Import xaridlar samarasi shuni bildiradiki, biror mamlakatda tovar va hizmatlaming ichki narxlari tashqi narxlarga nisbatan oshib borsa, shu mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovar va hizmatlarga talah kamayadi va o‘z navbatida shu mamlakatda import mahsulotlarga bo‘lgan talab oshadi. Va, aksincha, ichki narxlaming pasayishi importning kamayishiga va eksportning oshishiga yoki YalMga talab oshishiga olib keladi. Bu esa sof eksport hajmi orqali yalpi talab hajmiga ta’sir ko‘rsatadi. PT-{ XI ( MT }^Xnl ->ADi Yuqorida ko‘rib o‘tilgan omillar yalpi talabning baho omillari deb ataladi. Bundan tashqari yalpi talabning bahoga bogMiq boMmagan omillari ham mavjud. Bu omillardagi o‘zgarishlar yalpi talabning miqdorida o‘z aksini topadi va uning egri chizigMni chapga yoki o‘ngga siljitadi. Yalpi talabning bahoga bog‘liq bo‘lmagan omillariga quyidagilami kiritamiz:
Iste ’mol xarajatlaridagi о ‘zgarishlar:
iste’molchilammg real moddiy aktivlari miqdorining o‘zgarishi;
iste’molchilar daromadlaridan olinadigan soliqlar miqdorining o‘zgarishi.
Investitsiya xarajatlaridagi о ‘zgarishlar:
foiz stavkasidagi o‘zgarishlar;
investitsiyalardan kutilayotgan foyda normasining o‘zgarishi; korxonalardan olinadigan soliqlar miqdorining o‘zgarishi;
yangi texnologiyalaming ishlab chiqarishga jalb qilinishi; f)zaxiradagi quvvatlar o‘zgarishi.
Davlat xarajatlarining o‘zgarishi. Masalan, harbiy xarajatlar va yangi kasalxona va boshqa muassasalar qurishga qaror qilinganda:
Sof eksport hajmidagi о ‘zgarishlar:
boshqa mamlakatlar milliy daromadlarining o‘zgarishi;
valyuta kurslaridagi o‘zgarishlar.
Pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yuqoridagilardan tashqari yalpi talabning narxlarga bog‘liq bo‘lmagan yana ikki omilini beradi. Bular: pul taklifi (M) va pulning aylanish tezligi (V) dir. Yalpi talabning bahoga bog‘liq bo‘lmagan omillari ta’sirida AD egri chizig‘i o‘ngga yoki chapga siljiydi. Natijada ma’lum baho darajasiga mos keluvchi talab qilinayotgan yalpi ichki mahsulot hajmi o‘zgaradi. Pul taklifmmg, pulning aylanish tezliginmg oshishi, boshqa davlatlar milliy daromadining oshishi, milliy valyuta kursining ma’lum miqdorda pasayishi (bular eksportning ortishi, importning pasayishiga olib kelishi tufayli) oqibatida sof eksportning pasayishi va yalpi xarajatlar turli komponentlarining oshishi AD egri chizig‘mmg o‘ngga siljishiga olib keladi. Bunga aksincha bo‘lgan holatlarda AD egri chizig‘i chapga siljiydi. Yalpi taklif grafigi va omillaritushunchasi ko‘pincha yalpi ichki mahsulot sinonimi sifatida qo‘llaniladi. Baholaming yuqori darajasi ishlab chiqaruvchilarga qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarishga rag‘bat yaratadi va aksincha past baholar mahsulot ishlab chiqarish hajmini qisqarishiga olib keladi. Shuning uchun ham milliy ishlab chiqarish hajmi bilan baholar darajasi o‘rtasida to‘g‘ri aloqa mavjud. Demak, mahsulot ishlab chiqarish hajmi baholar o‘sib borishi bilan o‘sib, pasayishi bilan tushib boradi. Yalpi taklif (AS) egri chizig‘i alohida tovar taklifi egri chizig'idan farq qilib uch qismdan, gorizontal yoki keyns kesmasi, ko‘tarilib boruvchi yoki oraliq kesma hamda vertikal yoki klassik kesmadan iborat (10-rasm). Bunday holat yalpi taklifni tahlil qilishga klassik va keynschilarga xos yondashuv bilan izohlanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda ko‘pincha oraliq kesma ham keyns kesmasiga kiritib yuboriladi. Ko‘tarilib bomvchi yoki oraliq kesma
Yalpitaklifningkeynskesmasidamilliyishlabchiqarishninghaqiqiyhajmiuningpotensialhajmidan, ya’nito‘liqbandliksharoitidaerishishimumkinbo‘lganhajmidankamdir. Demak bu kesma iqtisodiyotning pasayish bosqichida bo‘lgan va katta miqdordagi resurslardan foydalanilmagan sharoitni ko‘rsatadi. Foydalanilmayotgan ushbu resurslami esa baholar darajasiga ta’sir ko‘rsatmagan holda ishga tushirish mumkin. Bu kesmada milliy ishlab chiqarish hajmi oshishi baholar darajasi o‘zgarmay qolgan sharoitda ro‘y beradi. Yalpi taklif egri chizig‘ining Keyns kesmasidaiqtisodiyotni nisbatan qisqa muddatda amal qilishini xarakterlaydi. Bu kesmada yalpi taklifni tahlil qilish quyidagi shartlarga tayanadi:
iqtisodiyot ishlab chiqarish omillari to‘liq band bo‘lmagan sharoitda amal qiladi;
real miqdorlar (ishlab chiqarish, bandlilik, real ish) haqi harakatchan va hozor tebranishlaridan tez ta’sirlanadi.
Vertikal yoki klassik kesmada iqtisodiyot to ‘liq bandlik sharoitiga yoki ishsizlikning tabiiy darajasi sharoitiga erishgan vaziyatni ko'ramiz. Iqtisodiyot egri chiziqning bu kesmasida o'zining ishlab chiqarish potensiali darajasida bo'ladi. Bu shuni bildiradiki, baholarning har qanday oshishi ishlab chiqarish hajmining oshishiga olib kelmaydi. Chunki, iqtisodiyot to ‘liq quwatda faoliyat ко ‘rsatayapti. To‘liq bandlik sharoitida ayrim firmalar boshqa firmalarga nisbatan resurslarga yuqoriroq baholarni taklif etish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirishga harakat qiladi. Ammo, bunday holatda ayrim firmalaming resurslar va ishlab chiqarish hajmini oshirishi, boshqalar uchun yo ‘qotishga olib keladi. Natijada bu mahsulotlar bahosi oshishi mumkin, lekin ishlab chiqarishning real hajmi о ‘zgarmay qoladi.