Klassik nazariyada yalpi taklifni tahlil qilish quyidagi shartlarga tayanadi:
ishlab chiqarish hajmi faqatgina ishlab chiqarish omillari hajmiga va texnologiyalarga bog ‘liq va baholar darajasiga bog ‘liq emas;
ishlab chiqarish omillari va texnologiyalarda о ‘zgarish sekinlik bilan ro ‘y beradi;
iqtisodiyot to ‘liq bandlik sharoitida amal qiladi, ya ’ni ishlab chiqarish hajmi potensial darajaga teng; I
I
1
' - baholar va nominal ish haqi о ‘zgaruvchan, ulaming о ‘zgarishi
\ bozorlarda muvozanatni ta ’minlab turadi.
Oraliq kesma - ishlab chiqarish real hajmining o‘sishi narxlar darajasining o‘sishiga mos ravishda o‘sib boradi. Nima uchun? Chunki, iqtisodiyotning pasayish holatidan to‘liq bandlikka o‘tishi notekis va turli vaziyatlarda ro‘y beradi. Masalan, ayrim tarmoqlarda resurslaming yetishmasligiga duch kelinsa, boshqa tarmoqlarda hozircha ortiqcha resurslar mavjud bo‘ladi. Shuningdek, ular ishlah chiqarishni kengaytirish uchun yangi asosiy vositalar sotib olish va malakasiz mutaxassislardan foydalanishiga to‘g‘ri keladi. Bu esa mahsulotlar birligiga ketadigan xarajatlaming oshishiga va natijada baholar darajasining o‘sishiga olib keladi.
Ishlab chiqarish hajmi ко‘payishi yoki kamayishi bahoga bog'liq bo ‘Imagan omillar hisobiga ham ro ‘y berishi, bu omillar esa yalpi taklif egri chizig'ini o'ng yoki chap tomonga siljitishi mumkin. Bahoga bog'liq bo‘Imagan omillarning xususiyati shundaki, ular mahsulot birligiga ketgan xarajatlarga bevosita ta’sir qiladi va shu orqali jami taklif egri chizig ‘ining siljishiga sabab bo ‘ladi.
Bu omillarga texnologiyalardagi o‘zgarishlar, ishlab chiqarish omillari miqdorining o‘zgarishi, resurslar haholarining o‘zgarishi, firmalami soliqqa tortishdagi o‘zgarishlar va boshqalar kiradi.
AD-AS modelida makroiqtisodiy muvozanat
AD va AS egri chiziqlarining kesishish nuqtasi ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi va baholaming muvozanatli
darajasini belgilaydi. Baholaming muvozanatli darajasi deganda baholaming shunday darajasi tushuniladiki, unda jami talab va taklif bir- biriga mos kelishi yoki teng bo‘lishi kerak. Modelda makroiqtisodiy muvozanatga erishish mexanizmini dastlab oraliq kesmada ко‘rib chiqamiz (22.3-rasm). Dastlab muvozanat e nuqtasida o‘matilgan. Baholaming muvozanatli darajasi va yalpi ishlab chiqarish hajmining muvozanatli hajmlari mos ravishda Pe va Ye lar bilan belgilangan. Nima
uchun Pe narxlaming muvozanatli darajasini va Ye esa yalpi ishlab chiqarishning muvozanatli hajmini bildirishini ko‘rsatishimiz uchun baholaming muvozanatli darajasi Pe emas, balki PI deb hisoblaymiz.
22.3-rasm. Yalpi taklif egri chizig‘ining oraliq kesmasidagi muvozanat
Baholar darajasi PI bo‘lgan vaziyatda ishlab chiqaruvchilar yalpi ishlab chiqarish hajmini Y 1 miqdoridan oshirmaydi.
Iste’molchilar baholar darajasi PI bo‘lganda mahsulotlami Y 2 darajada sotib olishga tayyor turadi. AD>AS bo‘lganligi tufayli iste’molchilar o‘rtasidagi raqobat baholar darajasini Pe gacha suradi. Baholar darajasining PI dan Pe gacha ko‘tarilishi ishlab chiqarish hajmini Y1 dan Ye gacha oshirishga va iste’molchilar talabini Y2 dan Ye gacha kamayishga olib keladi. Natijada AD va AS egri chiziqlari e nuqtada kesishadi. Demak, aynan Re baholaming muvozanatli darajasi va e muvozanat nuqtasidir.
rasmda yalpi talab egri chizigi yalpi takhf egri chizig‘i bilan keyns kesmasi kesishadigan vaziyat tasvirlangan. Bunday vaziyatda makroiqtisodiy muvozanat nuqtasi baholar darajasi bir xil turganda ham o‘zgaradi. Buni tushunish uchun avvalo yalpi ishlab chiqarishning muvozanatli hajmini Ye va muvozanatli baholar darajasini Pe bilan belgilaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |