16-mavzu. Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari Reja



Download 377,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/19
Sana08.07.2021
Hajmi377,08 Kb.
#113008
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
16-mavzu lotin bc84c62a75e795768c60f639b06f1d0d

Go’zallik.  «Go’zallik»ning  tugal  ilmiy  ta’rifi  haqida  biror-bir  qat’iy  fikr  mavjud  emas. 

Biroq,  go’zallikning  idrok  etilishi,  tabiatda  namoyon  bo’lishi,  san’atda  aks  etishi  hamda  uning 

jamiyat  rivojiga  ta’siri  haqida  bildirilgan  fikrlar,  ilgari  surilgan  g’oyalar,  yaratilgan  ta’limotlar 

o’zining  salmog’i  bilan  ahamiyatlidir.  Inson  va  uning  ruhiy-jismoniy,  axloqiy-estetik  faoliyati, 

tabiat va undagi hodisalar, jamiyat va unda ro’y berayotgan ijtimoiy-ma’naviy, siyosiy-iqtisodiy 

jarayonlar go’zallikka yondoshuvning tarixan tarkib topgan asosiy obyektlaridir.  

Shuni  alohida  ta’kidlash  zarurki,  go’zallik  haqidagi  qarashlar  va  nazariyalar  markaziga 

«Go’zallik nima?» degan savol qo’yiladi-yu, ammo ularning aksariyatida «Nima go’zal?» degan 

savolga  javobni  ko’ramiz.  Jumladan,  «Huvarnosi  Ahura  Mazda  ko’p  go’zaldir,  go’zaldir  juda» 

(Zardusht),  «Go’zallik  bu  g’oyalardan  iborat  g’oyaning  g’oyasi»  (Aflotun),  «Go’zallik-bu  turli 

musiqalar, yaxshi xulq-atvorga to’g’ri keladigan, odamlar erishishga havas qiladigan narsalardir» 

(Abu  Nasr  Forobiy),  «Har  qanday  go’zallik,  go’zallikni  anglay  olgan  muhabbat  obyektidir» 

(Imom G’azzoliy), «Go’zallik bu hayotdir» (N.G.Chernishevskiy), «Go’zallik-hodisaga aylangan 

erkinlik»  (F.  Shiller),  «To  bizga  taalluqli  emas  ekan,  hamma  narsa  go’zal»  (A.  Shopenhauer), 

«Go’zallik  Xudo-san’atkor  tomonidan  yaratilgan  illyuziya-xayolotdir»  (F.  Nisshe)  kabi  fikrlar 

go’zallikka turlicha yondoshuv natijasida yuzaga kelgan.  

Odatda,  go’zallik  ikki  omil  asosida  yuzaga  keladi.  Bu:  1.  Inson  tafakkuri  va  mehnatining 

mahsuli  natijasida  yaratiladigan  go’zallik.  2.  Inson  tafakkuridan  tashqarida,  insonga  bog’liq 

bo’lmagan  xolda  yuzaga  keladigan  go’zallik.  Birinchisida  aql,  ruh  va  xissiyot  ustuvor  bo’lsa, 

ikkinchisida makon va zamonning o’rni salmoqlidir.  

Ta’kidlash  lozimki,  ko’zga  ko’rinadigan,  idrok  etiladigan  biror  narsa  o’z-o’zicha  paydo 

bo’lmaydi,  ularning  asosini  tashkil  etuvchi  muayyan  unsur  (element)lar mavjud.  Go’zallikning 

shakllanishi va namoyon bo’lishida uning unsurlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu unsurlar 

qo’yidagilardan  iborat:  maqsadga  muvofiqlik,  mutanosiblik,  tartiblilik,  uyg’unlik,  me’yor



hamoxanglik,  moslik,  yaxlitlik,  birlik,  simmetriklik,  tenglik  tushunchalari  go’zallikning  eng 

muhim  unsurlaridir.  Go’zallik  voqyelikdgi  u  yoki  bu  xolatga  ko’ra  aynan  shu  unsurlar  asosida 

shakllanadi. Zero, shakli uyg’un, mazmuni mutanosib bo’lmagan narsalar hyech qachon go’zal 

bo’lmagan.  

Shu  bilan  birga  manfaatdorlik,  tug’yoniylik,  qulaylik,  maftunkorlik,  foydalilik  kabi 

tushunchalar  go’zallikning  sifatlaridir.  Qachonki  unsurlar  bilan  sifatlar  uyg’un  va  hamohang 

bo’lgan  narsalarda  go’zallik  aks  etishi  mumkin.  Masalan,  chiroyli  narsaning  sifati  bizning 

manfaatimiz  uchun  hamoxang  bo’lmasa  yoki  bizning  maqsadlarimizga  mos  kelmasa  u  har 

qancha maftunkor bo’lmasin go’zallik sifatida baxolanmaydi.  



Shu  o’rinda  go’zallik  tushunchasi  «chiroyli»,  «ko’rkam»,  «nafis»,  «jozibador», 

«maftunkor»,  «latofatli»  kabi  tushunchalarga  nisbatan  kengqamrovli  va  ustuvor  ekanligini 

alohida ta’kidlash joiz. Ayniqsa, go’zallik bilan kundalik turmushimizda tez-tez tilga olinadigan 

«chiroylilik»  tushunchasi  orasida  muayyan  tafovutlar  mavjud.  Chiroylilik  -  narsalarning  tashqi 

ko’rinishini, holatini, bajarilgan ish yoki qilingan harakatdagi o’zaro hamohanglikni ifodalovchi 

tushuncha.  Chiroylilik  insonlarda  yoqimli  taassurot  qoldiradi,  ammo  ayni  bir  paytda  o’sha 

chiroyli  bo’lgan  narsa-hodisa  yoqimsiz  holatlarni  ham  vujudga  keltiradi.  Masalan, 

«Bangidevona»  o’simligining  guli  oppoq,  chiroyli  bo’ladi.  Ammo,  gulining  hidi  yoqimsiz, 

tanasidan  sassiq  xid  chiqadi.  Shunga  ko’ra,  chiroylilik  narsa-hodisaning  yoki  shakl  yoki 

mazmunidagi xususiyatni aks ettirishi bilan kishida  yoqimli taassurot qoldiradi. Shuning uchun 

ham narsa-hodisalarning faqat shakl (tashqi)  yoki faqat mazmun (ichki) mohiyatiga qarab unga 

go’zallik  iborasini  ishlatish  o’rinli  emas.  Zero,  go’zallik  narsa-hodisalarning  faqat  bir 

tomoninigina  aks  ettirmaydi,  aksincha  u  mazmun  bilan  shaklning  uyg’unligi,  mosligi, 

hamoxangligi, maqsadga muvofiqligi asosida shakllanadi. Shu ma’noda go’zallik ham obyektiv 

ham subyektiv xususiyatga ega.  

Ma’naviy  qadriyatlar  tizimida  go’zallik  eng  avvalo  san’atda  o’z  aksini  topadi.  Ma’lumki, 

san’at  borliqni  to’g’ridan-to’g’ri  ko’chirib  olib  tasvirlamaydi,  aksincha  uni  badiiy  qiyofalar 

vositasida  ifodalaydi.  Shunga  ko’ra,  san’at  asari  insonni  faqat  voqyelikdagi  go’zalliklar  bilan 

cheklanmaslikka, ayni paytda mavjud go’zalliklarni ongli tarzda mushohada qilishga, baholashga 

undaydi.  Rassomlik  san’ati  go’zallikni  bizga  shu  tariqa  namoyon  etadi.  Ro’zi  Choriyevning 

«Bolalik  xotiralari»,  «Zamondoshlarim»  portretlar  turkumi,  «Farg’ona  vodiysi»  kabi  rangtasvir 

asarlari  fikrimizning  yorqin  ifodasidir.  Shu  bois  ularning  asarlaridagi  go’zallik  ruxi  insonlarni 

rangtasvirni  sevishga  da’vat  etadi,  tasviriy  san’atni  xis  qilish  va  uni  idrok  etishga  chaqiradi. 

Go’zallikni  yaratishda  rassomning  zimmasiga  yuklanadigan  mas’uliyat  yuksakligi  va 

muqaddasligi  ham  ana  shunda.  Bu  xususda  estetik  olim  Tilab  Mahmudov  shunday  deydi: 

«Qachonki  san’at  asarlari  muhim  hayotiy  muammolarni  aks  ettirsa  yoki  xalq  kayfiyati  va 

g’oyalarini  ifodalasa,  ular  millionlab  mehnatkashlarning  ezgu  hamrohiga  aylanadi.  Bunday 

asarlar  hyech  qachon  xalqdan,  amaliyotdan  ajralgan  emas.  Rassomning  millat  hayoti  bilan 

aloqasigina  yangi  va  asl  san’at  asarlarining  paydo  bo’lishida  muhim  manba  bo’lib  xizmat 

qiladi».


1

  

Moddiy qadriyatlar tizimida esa go’zallik nazariya va amaliyotning uyg’unligiga asoslanadi. 



Zero, estetik faoliyatning qator turlari amaliyot bilan chambarchas bog’liq xolda rivojlanadi. Bu 

borada me’morlik sohasini misol qilib keltirish o’rinlidir. U o’zida ham moddiy ham ma’naviy 

qadriyatlarni  aks  ettiradi.  Chinakam  me’moriy  obidaning  go’zalligi  faqat  tashqi  ko’rinishi 

bilangina  emas,  balki  mexanika  qonunlarining  yangi  materiallar  bilan  boyitilganligi, 

me’morlikning qadimiy an’analarini yangi ko’rinishlar orqali namoyon qilish natijasida yuzaga 

keladi.  

Go’zallikning  inson  kamolotida  tutgan  o’rni  insonning  xulqiy  go’zalligi  bilan  izohlanadi. 

Hozirgacha  inson  va  borliq,  inson  va  jamiyat,  inson  va  texnika  o’rtasidagi  munosabat  masalasi 

ko’plab ilmiy sohalarning tadqiqot obyekti bo’lib kelmoqda. Shunga ko’ra, go’zallik falsafasi hi-

soblangan estetika ayni paytda, inson go’zalligining mohiyatiga doir muammolarni tadqiq etishni 

o’zining muhim vazifasi qilib belgilaydi.  


Download 377,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish