16-mavzu. Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari Reja



Download 377,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/19
Sana08.07.2021
Hajmi377,08 Kb.
#113008
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
16-mavzu lotin bc84c62a75e795768c60f639b06f1d0d

Bir tomon iljaysa, ikkinchi tomon 

Qotib turaverar-unga bir tiyin

Ikki ministrlik aro sargardon 

Bo’lgan mo’rkon kabi burnimga qiyin. 

 

2.  Samimiy  istehzo.  Kishining  kamchiliklarini  uning  ko’ngliga  botmaydigan  so’zlar  orqali 



ifodalash  bilan  ham  kulgililikni  ko’rsatib  berish  mumkin.  Chustiyning  «Xurragim»  g’azalida 

kulgining subyekti - xurrak otuvchi chiroyli tashbeh bilan ifodalanadi: 



Uyga sig’may, nayza sanchib tomni teshding nogahon: 

Shul zamon sirlik faner topdi jarohat, xurragim. 

Ko’kka chiqdingu malaklar uyg’onib ketti bari

Qayda bo’lsang, bo’ldi ko’p uyquga g’orat, xurragim. 

3.  Hazil-mutoyiba.  Kulgililikda  hazilning  o’rni  beqiyos.  Hazil  insonlarni  fikrlashga, 

so’zlarni  o’rinli  qo’llashga,  qiziqarli  iboralar  bilan  fikrni  bayon  etishga  undaydi.  Hazilning 

qo’pol  ko’rinishi  masxara  hisoblanadi.  Kinoya,  piching,  kesatiq  so’zni  hazil  orqali  ifodalashda 

muhim vositalardir. 

Kulgililik-yuksak  taraqqiy  etgan  tanqidning  ibtidosini  o’zida  namoyon  qiladi.  Kulgi-

tanqidning ehtirosi estetik shaklidir. Kulgi tabiatiga ko’ra tabaqalanishga qarshi, mansab va amal 

oldida  bo’yin  egmaydi.  Kulgi  tengsizlik,  zo’ravonlik,  manmanlik,  amalparastlik,  nodonlikning 

barcha  shakllariga  qarshi  ko’rishuvchi  buyuk  kuch  sifatida  maydonga  chiqadi.  Abdulla 

Avloniyning  «Hajviyot»idagi  «Ko’rning  uzri»,  «Bir  munofiq  tilidan»,  «Bilimsiz  oliftalarga», 

«Haqiqiy ma’nosi», «Dangasaman», «Soqovraport» kabi maqolalarida asrimiz boshida xalqimiz 

ahvoli  to’g’ridan-to’g’ri  kulgi  ostiga  olinadi.  Yoki  buyuk  adib  Abdulla  Qahhor  ijodida  shunga 

mos  misollar  talaygina  Masalan,  yaxshilikni  bilmaydigan  yozuvchilar  to’g’risida  «Bu  odam» 

to’nkarilib qolgan to’ng’izga o’xshaydi, o’nglab qo’yadiganlarning qo’lini sasitadi». Jurnal yoki 

gazetani o’z saviyasiga moslab olgan muharrirlar to’g’risida bunday deydi: «Redaksiya eshigini 

o’z bo’yiga moslab qurib olgan, katta yozuvchilar bu eshikka sig’maydi». Talantsiz yozuvchilar 

to’g’risida «Mana bu odam ko’chadan o’tib keta turib oyog’i toyib soyuz eshigining ichkarisiga 

yiqilgan. Xaligacha chiqib ketmaydi.» va h.k.  




Ma’lumki,  «Gulmisiz-rayhonmisiz,  jambulmisiz»  deb  nomlangan  askiyapayrov  so’z  o’yini 

o’zbek  milliy  askiya  san’atining  gultojisi  hisoblanadi.  Bunda  zukkolik,  zakiylik  nafaqat  fazilat 

sifatida, balki u kulgi xissini yuzaga keltiruvchi faol, badiiy shakli sifatida ham namoyon bo’ladi. 

Shuningdek,  yumor  tuyg’usi  har  qanday  iste’dodning  ajralmas  hamrohi,  desak  mubolag’a 

qilmaymiz.  Iste’dodli  odam  yumor  tuyg’usidan  benasib  bo’lishi  mumkin  emas  va  aksincha, 

yumor tuyg’usiga ega bo’lmagan odam iste’dodli bo’la olmaydi. 

Kulgining  bir  qancha  turlari  mavjud  bo’lib,  hazil  va  hajviya  ularning  ichida  eng  asosiysi 

hisoblanadi.  Bulardan  tashqari,  mas’hara,  o’xshatma  (parodiya),  piching,  kesatiq,  hazil-

mutoyiba, xajviy rasm (karikatura), mubolag’a, latifa, askiya kabilar kulgililikni paydo qiluvchi 

muhim  omillardir.  Insonning  tashqi  va  ichki  olamidagi  ayrim  qusurlar,  kasbi  yoki  kundalik 

faoliyatidagi  kulgiga  daxldor  jihatlar  hazil  uchun  sabab  bo’ladi.  Bunga  qo’yidagi  xolat  misol 

bo’la  oladi.  Bir  vaqtlar  Toshkentda  Penson  degan  fotojurnalist  o’tgan  bo’lib,  u  20-yillardanoq 

shu  sohada  ishlagan,  respublikada  bormagan  joyi  qolmagan,  qanday  yirik  hodisa  bo’lmasin, 

hammasini suratga olib, gazetaga bostirardi, suratlarining tagiga esa «Foto Pensona» degan imzo 

qo’yardi. Shu bois uning laqabi ham «Foto Penson» bo’lib ketgandi. Abdulla Qahor shu odamga 

quyidagicha hazil she’r yozgan: 

 

Suvrati olamga mashxur gazetu jurnaldin

Qayga borsam, shunda hozir foto Pensonim mening. 

Xajviya-jamiyat,  inson  faoliyatidagi  illatlar  va  ularning  oqibatlari,  olam  mukammalligi  va 

inson  ideallariga  nomuvofiq  kelishini  ko’rsatib  beruvchi  kulgi  turidir.  Lekin  mas’hara,  mazax 

kabi kulgi turlari ham borki, ular estetik tarbiya vositasi bo’lolmaydi. Aksincha, ular mohiyatan 

insonni  qoralashga,  uni  hafa  qilishga,  obro’sizlantirishga  qaratilgan  bo’ladi.  Bu  kulgining  o’ta 

ziddiyatli  va  g’ayriaxloqiy  ko’rinishidir.  Shu  bois  mas’hara  fisqu-fasodning  muqaddimasi 

sanaladi.  Mazah  qilish  ibosiz  so’z  bilan  insonga  daxl  etmoq  demakdir.  Mazah  qilish,  kalaka 

qilish,  o’zganing  ustidan,  jismoniy  kamchiligidan  kulish  mas’haraning  real  voqyelikdagi 

ko’rinishlaridir. 

Kulgililikning  barcha  shakllari  ular  qanchalik  erkin  namoyon  bo’lish  imkoniyatlariga  ega 

bo’lib  borsalar,  shunchalik  ko’p  ahamiyat  kasb  etadilar.  Rivojlangan  hazil  tuyg’usi,  hayotning 

kulgili  tomonlarini  nozik  ilg’ab  olish  va  fahmlash  qobiliyati  rivojlanib  borgan  sari  shaxsning 

ma’naviy-ruhiy sog’lomligi hamda barkamolligi yuksalib boraveradi.  

Umuman  olganda,  estetikaning  mezoniy  tushunchalari  (kategoriyalari)ni  bir-biri  bilan 

doimiy  hamkorlikda  mustahkamlanib  boradi.  Ayniqsa,  bu  jarayonda  go’zallik  kategoriyasi 

bog’lovchi  vazifasini  bajaradi.  Shuning  uchun  fojiaviylikda,  ulug’vorlikda,  xunuklikda  ham 

go’zallik unsurlarining uchrashi bejiz emas.  

 


Download 377,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish