16-mavzu. Kichik biznes moliyasi reja



Download 39,35 Kb.
bet1/16
Sana04.04.2022
Hajmi39,35 Kb.
#527954
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
KICHIK BIZNES MOLIYASI



16-MAVZU. KICHIK BIZNES MOLIYASI REJA:

    1. Iqtisodiyot uchun kichik biznes sektorining ahamiyati va kichik biznes tushunchasining mohiyati;

    2. Kichik kompaniyalarning faoliyat maqsadlari;

    3. Kichik kompaniyalarning eng keng tarqalgan tashkiliy-huquqiy

shakllari;

    1. Kichik kompaniyalarni soliqqa tortish xususiyatlari;

    2. Kichik biznesdagi investitsiyalashning real imkoniyatlarini baholash uchun qo‘llaniladigan risk darajasi va diskont stavkasi;

    3. Moliyalashtirishning uzoq muddatli manbalarini jalb qilishda kichik kompaniyalar duch keladigan muammolar;

    4. Kichik kompaniyalar aksiyalarini baholash;

    5. Kichik korxonalardagi o‘z va qarz mablag‘lari o‘rtasidagi nisbat;

    6. Kichik biznes sohasidagi dividendlar;

    7. Kichik biznesda ishchi kapital xususiyatlari.

16.1. Iqtisodiyot uchun kichik biznes sektorining ahamiyati va kichik biznes tushunchasining mohiyati
Hozirgi sharoitda kichik biznes tushunchasi juda ko‘p qirrali sanaladi.
Ko‘pincha ta’rif berishda ishchilar soni, qo‘yilgan mablag‘larning umumiy hajmi va savdo aylanmasi hajmi kabi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Biz ko‘rib chiqadigan kompaniyalar shakllari asosan quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladilar:

  • bunday kompaniyalar juda mayda korxonalarga qaraganda ancha barqaror. - ularning qimmatli qog‘ozlari shakllangan kapital bozoridan hech birida kotirovka qilinmaydi, samarali bozorlarga tarqatilmaydi.

  • aksionerlik kapitalga egalik qilish va o‘z-o‘zidan uning ustidan nazoratni olib borish shuxslar guruhining birlashgan o‘zaro aloqasi orqali amalga oshiriladi: boshqacha aytganda bu oilaviy turdagi kompaniyalardir

Kichik kompaniyalar yuqorida keltirganimizdek Buyuk Britaniya xususiy sektorining muhim qismidir. Angliya banki ma’lumotlariga ko‘ra (Bank of England 2003a, 2004), xodimlar soni 50 kishidan kam bo‘lgan kompaniyalar uchun quyidagi ko‘rsatkichlar xosdir:
Xususiy sektor kompaniyalarining ulushi (%)
Ishlovchilar soni 44
Savdo aylanmasi 37
Yalpi qo‘shilgan qiymati 54
Sof kapital xarajatlar 40
Bunday holat alohida Yevropa mamlakatlari va butun YI uchun ham xosdir. Britaniya iqtisodiyoti uchun kichik kompaniyalarning ahamiyati oshib borayotganligi to‘g‘risida barcha asoslar mavjud. 1980-1990-yillardagi sanoatni qayta tizimlashtirish qazib oluvchi va elektro energiya ishlab chiqaruvchi an’anaviy sanoatdan xizmat ko‘rsatish tarmoqlariga muvozanatni o‘tishiga olib keldi. Modomiki xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining rivojlanishi ko‘lam samarasi bilan bog‘liq emas ekan, ular asosan kichik biznes birliklari tomonidan taqdim qilinadi. Hattoki yangi kompyuter texnologiyalarini ishlab chiqarish sohasida kichik kompaniyalar ancha hayotiy barqaror ekanliklarini ko‘rsatdilar. Bunday texnologiyalarning ishlab chiqarishdagi ko‘lamni tejamkorligiga moslashuvchanligi sababli u an’anaviy ishlab chiqarish usullarini qo‘llashda ham foydali bo‘ladi. Oldingi bobda ko‘rganimizdek moslashuvchanlik ishlab chiqarish tarmoqlarida katta ahamiyatga ega. Kichik kompaniyalar ancha moslashuvchan tuzilma sifatida o‘zlarini taqdim qiladilar.
Kelgusida istalgan ko‘lamdagi kompaniyalar ko‘proq sub shartnomalar tuzishi yoki mazkur sohaga ixtisoslashgan kompaniyalardan zaruratga qarab xizmatlar yoki detallar xarid qiladilar; mazkur strategiya autsorsing sifatida ma’lum (outsourcing). Hozirning o‘zida kompaniyalar tomonidan autsorsingni amalga oshirish sabalari oshib bormoqda, masalan xodimlar ni boshqarish va axborot texnologiyalari sohasida qo‘llanmoqda. Boots Group plc, kompaniyasi kimyo sanoati sohasida faoliyat yuritib axborot tizimlarini boshqarish va o‘zining markazlashgan omborlarini boshqarish bo‘yicha ixtisoslashgan kompaniyalar bilan yaqinda sub shartnoma tuzdi. Natijada Boots faoliyatning muhim shakllarida to‘planish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mohiyatiga ko‘ra Boots kompaniyalarning ko‘lamini hisobga olib, autsorsing yirik kompaniyalarda amalga oshirildi.
Bu vaqtda autsorsing qoidaga ko‘ra kichik biznes kompaniyalari uchun zarur bo‘lib, ulardan har biri ma’lum tovar yoki xizmatlar ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Autsorsing nafaqat kichik kompaniyalarning mahsulot ta’minoti bozorini yaratadi, balki iqtisodiyotning mazkur tarmog‘iga ishchi kuchi oqimini ham keltiradi. Ushbu tendensiya yirik kompaniyalar korxona faoliyatining muhim shakllari bilan bog‘liq bo‘lmagan malakaga ega xodimlar dan saqlanishi bilan tushuntiriladi. Divestitsiya amaliyoti shuni tasdiqlaydiki kichik kompaniyalarning muhim faoliyat tarmoqlarida roli va to‘planishi oshib bormoqda.
Ayrim kompaniyalar innovatsiyalar taraqqiyoti uchun sharoit yaratib iqtisodiyotda o‘ziga xos muhim rol o‘ynaydi. Ko‘pchilik tasdiqlashicha yuqori foiz mumkin bo‘ladi, yangi g‘oyalar kichik biznes sohasida paydo bo‘ladi va sinovdan o‘tkaziladi.
Biznes moliyasining bir nechta sohalari mavjud bo‘lib, ulardagi yirik kompaniyalar uchun amal qiladigan umumiy tamoyillar kichik kompaniyalar uchun unchalik samarali bo‘lmasligi mumkin. Bundan tashqari bir nechta sohalar ham mavjud bo‘lib, ularda asosiy e’tibor kichik kompaniyalar o‘zlariga xos muammolar bilan to‘qnashishiga qaratiladi. Biz ularni mazkur bobda ko‘rib chiqamiz.

Download 39,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish