Estetika kategoriyalarining an’anaviy va zamonaviy tasnifi
Har bir fan o‘z maqomiga ko‘ra muayyan faoliyatning tadqiqot sohasi bo‘lib, bu faoliyat tabiat, jamiyat va tafakkur haqida yangi bilimlar hosil qilishga qonun va kategoriyalar asosida olamni yangidan idrok etishga qaratilgan bo‘ladi.
Ma’lumki, falsafaning biror-bir kategoriyasini voqelikdan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. CHunki, bu kategoriyalar (olam, harakat, makon, me’yor, ziddiyat, yaxlitlik, qism, zaruriyat, tasodif, mohiyat, sifat va h.k) insonni o‘rab turgan olamda sodir bo‘ladigan voqea-hodisalar haqida aniq xulosalar chiqarishga, ularni to‘g‘ri tahlil etishga ko‘mak beradi. SHuningdek, kategoriyalar insonga o‘z tevarak-atrofidagi olamni, voqea-hodisalarning mohiyatini chuqur bilishga imkon beradi. Biroq, “Falsafada o‘rganiladigan kategoriyaning boshqa aniq fanlar kategoriyalaridan farqi shundaki, deyiladi “Falsafa qomusiy lug‘at”ida,- ular voqelikdagi narsa va hodisalarning ayrim, alohida munosabat va aloqalarinigina ifodalamasdan, balki butun olam, inson hayoti va tafakkur olamiga xos umumiy belgilar, aloqalar, xususiyatlar va munosabatlarni aks ettiradi. ... Falsafiy kategoriya voqelikni chuqur va mmukammal aks ettirishi, olamning barcha sohalarida amal qilishi bilan oddiy tushunchalardan farqlanadi. SHu tufayli har bir konkret fan o‘zi o‘rganayotgan sohaning xususiyati va belgilarini ochishda falsafiy kategoriyaga murojaat etadi.”
Aytish mumkinki, kategoriyalar qandaydir o‘zgarmas tushuncha emas, aksincha ular doimo jamiyat va inson taraqqiyoti natijasida o‘zgaradi, takomillashadi. SHu bois zamon falsafasi katoriyalarni o‘rganish va ularga tizimli yondoshishni talab etadi.
Estetika ham falsafiy fan sifatida o‘zining qonun va kategoriyalariga ega. Estetika kategoriyalari (go‘zallik, hunuklik, ulug‘vorlik, tubanlik, fojiaviylik, kulgililik va h.k.)inson va tabiat, inson va jamiyat, inson va ijtimoiy borliq bilan doimo hamkorlikda vujudga keladi. Biroq, estetika kategoriyalari nafaqat bilimni oshishiga xizmat qiladi, balki ayni paytda bilimni baxolaydi ham. SHu jihati bilan estetika kategoriyalari boshqa falsafiy fanlarning kategoriyalaridan farq qiladi. Bu – birinchidan.
Ikkinchidan, estetika kategoriyalari nafaqat gnoseologik va ontologik mohiyat kasb etadi, balki ular qadriyatlilik mazmuniga ham ega. Ayniqsa, bu jihat go‘zallik va ulug‘vorlik kategoriyalarida ko‘proq aks etadi. Zero, narsalar go‘zal va chiroyli, ulug‘vor va mantunkor bo‘lgani uchun ham insonga qadrlidir. Uchinchidan, estetik kategoriyalarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular mohiyat-mazmuniga ko‘ra umumiy va qamrovlidir. Bu xususiyatlar ayniqsa, estetik faoliyat va san’at sohasida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Falsafiy fanlar tizimida estetika kategoriyalarining nazariy taxlili va ilmiy o‘rganilishi qorida ko‘rsatib o‘tilgan uch tamoyilga asoslanadi. SHuning uchun estetika kategoriyalarining o‘rganilish doirasi kengqamrovli bo‘lib, bu masalaga estetika fanining qator bilimdonlari murojaat qilishgan. Bu borada rus nafosatshunoslari N.A.Dmitriev, V.V.Vanslov, L.N.Stolovich, O.Butkevich, YU.B.Borev, D.D.Sredneg, A.F.Losev, V.P.SHestakovlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarni alohida qayd etish mumkin. SHuningdek, estetika kategoriyalarini tizimlashtirish masalasi g‘arb olimlari tomonidan ilgari surilgan nazariyalarda ham kuzatish mumkin. Jumladan, nemis psixologiya estetikasining vakili Ernst Meyman o‘zaro munosabatlar jarayonida kategoriyalarning sababiy bog‘lanishini estetik tasavvurlarning ikki jihatiga ko‘ra ajratadi. Birinchisi – obektiv sharoitdan kelib chiqadigan dastlabki jarayonlar. Bular - go‘zallik, ulug‘vorlik, chiroylilik hamda ularning ziddi bo‘lmish – hunuklik, tubanlik, pastkashlikdir. Ikkinchisi – turli xil obektiv sharoitlarda yuzaga keladigan hamda bevosita psixologik jarayonlarga tegishli bo‘lgan sharoitlardir. Bular – fojeaviylik va kulgililikdir. Italyan estetigi Morpurgo-Talyabue esa estetik kategoriyalarning ikkita turini ajratib ko‘rsatadi: ontologik va ta’sirchanlik (ekspressivnыy).
Estetik kategoriyalarning tasnifi, tizimlari, turlari va xususiyatlari rus nafosatshunos olimlarning qator tadqiqotlarida o‘rganilgan. Ayniqsa, E.G.YAkovlev tomonidan estetika kategoriyalarining tizimlashtirilishi bir qadar qiziqarli va kengqamrovliligi bilan muhim ahamiyatga ega. U o‘zi ishlab chiqqan tizimda kategoriyalarni uchta guruxga ajratadi. Bular: 1) obektiv, 2) obektiv-subektiv,3) subektiv. Bu tizim ushbu jadvalda quyidagicha aks etgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |