaviy inqirozining yuzaga kelishida asosiy sabab - moliyaviy resurslar bilan real ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi hisoblanishini ta’kidlash lozim. Pul muomalasi qonunlaridan ma’lumki, iqtisodiyot sog‘lom va barqaror amal qilishi uchun muomalaga chiqarilayotgan pul massasi bilan tovar va hizmatlar ishlab chiqarish real hajmi o‘rtasida muayyan nisbatga amal qilinishi lozim. Biroq, milliy iqtisodiyotlaming baynalminallashuvi va globallashuv jarayonlari pul muomalasining amal qilishiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazib, dastlab ayrim mamlakatlar, masalan AQShda, keyinchalik ko‘plab mamlakatlarda mazkur qonunga rioya qilishning zaiflashuviga, keyin esa uni umuman e’tiborga olmaslikka qadar olib keldi”11.
Natijada muomaladagi pul massasi (yalpi talab) tovarlar va hizmatlar hajmi o‘rtasida muvozanat buzildi, va moliyaviy inqiroz iqtisodiy inqirozga aylandi.
Shu sababli ham makroiqtisodiy siyosatning asosiy vazifalaridan biri makroiqtisodiy muvozanatni ta’mmlashdan iboratdir. Bunda yalpi talab va yalpi taklifning dinamik muvozanatiga erishish uchun yalpi talabni rag‘batlantirish yoki cheklash siyosati, shunmgdek, yalpi taklifni rag‘batlantirish siyosati qo‘llaniladi.
Yalpi talabni rag‘batlantirish siyosatining ko‘rinishlariga daromadlami o‘stirish, soliqlami kamaytirish, bank kreditlarini arzonlashtirish, narxlami cheklash tadbirlari kirsa, yalpi taklifni rag‘batlantirish siyosatida investitsiyalami rag‘batlantirish, ishlab chiqamvcnilarga soliq yukini pasaytirish, eksportchilami qo‘llab- quvvatlash va h.k. choralar kiradi.
Nazarot savollari

  1. Yalpi talab-yalpi taklif modeli qanday vazifani bajaradi?

  2. Yalpi talab va uning komponentlariga ta’rif bering.

  3. Yalpi talab egri chizig‘i quyiga egllgan trayektoriyaga ega bo‘lishining sababi nimada?

" Б.Ю.Ходиев, А.Ш.Бекмуродов, У.В.Гофуров, Б.К.Тухлиев. Узбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг «Жахон молиявий-иктисодий инкирози, Узбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йуллари ва чоралари» номли асарини урганиш буйича укув кулланма. - Т.; Иктисодиёт, 2009. , 14- б.

  1. Yalpi talabning narx omillariga izoh bering.

  2. Yalpi talahning narxdan boshqa omillariga va ulaming AD egri chizig‘iga ta’siriga izoh hering.

  3. Yalpi taklif egri chizig‘i shakli qaysi sabablarga ko‘ra murakkab ko‘rinishga ega?

  4. AD-AS modelidagi makroiqtisodiy muvozanat holatini va uning shartlarini tushuntiring.

  5. Yalpi talab o‘zgarishi modeldagi muvozanat holatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

  6. Yalpi taklif o‘zgarishi modeldagi muvozanat holatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

  7. Yalpi taklif chizig‘idagi kesmalarga izoh bering.

  1. Iste’mol va jamg^arish, ularning graflklari va funksiyalari

Iste’mol bozorini bozor konyunkturasi talablari asosida to‘ldirish 0‘zbekiston makroiqtisodiy otining dolzarb masalalaridan biridir. Ma’lumki, 0‘zbekistonda iste’mol qilinadigan tayyor mahsulotlaming katta qismi sobiq ittifoqdosh respublikalardan hamda chet eilardan olinar edi. Mustaqillikka erishilgandan so‘ng ulardan tayyor mahsulotlar olish mushkuilasha boshladi. Qolaversa, tovar ayirboshlash ham jahon narxlarida, jahon standartlariga moslashtirib borilmoqda. Bu hoi bozor iqtisodiyoti ta’limotining makroko‘lamdagi iste’mol funksiyasini o‘rganishimizni taqozo qiladi. Iste’mol funksiyasming mohiyatini bilishimiz iste’mol bozorini boshqarishimizda asos boMadi.
Iste’mol bozori - aholi iste’moli uchun zamr bo‘lgan tovar va hizmatlami ayirboshlash makonidir. Iste’mol bozori turli-tuman savdo shoxobchalarini: davlat, iste’mol savdosi, dehqon bozori va chayqov bozorini o‘z ichiga oladi.
Iste’mol bozorida xaridorlar faqat fuqarolardan iborat bo‘lmaydi. Xaridorlar tarkibiga aholiga bepul hizmat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlar (kasalxona, bolalar bog‘chasi, qariyalar uyi va boshqalar) ham kiradi. Ular ham keng iste’mol buyumlarinmg iste’molchilaridir. Iste’mol bozorida har xil hizmatlar (madaniy, tibbiy, texnikaviy) ham sotiladi. Iste’mol bozorinmg hajmi unda sotiladigan tovarlarning yalpi summasi (masalan, tovar oboroti) bilan belgilanadi. Iste’mol tovarlari qat’iy davlat narxlari, nazorat qilinadigan narxlar va erkin narxlarda sotiladi.
Iste’mol bozori o‘zining holatiga qarab ikki xil boMadi: to‘yingan bozor va taqchil bozor yoki och bozor. To‘yingan bozorlarda iste’mol tovarlari talabga yetarli sifatda va miqdorda boMadi. Taqchil bozorda esa tovarlar sumnkasiga iste’molni qondirmaydi, uning narxi yuqori boMadi. Tovarlar narxining yuqoriligi va taqchilligi natijasida iste’molchini ijtimoiy himoyalash zarurati kelib chiqadi. Iqtisodchilar tomonidan “iste’mol savati” va uning qiymati aniqlanadi. “Iste’mol savati” - muayyan oziq-ovqat, sanoat mollari va hizmatlaming tirikchiligini ta’minlashga ma’lum darajada yetarli bo‘lgan miqdorini ko‘rsatadi. Narxlaming to‘xtovsiz o‘sib borayotgan hozirgi sharoitida aholining ko‘rgan zararini qoplash uchun hukumat tomonidan mamlakatda “iste’mol savati” tarkibi aniqlanadi va uni qo‘llash taklif etiladi.
Uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlari (bundan buyon iste’mol deb yuritiladi), yalpi talab yoki YalMning yakuniy iste’molga ko‘ra tarkibida eng katta ulushga ega boigan komponentdir. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlarda iste’mol xarajatlari shaxsiy tasarrufdagi daromadning asosiy qismini tashkil etadi. Shu tufayli ham iste’mol xarajatlariga ta’sir etuvchi omiUami, uning o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega.
Uy xo‘jaliklari tasarrufidagi daromadning iste’mol qilinmasdan qolgan qismi ulaming jamg‘armalarini tashkil etadi. Klassik maktab vakiliari jamg‘arish hajmi foiz stavkasining funksiyasi deb qarashsa J.M. Keyns uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlari va jamg‘arishlari hajmini belgilovchi asosiy omil ulaming ishlab chiqarishda ishtirok etishdan olingan daromadlari deb hisoblaydi. Yanada aniqlik kiritsak iste’mol va jamg‘arish hajmini belgilovchi asosiy omil uy xo‘jaliklarining ishlab topgan daromadlari, olgan transfert toiovlari va to‘lagan soliqlari bilan belgilanadigan tasarrufidagi daromadi (DI - disposable income, yoki Yd ) ko‘rsatkichidir. Makroiqtisodiy nazariyada iste’mol va jamg‘armalar, milliy daromad yoki shaxsiy daromadlaming funksiyasi sifatida ham tadqiq qilinadi.
Ma’lumki, uy xo‘jaligi tasarrufidagi daromad iste’mol va jamg‘arish uchun ishlatiladi. Ya’ni, qancha ko‘p iste’mol qilinsa, shuncha kam jamg‘ariladi va aksmcha. Iste’mol va jamg‘arish o‘rtasidagi o‘zaro bogiiqlik har xil daromadga ega boigan shaxslarda bir xil emas: kam daromadga ega boiganlar, odatda, uning ko‘proq qismini iste’mol qilib, kamroq qismini jamg‘aradi, lekin daromadlari oshib borishi bilan bu
nisbat jamg‘arish foydasiga o‘sadi. Bu bog‘liqlikni gipotetik ma’lumotlar asosida ko‘rib chiqamiz (4-jadval).
Tasarrufidagi daromad hajmi 370 shartli birlikka (sh.k.) teng bo‘lganda uy xo‘jaliklari iste’moli 375 sh.b.ka teng, ya’ni tasarrufidagi daromaddan 5 sh.b.ka ko‘p bo‘ladi. Ya’ni uy xo‘jaliklari 5 sh.b.ka teng miqdorda qarz hisobiga yoki o‘tgan yillarda to‘plangan jamg‘armalar hisobiga iste’mol xarajatlari qiladilar.

Download 88,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish